Hayot va insoniylik haqidagi ibratli fikrlar




Download 0,59 Mb.
bet47/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Hayot va insoniylik haqidagi ibratli fikrlar
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Shunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin bo‘lsin.

A. BLOK
Har bir kishining hayoti — agar u o‘zini inson deb tushunsa, o‘zini tor egoistik manfaatlar yo‘lida emas, balki qandaydir muazzam ishga intilayotgan, ulug‘vor umum ishi uchun kurashayotgan ilg‘or kishilarning ko‘tarinki maqsadlari uni shaxsan ilhomlantirayotganini his etsa — u to‘la ma’nodagi insondir.

M. I. KALININ
Hayot — oliy darajadagi progressiv faoliyatdir va uning taraqqiyotga yo‘l ochajak bosh harakatlantiruvchi prujinalari ezgulikka intiluvchi insonlar, ya’ni naslimizning sog‘lom hamda normal vakillarining tafakkuri va orzu-istaklariga ulangandir.

D. I. PISAREV


Inson jamiyat va davlatning ko‘lamli manfaatlari uchun qanchalik foyda keltirsa, u shu qadar barkamoldir.

D. I. MENDELEYEV


Jamiyatning keng manfaatlari va vazifalariga xizmat qilishga bag‘ishlanmagan umrni umr demasa ham bo‘ladi.

N. S. LESKOG


Jamiyat ishlari to‘g‘risidagi fikrlar ta’sirisiz, ularda qatnashish tufayli tug‘iladigan tuyg‘ularning ta’sirisiz inson kamol topa olmaydi.

N. G. CHERNISHEVSKIY


Yer yuzida loaqal birgina bo‘lsa ham baxtsiz kishi yashayotganini ko‘rib turib, xotirjam yashash va baxtli bo‘lish mumkin emas. Yashashdan maqsad, butun insoniyat farovonligini va baxtini ko‘zlashdir.

Y. BOLVAY


Och odam, so‘zsiz, o‘zini yomon his etadi, biroq to‘q odam ham yon-atrofdan eshitilayotgan ochlarning oh-u nolasiga tob-u toqat qilishi mumkin emas.

N. G. CHERNISHEVSKIY


Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,

Sichqon kavagidan ne farqi bo‘lur.


A. JOMIY
Boshi bilan sho‘ng‘ib kirmasa har dam,

Suv ostidan durni toparmi odam?


A. JOMIY
Yaxshi xulqli bo‘lgil hamda sof ko‘ngil,

Odamlarga doiminsofli bo‘lgil.


Bu mehnatxonada yaxshiy-u yomon
Uchraydi, yaxshilik qilaver hamon.
A. JOMIY
Faqat bashariyat baxti uchun qilingan mehnatgina chinakam va boqiy shuhrat keltirishi mumkin.

Ch. SEMNER


Doimiy tashvish, mehnat, kurash, yo‘qchilik — bu zaruriy shart-sharoitlardir, hech kimsa bular haqida o‘ylashdan o‘zini bir daqiqa ham chetga olmasligi kerak... Halol yashamoq uchun intilmoq, adashmoq, urinmoq, yanglishmoq, nimanidir boshlamoq va tashlab qo‘ymoq va yana boshlab, yana tashlab qo‘ymoq, doimo kurashmoq va yo‘qchilikka chidamoq kerak. Xotirjamlik ruhiy pastkashlikdir.
L. N. TOLSTOY
Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo‘ladi.

A. BLOK
Tor manfaatparast odam chala, o‘z qobig‘idan chiqmagan, o‘zini hech narsaga va hech kimga javobgar deb hisoblamaydigan odamdir.

M. I. KALININ
Inson hayotini jirkanch yo‘nalishga solib yuborishning yo‘li ko‘p, ammo eng ashaddiysi — insonni faqat o‘zini o‘ylash, o‘z shaxsiga sig‘inish, o‘zida ma’-naviyatning har qanday to‘lqinini barbod etish va o‘zining sirli hayotini qorin g‘amida yurilgan barcha vaqt davomida benaf bir kun o‘tkazish darajasiga tushirib qo‘yilganiga uni majburan ko‘ndirishdan iboratdir.
M. Y. SALTIKOV-SHCHEDRIN
Dunyoda qurbonsiz, jon koyitmay, mashaqqatsiz yashab bo‘lmaydi: hayot — faqat gulga burkangan bo‘ston emas.

I. A. GONCHAROV


O‘z kuchiga ishonch va boshqalar uchun yashash istagi qudratli kuchdir.

F. E. DZERJINSKIY


Kishi o‘ziga qanchalik kam talab qilib, odamlarga shunchalik ko‘proq foyda yetkazsa, uning yaxshiligi shu qadar ulug‘dir; boshqalarga qanchalik kam foyda yetkaza turib, o‘ziga ko‘pni talab qilsa, yomonligi ham shu qadar ortiqdir.

L. N. TOLSTOY


Bir odam uchun emas, balki hamma odamlarning farog‘atini ko‘zlash hamisha muhim masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

L. N. TOLSTOY


Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
A. NAVOIY
«O‘zi uchun va o‘zicha» yashash — hayot emas, balki loqayd bir holatdir: so‘z va ish birligi, kurash zarur.

I. A. GONCHAROV


Yashash, bu kurash demakdir, nafaqat tiriklik uchun, balki hayotni yaxshilash va mukammallashtirish uchun kurash hamdir. Shuning uchun «inson», bizning nazdimizda, kurashuvchidir, faqat kurashayotgan chog‘ida yashayotganini sezadigan, har xil to‘qnashuvlardan qo‘rqmaydigan, hatto ana shu kurashdan surur topadigan kishidir, negaki kurash bor joyda hayot mashaqqati bor va kishi o‘sha yerda kurash zavqini tuyadi.

N. A. RUBAKIN


Fidokor kishilar quyoshdek zarur. Ular jamiyatning eng shoirona va hayotbaxsh elementi bo‘lib, boshqalarga hayajon, taskin beradilar va yoshartiradilar. Ularning shaxsiyatlari — optimizm va pessimizm to‘g‘risida bahs yurituvchi, zerikkanidan xomxatala novestlar, keraksiz loyihalar va bir miriga arzimaydigan dissertatsiyalar yaratuvchi, hayotni inkor etish uchun axloqsizlik qiluvchi va bir burda non deb yolg‘on gapiruvchi kishilar toifasidan tashqari boshqacha odamlar, jasorat, e’tiqod va aniq maqsadga ega odamlar ham borligini jamiyatga uqtirib turuvchi jonli guvohlardir.

A. P. CHEXOV


Yashash — harakat qilmoq demakdir.

  1. FRANS




Download 0,59 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot va insoniylik haqidagi ibratli fikrlar

Download 0,59 Mb.