• MATN VA UNING KO‘RINISHLARI. “HAYOT MENING TASAVVURIMDA”. DIOLOGIK MATNNING MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. O‘zbekistonda oliy ta’lim
  • O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




    Download 0,59 Mb.
    bet43/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    1-topshiriq. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning foydasi va zararli oqibatli xususida fikrlaringizni yozma bayon qiling.

    6-AMALIY MASHG‘ULOT
    MAVZU: “O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM”.
    USLUBIY XOSLANGAN VA USLUBIY BETARAF SO‘ZLAR. “ILM MASKANAMIZ HAYOTIDAN”. SO‘ZLASHUV USLUBI VA UNING XUSUSIYATLARI. SHEVAGA XOS SO‘ZLAR. “BO‘LAJAK KASBIM”.
    MATN VA UNING KO‘RINISHLARI. “HAYOT MENING TASAVVURIMDA”. DIOLOGIK MATNNING MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI.
    O‘zbekistonda oliy ta’lim
    Kadrlar tayyorlash milliy modelida uzluksiz ta’lim tizimining oliy ta’limiga alohida e’tibor qaratilgan. Uning maqsadi respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan, bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali faoliyat yuritadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
    O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 1998-yildan oliy ma’lumotli mutaxassislarni ikki bosqichda – bakalavriat va magistratura bosqichlarida tayyorlash tizimi joriy etildi.
    Talabalarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat grantlari va to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
    O‘zbekistonda oltmishdan ziyod oliy ta’lim muassasalari – universitetlar, institutlar va boshqa bilim dargohlari oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Mamlakatimizda texnik yo‘nalishda ta’lim beruvchi 14 ta, gumanitar yo‘nalishda – 15 ta, pedagogik yo‘nalishda - 5 ta, tibbiyot sohasida - 5 ta, agrar yo‘nalishda - 4 ta hamda bir qator ixtisoslashgan universitet va institutlar mavjud. Shuningdek, respublikaning turli shaharlarida oliy o‘quv yurtlarining filiallari ishlab turibdi.
    Hamkorlik natijasida mamlakatimizda yetakchi xorijiy universitetlarning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Oliy ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar, asosan, o‘zbek, rus, qoraqalpoq, ba’zi mutaxassisliklar bo‘yicha ingliz, qozoq, tojik, turkman tillarida olib boriladi.
    Respublikamiz oliy ta’lim maskanlarida elektron kataloglar, virtual kutubxonalar yaratilgan, elektron darsliklar va qo‘llanmalar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
    Professor-o‘qituvchilar xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniga egalar. Iqtidorli talabalar turli mamlakatlarga grant asosida o‘qishga yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan. O‘qish va ilmiy izlanishda faollik ko‘rsatgan talabalar Prezident stipendiyasi, Ulug‘bek, Navoiy va boshqa allomalarimiz nomi bilan ataluvchi maxsus stipendiyalarga sazovor bo‘lishadi.
    Mamlakatimiz talabalari o‘rtasida fan olimpiadalari, ilmiy-amaliy anjumanlar, sport universiadalari, turli madaniy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovlar muntazam ravishda o‘tkaziladi.
    Bularning barchasi oliy ta’lim muassasasida o‘qish yillarining “oltin davr” deb atalishiga sababdir.
    Bugun asosiy maqsad farzandlarimizning zamon talablari darajasida, xalqaro andozalarga mos ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashiga erishish hamda yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash orqali mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashdir.
    Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ushbu sohadagi islohotlarni amalga oshirishning muhim huquqiy asoslaridan biri bo‘ldi. Mazkur qaror oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
    Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash choralari ko‘rilmoqda. Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturda har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, chora-tadbirlar belgilab berildi.
    Davlatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, albatta, sohada mehnat qilayotgan har bir professor-o‘qituvchi, xodim mas’uliyatini oshirib, zimmasidagi burchni sidqidildan ado etishga, islohotlar jarayonida faol qatnashishga undaydi.

    Download 0,59 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

    Download 0,59 Mb.