|
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi
|
bet | 51/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgSoha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi
Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
- nutq uslubini to‘g‘ri tanlash;
- imlo qoidalariga e`tibor berish;
- noma`lum terminlarning izohini berish;
- o‘rinsiz takrorlarga yo‘l qo‘ymaslik;
- ixtisoslikka oid terminlardan o‘rinli foydalanish.
Matn tuzishda so‘z va terminlarga alohida ahamiyat berish lozim. So‘zlarning lug‘aviy ma`nosini bilgan holda ishlatish, terminlarni to‘g‘ri va to‘liq talaffuz eta olish, matnga mos terminni tanlash kerak.Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Tahrir so‘zi arabcha bo‘lib, yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish ma’nolarini anglatadi.
Ixtisoslikka oid matn tuzishda esa quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: - matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish; ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish; so‘z va terminlarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish; tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan termin, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;
Matnda ba’zan bir-biriga zid gaplar berilib qoladi. Masalan: Bozorda xorijdan keltirilgan mahsulotlar juda ko‘p, lekin ular juda qimmat.
Muvaffaqiyatli tuzilmagan gap ham mantiqning buzilishiga olib kelishi mumkin: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish rejasini muddatdan oldin bajardilar
- ixtisoslikka oid terminlarni boshqa tillardan o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish; terminlarni o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularninng ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar. Umuman, ixtisoslikka oid so‘z va terminlarni to‘g‘ri tanlash hamda qo‘llash nutq madaniyatining, kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi. So‘z va termin tanlashda quyidagilarga e’tibor berish zarur: - so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash; - tanlangan terminni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish; - so‘zning, terminning tushunarli bo‘lishini hisobga olish; - terminning ma’no xususiyatiga asoslanib, uni maqsadga muvofiq tarzda tanlash; - baynalmilal terminlarni adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq holda tanlash; - terminni matn mazmuniga mos tarzda tanlash; - so‘z va terminni matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.
|
| |