Diologik matn
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol- javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Topshiriq. Hayot va insoniylik haqidagi ibratli fikrlardan foydalanib, “Hayot mening tasavvurimda” mavzusida diologik matn tuzing,
7-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU:“USTOZ MAKTABI”. MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK MATNDA MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG. “KASBIM TARIXI”. SOHA LUG‘ATLARI. ULARDA TERMINLAR VA BIRIKMALARNING BERILISHI. “IQTIDOR VA MEHNAT”. MATNGA SO‘Z VA TERMIN TANLASH. “YETUK MUTAXASSIS”. MATN TAHLILI VA TAHRIRI.
Ustoz maktabi
Bugungi kunda yuqori malakali, har tomonlama rivojlangan, mahoratli, dunyoqarashi keng va chuqur texnik bilimga ega ishchi-kadrlarni tayyorlash - ishlab chiqarishdagi eng muhim masalalardan biridir. So‘nggi yillarda ishlab chiqarish ta'limiga alohida e'tibor qaratilib, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ikkinchi kasbga o‘rgatish hamda ishchi va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish borasida kombinat o‘quv markazi xodimlari, shtatdan tashqari o‘qituvchilar, yo‘riqchi va korxonalardagi ustozlar tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli ishlar o‘zining samarali natijasini berayotgani quvonarli holdir. Aynan ishlab chiqarishdagi yuqori malakali mutaxassislardan tayinlangan ustozlarning mehnati ish jarayonidagi ta'lim sifatini oshishiga xizmat qilmoqda.
Usta ko‘rmagan shogird
Har maqomga yo‘rg‘alar.
Ustadan shogird o‘zar.
Ustani shogird sindirar,
Pistani — po‘choq.
Ustoz ko‘rgan xat tank.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Uchishga qanot kerak,
O‘qishga — toqat.
Uchqundan qo‘rqqan temirchi bo‘lmas.
Uquvsiz ishboshi bo‘lsa,
Baqir-chaqirdan chiqmas.
Chalasavod — chirik rabot.
Chechanning — tili,
Chevarning — qo‘li.
Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin.
Shayxning hunari bo‘lmasa, xonaqoh tang.
Shogird ustadan o‘tmasa, ish yitar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,
Bosh bergan bosh olar.
Shogirding oqil bo‘lsa, boshingda toj,
Shogirding erka bo‘lsa, boshga tayoq.
Shogirdning befarosati
Ustozni muttaham qilar.
|