Ilm maskanamiz hayotidan
Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat ko‘rsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1-sentyabr 1942-yilda to‘liqsiz oliy ma'lumotli o‘qituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991-yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan.
Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.
Urganch davlat universitetida 8 ta fakultet,30 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, ularda 42 ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo‘limida 7588 nafar, magistraturada 88 nafar, jami 7676 nafarni tashkil etadi. Universitetda to‘liq shtat bo‘yicha jami 677 nafar professor-o‘qituvchilar ta'lim jarayonida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan: fan doktori, professorlar19 (2,8%), fan nomzodi, dotsentlar 156 (23,1%), 502 (74,1%) katta o‘qituvchi va assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Universitetda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar salmog‘i 25,8 % ni tashkil etadi.
Universitetda 8 ta o‘quv binosi, 4 ta talabalar turar joyi bo‘lib, unda yashayotgan talabalar soni 1036 nafar. Madaniyat saroyi, sport majmuasi, ARM binolari mavjud. O‘quv laboratoriyalarining umumiy maydoni 12571,95kv.m. Bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 1,65 kv.m. O‘quv auditoriyalari soni 212 ta. Laboratoriya xonalari 40 ta, lingafon sinflari 12 ta (laboratoriya jihozlari bilan ta'minlanganlik 92%). Kompyuter sinflari soni 30 ta, jami kompyuterlar soni 1157 ta, (1 ta kompyuterga 7 nafar talaba to‘g‘ri keladi). Internetga ulangan kompyuterlar soni 1050 ni tashkil etadi.
So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Shevaga xos so‘zlar
So‘zlashuv uslubi. Oilada, ko‘cha-ko‘yda ishlatiladigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi hisoblanadi. Bu uslub ikki xil bo‘ladi:
a) adabiy so‘zlashuv uslubi.
b) oddiy so‘zlashuv uslubi.
Adabiy til qoidalariga qat`iy amal qiladigan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi deyiladi.
Adabiy til qoidalariga qat`iy amal qilmaydigan so‘zlashuv uslubi oddiy so‘zlashuv uslubi hisoblanadi
So‘zlashuv uslubi og‘zaki uslubga, qolganlari esa yozma nutqqa xos. So‘zlashuv uslubida sodda gaplardan, to‘liqsiz gaplardan, undalmali gaplardan ko‘proq foydalaniladi. Kinoya, piching, qochirma ishlatiladi. So‘z tartibi erkin bo‘ladi. Maqol , matal, iboralardan ko‘proq foydalaniladi. Bu uslubda dialog ko‘p ishlatiladi.
Shevaga xos so ’zlar - ma’lum hududda qo‘llanuvchi so ’zlardir: moma, moyak, aka, inak, ena. Bunday so‘zlar bir tilning faqat ma’lum hududiga xos bo`lib, boshqa joylarda o‘zgacha nom bilan yuritiladi. Bu so‘zlardan bittasi umumxalq tili bo‘lgan adabiy til uchun qabul qilinadi va ana shu so ’z adabiy til uchun me’yor sanaladi: mo‘rcha, qarinja, chumoli — bu so‘zlardan chumoli — adabiy tilga, mo‘rcha — Buxoro shevasiga, qarinja — Xorazm shevasiga xos so‘zdir.
|