|
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
|
bet | 44/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgUslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
So‘zlarning qo‘llanish doirasi, xususiyati va til vositalarining nutq turlariga ko‘ra ajratilishi uslubiy leksika deyiladi. O‘zbek tili tizimidagi leksik birliklarning nutqda tanlab ishlatilishi tilning sotsial hodisa, inson faoliyatining turli sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarga moslashganligi bilan izohlanadi.
Inson uchun hayotiy zarur narsalarni bildiradigan uslubiy bo‘yog‘i bo‘lmagan so‘zlar umumiste'mol so‘zlar deyiladi; Masalan: uy, kishi, osh, non, tuz, bormoq, ketmoq, sen kabi.
O‘zbek tili leksikologiyasidagi so‘zlar uslubiy qo‘llanishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) uslublararo betaraf leksika; 2) uslubiy xoslangan leksika. Nutq uslublarining barchasi uchun baravar ishlatiladigan va birorta uslubga xoslanmagan so‘zlar uslubiy betaraf leksika deyiladi. Masalan: osmon, yer, daryo, tosh, suv, non, osh, bosh, edi, keldi, gapirmoq, kulmoq, ichmoq, uxlamoq va boshqalar.
Uslubiy xoslangan leksika. Nutqni birorta yoki ayrim-ayrim turlari uchun ishlatiladigan so‘zlar uslubiy xoslangan leksika deyiladi. Masalan, fonetika, artikulyatsiya, urg‘u, sintaksema, leksema, teorema, vazn, radif, muxammas(ihniy), maqol, sarlavha, zarbdor, jangovor, ulkan(publitsistik), fuqaro, qoida, qonun, modda, qaror, ariza, bildirish, xabarnoma, (axborot), nigoh, visor, xandon, murg‘ak, malak, pari, saman, munis, koshona, xirot, dilband, alhor (badiiy) uslublarga xoslangan.
Uslubiy xoslangan leksika qo‘llanishiga ko‘ra ikki xil: l) yozma nutq leksikasi; 2) og‘zaki nutq leksikasi.Yozma nutq leksikasiga kitobiy uslub yoki badiiy, rasmiy, publitsistik ilmiy uslublar kiradi. Og‘zaki nutq leksikasiga oddiy so‘zlashuv uslubi kiradi va boshqalar.
1-topshiriq. O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimi bilan xorijiy oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlashga harakat qiling.
2 -topshiriq. Oliy ta’limda uslubiy xoslangan leksikaning qo‘llanilish doirasi haqida fikrlaringizni bildiring.
|
| |