|
O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua
|
bet | 46/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org1-topshiriq.Tahsil olayotgan ilm dargohingiz haqida matn yuzing.
2 -topshiriq.Xorazm shevalarining dialektal xaritasini tuzing.
MATN VA UNING KO‘RINISHLARI
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar,
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.
Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari. Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi. An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o‘rtasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo — matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi. Tilda eng yirik birlik gap bo‘lsa, matnda u eng kichik birlik bo‘lib qoladi.
Albatta, matnshunoslik va manbashunoslik adabiyotshunos, tilshunos, psixolog, tarixchi va faylasuflarni birlashtirib turadi. Uzoq paytlardan buyon asosiy semiotik belgi sifatida lug‘aviy birlik – so‘z qarab kelinayotganligini bilamiz. Keyinchalik lisoniy belgilar qatoriga so‘z birikmasi va gap kiritildi. Lekin matnning shu qatordan o‘rin olishi bir oz qiyin kechmoqda. Xo‘sh, nimalarga asoslangan holda matnni lisoniy belgi va, tabiiyki, birlik sifatida qarash mumkin? Ma’lumki, «belgi» semiotikaning asosiy tushunchasi va semiotik tadqiqotlar oldiga belgilarni ajratish hamda tavsiflash vazifasi qo‘yiladi. Belgini ajratish uchun uning shakliy tuzilishini farqlash yetarli emas, bunda u yoki bu belgi tashiydigan axborot - ma’noni anglash ham muhimdir. Axborotning belgilar vositasida uzatilishi, tadqiq qilinishi voqelikni tasavvur qilishning faqat insonga xos shaklidir. Belgilar vositasidagi tasvir umumlashtirish va o‘rin almashtirish harakatlarining bajarilishini talab qiladi. Bu harakatlar, o‘z navbatida, lisoniy tafakkur faoliyati jarayonida bajariladi.
An’anaga binoan matn birliklari yoki belgilarining ketma-ket qatorda birikishidan hosil bo‘ladigan murakkab tuzilma sifatida qaraladi. Bunday tuzilma tarkibidagi har bir til belgisi ma’lum bir ma’noga ega. Demak, matn ham alohida ko‘rinishdagi belgi deb qaralishi lozim. Lekin ba’zilar matnni bu xususiyatga ega ekanligini inkor etadilar.
Axborotning belgilar vositasida uzatilishi, tadqiq qilinishi voqelikni tasavvur
qilishning faqat insonga xos shaklidir.
Matnni lisoniy belgi maqomiga ega bo‘lish imkoniyatini bunday qat’iy inkor etilishining sababi uni til tizimi birliklari guruhiga kiritmaslik an’anasi bilan bog‘liq. Belgining idealligi uning ma’nosida. Ma’no, o‘z navbatida, belgining harakati, rivoji asosida shakllanadi. Matnga doimiy harakat, dinamika xosdir. Uning mavjudligi materiyaning asosiy harakat shakllari bilan bog‘liq va ma’no-mazmuni ham shunday harakat davomida namoyon bo‘ladi.
|
| |