• SO’ZGA CHIQDI
  • QAROR QILADI
  • Yig’ilish raisi: S. Kazakbayeva Kotib: A. Rohataliyev
  • O’zbek tili va adabiyoti fani bo’yicha olimpiadaning birinchi bosqichini o’tkazilishi yuzasidan bayonnoma




    Download 0,57 Mb.
    bet2/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #230034
    1   2
    Bog'liq
    Bayonnoma olimpiada

    SO’ZGA CHIQDI: Kafedra o’qituvchisi R.Isxakova olimpiadaning maqsad va vazifalari tog’risida gapirdi: - Olimpiada o’tkazilishidan asosiy maqsad quyidagilar hisoblanadi: -talabalarda ijodiy qobiliyatlarni hamda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish; -tayanch kompetentsiyalarni, kasbiy-ahamiyatli shaxs sifatlarini, egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llash motivatsiyalarini shakllantirish ; - yoshlar o’rtasida ilmiy bilimlarning keng tarqallishi va ommalashishiga erishish; -iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va intellektual rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni kengaytirish.
    Olimpiadaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi : -iqtidorli va qobiliyatli talabalarni saralash va qo’llab- quvvatlash hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratish; -intellektual salohiyatini rivojlanish imkoniyatlarni kengaytirish; -mantiqiy fikrlash va ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish; -nostandart vaziyatlarda mustaqil yechimlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsad qilib qo’yilgan ekan, demak, birinchi bosqich olimpiadasi shu talablardan kelib chiqqan holda, institutimiz Tashkiliy qo’mitasi hamda Hakamlar hay’atining kuchaytirilgan nazorati ostida, adolat tamoyillariga asoslanib tashkil etildi. Biz o’zbek tili fani o’qituvchilari R.Isxakova va A.Rohataliyevlar o’zimizga biriktirlgan o’quv mashg’ulotlari olib boradigan guruhlarimizda, jumladan, QXMT fakultetining 6u,au,bu,vu-20; 10u, au-20; 17u,au,bu,vu,-20; 14r-20; 18u,au,bu-20 guruhlardan qatnashgan jami 55 nafar talabalari o’rtasida o’tkazilgan olimpiada bo’yicha to’plagan ballari ketma-ketligi asosida 1,2,3-o’rinlarni saralab, keyingi o’rinlarni ballar ketma-ketligida aniqlab oldik.
    SO’ZGA CHIQDI: 3-masala yuzasidan kafedra o’qituvchisi D.Abdurahmonova so’zga chiqdi. Talabalar tomonidan topshiriqlarga bo’lgan e’tirozlar yuzaga kelmasligi uchun, mazkur fandan berilgan testlar mas’ul xodimlar tomonidan ekspertizadan o’tkazildi, olimpiada topshiriqlari to’g’ri va mantiqiy tuzilishiga alohida ahamiyat berildi.
    O’zbek tili va adabiyoti fanidan o’tkazilgan olimpiadada jami- 55 nafar talaba qatnashgan bo’lib, ulardan Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi fakulteti 6au-20 guruhi talabasi Rasuljonova Mohlaroyim Mirzaolim qizi - birinchi o’ringa, Avtomatika va energetika fakulteti 18 au-20 guruhi talabasi Axmadaliyeva Gulxumor Izzatillo qizi - ikkinchi o’ringa, QXMT fakulteti 6au-20 guruhi talabasi Toshbayeva Maftuna Qurvanali qizi - uchinchhi o’ringa loyiq deb topildi.
    Ushbu talabalarni fakultet rahbariyati hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan munosib rag’batlantirish masalalari ko’rib chiqilmoqda.
    Yuqoridagi fikrlarni tinglagan holda yig’ilish
    QAROR QILADI:

    1. Yig’ilishda ko’rilgan masalalar yuzasidan aytilgan fikrlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    2. Barcha talabalarning o’zbek tili va adabiyoti faniga, shuningdek, lotin yozuviga bo’lgan qiziqishi yanada kuchaytirilsin.

    3. Olimpiada jarayonlari aks ettirilgan rasmli lavhalar institut veb. saytida yoritilsin.

    4. G’olib talabalarni taqdirlash, shuningdek, Nizom asosida barcha hujjatlarni respublika bosqichiga sifatli taqdim etish vazifasi fan o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.



    Yig’ilish raisi: S. Kazakbayeva
    Kotib: A. Rohataliyev
    Namangan muhandislik-texnologiya institutida O’zbek tili va adabiyoti fanidan 2021 yil 23 aprel kuni o’tkazilgan olimpiada jarayonlaridan lavhalar




    Download 0,57 Mb.
    1   2




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbek tili va adabiyoti fani bo’yicha olimpiadaning birinchi bosqichini o’tkazilishi yuzasidan bayonnoma

    Download 0,57 Mb.