|
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti
|
bet | 130/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiMilliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti
(1865 yildan 1929 yilgacha)
Davr adabiyotining ilk bosqichi – yangicha ma’rifatparvarlik adabiyoti: manbalari, yuzaga kelishi. Xalq ozodlik harakatlari adabiyotning bosh mavzusi sifatida. Adabiy janrlar va vaznlarning yangilanishi. Yangicha yo’nalishdagi hajvchilik: she’riy manzumalar, sayohatnomalar, maktubotlar turkumi. Toshkent va boshqa markaziy shaharlarda bosmaxonalarning vujudga kelishi, matbuotning yo’lga qo’yilishi, o’qitish tizimidagi yangiliklar va mustamlaka o’lkada yangicha ma’rifatparvarlikning vujudga kelishi. Tarjimachilik rivoji. Sharq va G’arb adabiyotidan tarjimalar.
Komil Xorazmiy ijodiy merosining o’rganilishi tarixi. Tarjimai holi. Komil yirik madaniy tadbirlar tashkilotchisi sifatida. Toshkent safari (1991). Komil ijodida yangicha ma’rifatparvarlik. Hayotining oxirgi yillari, fojiasi. Komil va Feruz munosabatlarining yangicha talqini. Ijodiy merosi, lirikasi, hajviyoti, tadqiqotlari. Bastakor, musiqashunos va tarjimonlik faoliyati.
Feruz adabiy merosi. Shoir ijodini o’rganish tarixidan. Tarjimai holi. Adabiyot va san’at rahnamosi. Feruz – musiqashunos, sozanda va bastakor, san’atkor hamda talabchan muxlis. Maorif homiysi va taraqqiyparvar. Ilk matbaachilik va adabiy meros targ’ibidagi xizmatlari. Feruz va Rossiya istilochilik siyosati. Feruz va Xorazm adabiy muhiti.
Ahmad Tabibiy. Hayoti va ijodi. Tabibiy va mumtoz adabiyot. “Majmuat ush-shuaro” tazkirasi. Lirik merosi. “Vomiq va Uzro” dostoni. Tabibiyning san’at, musiqa, xattotlik sohasidagi faoliyati, o’zbek madaniyati tarixidagi o’rni.
Muqimiy hayoti va adabiy merosi o’rganilishi tarixi. Tarjimai holi. Toshkentdagi hayoti (1887, 1892, 1899 yillar). Hayotining so’nggi yillari. Ijodiy merosi: lirikasi, hajviyoti. Shoir satirasida siyosiy mavzu. Yumorlari. (“Ot”, “Ko’sa” turkumlari). “Sayohatnoma”lari. Muqimiy ijodida maktub janri. Muqimiyshunoslik.
Furqatning tarjimai holi. Farg’ona hamda Toshkent davri faoliyati. Furqatshunoslik tadriji. Yangicha ma’rifatparvarlik faoliyati. Rus mustamlaka siyosatiga munosabati. Furqat va jadidchilik. Tasavvuf ta’limotiga oid qarashlari. Chet ellardagi faoliyati. Ijodiy merosi: lirikasi, manzumalari va nasriy asarlari. Publitsistikasi.
Ishoqxon Ibrat – ma’rifatparvar shoir, publitsist, tarixshunos, tilshunos olim, sayyoh, ilk o’zbek matbaachilaridan biri sifatida. Hayoti va ijodi. Chet ellarga sayohati. “Usuli jadid” maktablarini ochishi. “Matbaai Ishoqiya”, “Kutubxonai Ishoqiya”ning vujudga kelishi. Matbuotda chop etilgan asarlari. Ilmiy faoliyati. Rus bosqiniga munosabati. Ibratshunoslik.
|
| |