|
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti
|
bet | 152/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiAlmaiy (1852-1891)
Almaiy ijodiy merosi. Lirikasi. Tarjimalari (“Kalila va Dimna”). Hikoyalaridan namunalar. Almaiyning o’zbek tarjima adabiyotida tutgan o’rni.
Almaiy ijodiyotining o’rganilishi.
[A1.121-131; A6.7-19; A7. 59-65;Q3.159-164; Q4.92-95].
Karimbek Kamiy (1865 – 1922)
Karimbek Kamiy. Shoir ijodiga munosabat masalasi. Tarjimai holi. Kamiy va Toshkent adabiy muhiti. Ma’rifat mavzuidagi she’rlari. Hajviyoti. Tarjimalari. Kamiy dunyoqarashi. Shoir ijodida tasavvufiy unsurlar. Diniy mavzu. Jadidcha va qadimcha qarashlari.
[A1.114-117; A4.46-48; A7.61-63; Q1.295-298].
Milliy va ijtimoiy kurashlar davri adabiyoti
XX asr boshlari Turkistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot. Jadidchilik. Turkistonda jadidchilikning rivojlanish bosqichlari. Davrlashtirish tamoyillari. Ma’rifiy islohotlar davri. Ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy kurashlar davri.
Madaniy-adabiy hayot (1905-1917). “Usuli jadid” maktablari. Milliy matbuot. Xayriya jamiyatlari va boshqa turli ma’rifiy tashkilotlar. Yangi milliy teatr. Badiiy adabiyot. Adabiy tanqid. Badiiy tarjimachilik.
Ijtimoiy-tarixiy voqealar. 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistondagi aks-sadosi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash g’oyalari. “Turkiston muxtoriyati”. Mafkuraviy buhronlar. Adabiy-madaniy harakatchilik. 20-yillar matbuoti va adabiyoti. O’zbek romanchilik maktabi. Milliy dramaturgiya. Teatr va adabiy tanqidchilik. Sho’rolarning adabiyotni mafkuraviy kurashlar vositasiga aylantirish siyosati.
[A1.129-133; A4.40-45; A7.56-60; Q1.192-194].
Ismoilbek Gasprinskiy (1851-1914) va
Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919)
Ismoilbek Gasprinskiy hayoti va faoliyati. Jadid maktablarining ta’sischisi. Gasprinskiy va Turkiston. "Tarjimon" gazetasida Turkiston hayotining yoritilishi. Badiiy asarlarida Turkiston mavzusi. Adabiy-estetik qarashlari.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919). Hayoti va faoliyatining o’rganilish tarixi. Tarjimai holi. Turkistonda jadid maktablarining targ’ibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Behbudiy va Turkiston milliy matbuoti. Ijodiy merosi. “Padarkush” pesasi. Publitsistikasi. Adabiy-estetik qarashlari. “Sayohat xotiralari”.
[A1.139-143; A4.167-187; Q1.171-185; Q4.77-81].
|
| |