Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Sarbadorlar, Taskira, Adabiyot, Sanat, Munis, Lerika, Bayt, Misra, Gadoiy, Atoiy, Mo’g’uliston, Movarounnahr, Shayboniyxon.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. XV – XIX asrlar 1 - yarmi madaniyatini o’rganadi.
2. XV – XIX asrlar 1- yarmida adabiyotni rivojlantira oladi.
3. XV – XIX asrlar 1- yarmida adabiyotni o’rni.
4. XV – XIX asrlar 1 - yarmi ilmiy xayotni o’rgatadi.
1-asosiy savolning bayoni:
XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan davr o’zbek xalqining madaniy hayoti, ayniqsa, turkiy til va shu lisondagi adabiyot ravnaqi tarixida tub burilishlar hosil qilgan, o’ta sermahsul va nihoyatda muhim adabiy hodisalarga serob bosqich bo’ldi. Bu davrda badiiy adabiyot, musiqa, naqqoshlik, me'morchilik, tasviriy san'at hamda ilm-fan sohasida beqiyos yutuqlarga erishildi. O’rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tubdan o’zgarishi, jamiyat taraqqiyoti uchun siyosiyjihatdan ancha barqaror holatning vujudga kelishi, o’zbek xalqining yagona millat bo’lib shakllanishini tezlashtirdi. Ilm-fan, madaniyat rivojini kafolatladi.
Mo’g’ullar istibdodiga qarshi ozodlik harakatlari Movarounnahr va Xurosonning turli hududlarida davom etdi. Mahmud Tarobiy rahnomoligidagi xalq qo’zolonidan tortib Oltin o’rda xonlari zulmiga qarshi murosasiz kurashlarda namoyon bo’Igan norozilik chiqishlari, nihoyat, tarixda «Sarbadorlar» deb nom olgan keng xalq harakatining vujudga kelishiga asos bo’ldi. «Sarbador» so’zining «boshimizni dorga tikdik» degan ma'noni anglatishi istilochilarga qarshi o’ta jiddiy, murosasiz kurashiar olib borishga kirishilganligidan dalolat berardi. Shunday janglar natijasida sarbadorlar harakatining rahbari Xo’ja Yahyodan taslim bo’lishni talab qilgan Xulogular xonadoniga mansub Tog’ay Temurxon o’ldiriladi. Sarbadorlar (poytaxti Sabzavor viloyati bo’lgan) o’z davlatlarini g’arbiy Xurosonda barpo etadilar. 1365 yilda Samarqand ham ular tomonidan bir muddat idora etiladi. 1381- yilda esa 43 yil umr ko’rgan sarbadorlar davlati Sohibqiron Amir Temur davlatiga qo’shilib ketadi. Shunday qilib, poytaxti Samarqand bo’lgan markazlashgan Amir Temur davlatining vujudga kelishi mo’g’ullar istilosiga barham beradi. Temuriylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy hayotning ancha barqarorlashuvi madaniy hayotning qayta tiklanishi va ravnaq topishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Taniqli adabiyotshunos A.Hayitmetov buni quyidagicha izohlaydi: «Ulug’ davlat arbobi va lashkarboshi Amir Temur hamda uning xalaflari hukmronligi davrida o’rta Osiyoda kuchli va yagona davlat yiizaga keldi. Bu davrda tarixda birinchi marta Movaraurmahr va Xurosondagi o’zbek qabilalari bir xalq, bir millat sifatida o’zaro birlasha boshladilar .
«Boburnoma» - Zahiriddin Muhammad Boburning goh ixtiyoriy, goh majburiy tarzda janggohlarda kechgan sarguzashtlarining aql va ko’ngil mezonlarida o’lchangan esdaliklaridir. Bu tarixiy-badiiy asar 1494—1530-yillardagi, Bobur Mirzoning Farg’ona viloyatining hokimi bo’lganidan boshlab Kobulda o’zini podshoh deb e'lon qilgani va nihoyat, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solishi bilan bog’liq voqealarni o’z ichiga qamrab oladi. Asar dastlab «Vaqoye» nomi bilan atalganligini muallifning o’zi ruboiylaridan birida eslatib o’tadi: Bu olam aro ajab alamlar Har kim bu «Vaqoye»ni o’qur, bilg’aykim, Ne ranj-u ne mehnat-u ne alamlar ko’rdum. ko’rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum. Bobur Mirzo esdaliklari keyinchalik «Voqeoti Boburiy», «Tuzuki Boburiy», «Tavorixi Boburiy», «Boburiya» tarzda atalib, nihoyat, «Boburnoma» nomi bilan shuhrat qozondi.
Temur va uning avlodlari, avalo, ana shu xalq nomidan ish ko’rar, o’zlarini shu xalqqa mansub deb bilar edilar. Temur va temuriylar davrida turkiy xalqlar orasida katta siyosiy va madaniy jonlanishning yuz berishi sababi ham ,avvalo, shunda edi. Menimcha, tarixda hech qachon, hatto XVIII-XIX asrlarda ham o’zbeklar XV asrdagidek katta xalq bo’lib, shunday katta hududdagi buyuk bir davlatga birlashmagan edi. Xususan, Balx, Hirot yaqinidagi o’zbeklarning Movarounnahr o’zbeklari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy yaqinlashuvi o’zbek xalqi tarixida katta voqea bo’lib, o’zbek adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirdi. Alisher Navoiydek buyuk shoir va mutafakkirning o’zbek adabiyoti va adabiy tili taraqqiyotida ulkan hissa qo’shgan noyob ijodkorning o’zbekiston hududida emas, Hirotda nash'-u namo topgani va faoliyat ko’rsatganini ayrimlari qayd qilingan omillar bilan izohlash mumkin. Xurosonda bu davrda faqat Alisher Navoiy emas, Mavlono Lutfiy (Lutfiyning toshkentlik ekani keyinroq aniqlandi - R.V, H.E), Gadoiy, Atoiy kabi o’zbek shoirlari ham yetishganligini unutmaslik kerak» (Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. Toshkent. 1993, 97-bet).
Sohibqiron Amir Temur Qora, Egey, o’rta Yer dengizidan to Hindistonning sharqigacha, Mo’g’uliston va Xitoygacha, Hind okeanidan to Ural tog’larigacha, Moskva ostonasidan Dnepr bo’ylarigacha bo’lgan juda katta hududni qamrab olgan buyuk saltanatga asos soldi.
XV asrning oxirlariga kelib, temuriy davlatlari tobora inqirozga yuz tuta boshladi. Ayniqsa, Movarounnahrning parchalanishi bu inqirozni ancha tezlashtirdi. Sirdaryoning quyi oqimida yashovchi o’zbeklar Abulxayrning o’g’li Muhammad Shayboniyxon tarafiga o’ta boshladilar. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarini birlashtira oladigan shahzoda yoki podshoh bo’lmaganligidan foydalangan Shayboniyxon 1499 yilda Buxoroni, 1500 yilda Samarqandni, 1505 yilda Xorazmni o’ziga bo’ysundiradi. 1506 yilda Husayn Boyqaro vafot etgach, Xuroson ham parchalana boshladi. 1507 Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»sining vujudga kelishi o’zbek nasrining ancha taraqqiy etganligini dalillaydi. Shunday qilib, bu davrda juda ko’p she'riy shakllar bilan birga badiiy nasrning nodir namunalari ham vujudga keldi va takomillashdi.
Adabiy aloqalar. Tarjima adabiyoti va adabiyotshunoslik sarlari g’oyaviy - ma'naviy sarchashmalari Qur'oni karim, Hadisi sharif va tasavvuf ta'limoti hisoblangan Sharq adabiyoti namoyandalari badiiy ijodida adabiy ta'sir, adabiy aloqalar masalalari g’oyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mumtoz she'riyatda g’oyani qay holda rangin ifodalanishi she'rning badiiyatini belgilovchi omil ekan, shubhasiz, Sharq xalqlarining mumtoz ijodkorlari bir-birlarining adabiy tajribalaridan ilhomlandilar, ilg’or adabiy an'analarni davom ettirib, uning yuksalishiga o’zlarining hissalarini qo’shdilar. XIV asr o’rtalaridan XVII asigacha bo’lgan davr o’zbek mumtoz adabiyoti o’ziga qadar shakllangan Sharq xalqlari adabiyoti ilg’or an'analarini teran ovrganib, kamol toptiigan, ayni choqda, keyingi bosqich shoirlari uchun maktab bo’larli adabiy meros qoldirgan muhim jarayondir. Bu davrda Rudakiy, Firdavsiy, Fariduddin Attor, Jaloluddin Rumiy, Xoqoniy, Nizomiy, Salmon Sovajiy, Xusrav Dehlaviy, Sa'diy, Hofiz va Kamol Xo’jandiy singari buyuk Sharq so’z ustalarining asarlari turli xalq vakillari tomonidan sevib o’qilar, Movarounnahr, Xorazm, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Hindiston va boshqa yurtlarning kotiblari tomonidan kitobat qilinar, musavvirlari tomonidan asarlari minatyuralar bilan ziynatlanar, tazkiralarda bu ulkan iste'dod sohiblari haqida ma'lumotlar berilardi.
Zikri o’tgan davrda ijod etgan Lutfiy Shoshiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi shoirlar Sharq adabiyotining ulug’ namoyandalari Hofiz va Sa'diy singarilar qatoridan o’rin oladi. Mashhur Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy asos solgan xamsachilik an'anasi bu davrda o’zining eng yuksak cho’qqisini zabt etdi. Haydar Xorazmiyning «GulshanuI-asror» dostoni Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»ining ilk dostoni «MaxzanuI-asror»ga javobiya tarzida turkiy tilda bitildi. Ulug’ fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy o’zining «Haft avrang» asari bilan xamsachilik taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tardi. Turkiy tilda Alisher Navoiyning «Xamsa» asari vujudga keldi. Shuningdek, bu an'anani davom ettirgan marog’alik shoir Mavlono Ashraf Alisher Navoiyning tahsiniga sazovor bo’lgan «Xamsa»sini yaratdi. Ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiyning qalb daftari varaqlanar ekan, unda buyuk mutafakkirning o’z ustozlari sha'niga aytilgan ko’plab dil so’zlari, haroratli satrlari ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Nuriddin Abdurahmon Jomiy, Mavlono Lutfiy, Shayx Muslihiddin Sa'diy, Shamsuddin Xoja Hofiz Sheroziy singari Sharq she'riyati allomalariga bo’lgan yolqinli muhabbati yorqin sezilib turadi. XV, tojik adabiy aloqalarini yanada yuksak u borada muhim ahamiyat kasb etdi. Alisher Navoiy ijod maktabining tojik, turkman, ozarbayjon va yana qator turkiy xalqlar adabiyoti rivojiga ko’rsatgan ijobiy ta'sirini akademiklar A.M.Mirzoyev, H.Orasli, B.A.Qoriyev singari yirik adabiyotshunoslar ilmiy g’iganib, adabiyotshunoslik fani uchun nihoyatda zarur bo’lgan qimmatli mulohazalarni bayon etdilar. A.M.Mirzoyev Alisher Navoiyning fors-tojik adabiyoti oldidagi xizmatlari haqidagi qarashlarini xulosalar ekan, yozadi: «Shu tariqa Alisher Navoiy nafaqat turkiy adabiyotning buyuk bir namoyandasi, adabiyot va san'at ahlining homiysi hamda XVasming ikkinchi yarmidagi Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining ilmiy- adabiy va san'ati taraqqiyotiga qudratli asoschi bo’libgina qolmay, balki Abdurahmon Jomiydan keyin, XV asr fors-tojik g’azalchiligining eng buyuk vakillaridan biri sifatida, bizning adabiyotimiz tarixidan ham munosib o’rin oladi» (Mirzoyev A. Foniy va Hofiz.-«Navoiy va adabiy ta'sir masalalari». Toshkent, 1968, 62-bet). Xuddi shuningdek, Ozarbayjon adabiyoti ravnaqida ham Alisher Navoiy ijodidan bahramand bo’lish alohida ahamiyat kasb etadi, deyish mumkin. Jumladan, shoir Muhammad Fuzuliy o’zining «Layli va Majnun» dostonida Alisher Navoiy an'analarini davom ettiribgina qolmay, uni takomillashtirdi.
2-asosiy masalaning bayoni:
Mavlono Atoiy XV asrning birinchi yarmida Balx adabiy muhitida yetishgan istedodli lirik shoirdir. Navoiyning “Majolis un nafois” ida “Ismoil ota farzandlaridandur” degan ma’lumot bor. Bu shaxs haqida Navoiyning “Nasoyim ul muxabbat” Asarida quyidagicha ma’lumotlar saqlangan:
“...Ismoil ota zohiran Xoja Ahmad Yassaviy, ...inisining Ibrohim ota otliq inisining o’g’lidir...”Yoshi yuzga yaqin va avlodi yetti yo sakkiz bor erdi. Avlodi orasidin Isxoq otaning o’z koyim makoni qilib olamdin o’tubdur”. Manbalar Atoiy kasb-kori haqida ma’lumot bermaydi. Harqalay uning bir shaharda yashamagani, badiiy ijod uning umriy ishi ekanligini tasavvur qilish mumkin. Chunki uning quyidagi bayti shoirning bir shaharda muqim tura olmaganligiga biroz ishora qilganday tuyuladi:
|