• 1 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi
  • 1-savolning bayoni
  • Mavzuga oid tayanch tushunchalar




    Download 1,2 Mb.
    bet44/155
    Sana10.01.2024
    Hajmi1,2 Mb.
    #133618
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   155
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: A.Navoiy, “Lison ut - tayr” “Mantiq ut - tayr”, “Semrug’”, “O’ttiz qush xudxuddin”, Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig’no, Tavxid, Xayrat, Faquru Fano.


    Mavzuga oid muammolar:
    1.“Lison ut - tayr”da yashiringan g’oyalar.
    2.Dostondagi Shayx Sa’non qissasi va o’nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa.


    1 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: “Lison ut-tayr” dostonida falsafiy qarashlar tahlili va dostondagi tasavvuf olamini kengroq yoritish.


    Identiv o`quv maqsadlari:
    1.Talaba “Lison ut-tayr” Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” nomli forsiy tildagi dostoniga tatabbu ekanligini biladi.
    2.Tatabbu mohiyatidagi an`ana va tajdid muammosini tasavvur eta oladi.
    3.Sho`rolar davrida “Mantiq ut-tayr” va uning falsafiy mohiyatiga to`g`ri baho berilmaganiga imoni komil bo`ladi.
    4. Men demonkim, ul atodur, men o`g`ul,
    Ui shaxxi oily sifot, men banda – kul.
    baytida Attor va Navoiy shogirdligi aks etganiga tushunadi.


    1-savolning bayoni:
    «Lison ut - tayr» (qush tili) dostoni Alisher Navoiyning eng so`nggi asarlaridan biri. U 1499-yilda yaratilgan. Ya`ni bu yil bu masnaviy yozilganniga 500 yil bo`ldi. Muallifning o`zi «Mantiq un - tayr» ga javob aytishni o`ta mushkul ish sanab uni tobora orqaga suravergan. Nihoyat o`zi iqror bo’lgandek:
    «O`lsamu aytilmay qolsa bu kitob
    U dunyoga armon orqalab ketaman»
    deb andishaga boradi va dostonni yozishga kirishadi. 9-10 yoshida «Mantiq ut - tayr» ni yod olgan Navoiy bu asarning turkiy jarangini orzu qiladi. Ne sababdandir Mahmud Gulshaxriyning «Mantiq ut -tayr» dostoni unchalik mashhur bo`lmagan…
    Navoiyning bu asari tatabbu’ doston esada, shoirning o`zi: Tarjuma rasmi bila yozsam varaq deya, kamtarlik bilan o`z mexnatini tarjimaga yo’yadi. (Biroq unda ko`plab hikoyatlarning yangiligi olimlarimiz tomonidan «Lison ut - tayr» ning yangi original asar sifatida tan olinishiga asos bo`lgan). To’g’ri, ham tarjima ham tatabbulik unsurlari yaqqol sezilarli. Tatabbuligi isboti:

    Download 1,2 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   155




    Download 1,2 Mb.