|
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti
|
bet | 46/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiNazorat topshiriqlari:
1. “Lison ut-tayr” da nima uchun oynon majoziy obrazlarga e’tibor qaratilgan?
2. Doston oxirida Navoiy qanday g’oyani ilgari surgan?
2 – masala bo’yicha darsning maqsadi:
«Lison ut-tayr» ning yaratilishi haqida ma’lumot berish orqali talabalar tatabbu haqida tasavvur hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Asar tasavvuridagi ramziy talqinlarni tahlil qila oladi.
2.2. Dostondagi falsafiy masalalar yuzasidan bahs yurita oladi.
2.3. Dostondagi Shayx Sa’non qissasi va o’nlab hikoyatlar ustidan xulosa chiqara oladi.
2-asosiy masalaning bayoni:
Dunyo qushlari bir ulkan daraxtga ko`nib, joy talashib qoladilar. Xudxud ularga Semurg’ haqida so`zlab, Chin mamlakti ustida uchgani va bir pari tushib qolgani xususida hikoya qiladi.
Qushlar Semurg’ni izlab yo`lga tushadilar. Talab vodiysi …
Marifat vodiysi, Xayrat vodiysi, Ishq vodiysi, Tavhid vodiysi, Istigno vodiysi, fano vodiysi. Qushlar faxru Fano vodiysiga yetib, fano bo`ladilar: qayerga boqsalar o`zlari Semurg’ bo`lib ko`rinadilar:
Qilibon Semurg’ o`ttiz qush havas,
O`zlarin ko`rdilar ul Semurug’ bas.
Asar tasavvufning ramziy talqinidan iborat bo`lib, qushlar bosib o`tadigan yetti vodiy – ollohparast darvishning yetti bosqichli riyozat marralaridir. Fano darajasiga yetish: xaqqa etishdir. Foniy bo`lishdir. Dostonda Foniy taxallusining qo`llanilishi boisi shuni unda ilohiylikka yo’g’rilgan g’oyalar bor. Qushlar har vodiyga yetganda, shu riyozat bosqichi moxiyatini o`zida aks ettiruvchi bir axloqiy – ta`limiy hikoya ilova qilinadi. Chunonchi: ma`rifat vodiysi bobida fil va ko`rlar hikoyati berilgan. Zero marifat – olloh mohiyati haqidagi bilimlar majmuidir. Olloh oshigi – so`fiy oloh haqida mukammal bilim xosil qilmogi zarur. Bilimi chala bo`lsa kishining narsalar xaqidagi tasavvuri ko`r singari uning bilimi kemtik bo`ladi, degan fikr shu hikoyatda olga surilgan.
Siz bu hikoya mazmunini 8 – sinf «O`zbek adabiyoti» darslik – majmuangizdan yaxshi eslasangiz kerak. Faqru fano vodiy tasavirida esa Baxouddin Nakshband haqidagi hikoya keltirilgan. Insonning o`z yaratuchisiga sadoqati – vafosi tasavvufda eng ezgu amaldir. Bahouddin Naqshband
O’z vujudin pok sayri haqshunos
Har ne birlakim qilur erdi qiyos
Ondin o`zni kam topar erdi base,
Sarvu guldin o`ylakim xoru xase.
To kurundi ko`ziga bir jifa qalb,
Paykaridin poklik oyini salb,
Chun oning birla tengushturdi o`zin,
Nola qildi ashkbor aylab ko`zin
Dedi: «Ul axli vafodur, men – emon,
O’zni oning birla emdi teng demon.
Ul xudovandiga kilmas jo`z vafo,
Lek menga zohir ulmay jo`z jafo».
Hikoyat davomida u ko`chaga chiqib, itning izi bilan o`zini qiyoslaydi. Va it izini o`zidan ustun qo`yadi:
Dedi: «Men ortug ekanmu yo bu iz?»
Yana o`zni dedi: «K-ey insofsiz,
Ul vafo axli ayogidan nishon,
Sen vafosizlig sari domankashon»…
Ishq vodiysi talqinida esa mashhur Shayx Sa’non qissasi berilganki, uning o`zini bir mustaqil doston desa bo’ladi. Unda muhabbatning eng kuchli xis ekanligini, umrning mazmun moxiyati undan iborat bo’lishi kerakligi talqin etilgan.
Asma’iy haqidagi hikoyatida ham ishq yo`lida o’limga dadil bora olgan oshiq kabi shoxlar, ayiq uynatuvchilar, Xoja Muhammad Porso va Bahouddin singari avliyolar, mashilavoz xindiylar, musht eb xaq oluvchi pahlavon singari talay timsollar bor.
Bundan tashqari Bulbul, Qarchig’ay, Tovus, To`ti singari undan ortiq qushlarning o`z yashash tarzlari va orzu umidlari haqidagi Xudxud bilan baxs munozaralari dostondan o`rin olgan.
Har bir hikoyatdan axloqiy-ta`limiy xulosalar keltirib chiqariladi: ishyoqmaslik falokati, g’ayratlilik va sadoqat baxti, muhabbatda ustivorlik saodati, ollohga bandalik umidi, odil va insof tantanasi, irodasizlik va irodalilik farki, xullas ahloqiy barkamollik unsurlari xil saxifada ko`plab uchraydi.
«Lison ut – tayr» dostonidagi bosh qoliplovchi hikoya: jahon qushlarining yigilishib martaba va fazilatlariga ko`ra joy talashishlari voqeasidan tortib, qushlarning Xudxud yo`lboshchiligida Semurg’ni izlab yetti vodiydan (Talab, Ishq, Marifat, Istig`no, Tavxid, Xayrat, Fano) o`tishlari va Semurg`ni topolmay, Semurg’ – Semurg`ni izlashga chiqqan simurg’ (o`ttiz qush)ning o`zi ekanligini bilishlarida ham ; dostondagi Shayx Sa’non qissasi va o`nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa ham bitta; olam –borliq Ollohning zuxuridan iboratdir, qushlar (odamlar) Semurg’ni izlab (ya`ni xudoga yetishish uchun) yo`lga riyozat bosqichidan (Talab, Ishq, Ma`rifat, Istig`no, Tavxid, Xayrat, Faqru Fano) o`tadilar va ruxga aylangach, xudo bilan qovushadilar. Go`yo Olloh – quyoshdir, olamdagi barcha narsa va odamlar – uning nur zarralaridirlar. Tug’ilish zarraning quyoshdan uzilib, nurga aylanib ketish; o`lim esa – zarraning asliga qaytib quyosh bag`riga yetishidir.
Riyozat bosqichlarining ma`nosi nima? So`fiy (Xudo jamoli shaydosi, ya`ni xudo fidoyisi) Talab yo`liga kiradi. Xudoni topishni istaydi. U talabda shunchalik izchil va fidoyiki, muttasil olloh Ishqida band bo`ladi. So`ng «Olloh nima?» degan masalani hal etishga urinadi va olloh haqida bilm - ma`rifat xosil qiladi. Ollohning xusn va ma`no jihatidan mislsiz vujud ekanligini bilgach, u o`zining oliy tilagiga yetib, qanoat xosil qiladi: Istig`no – extiyojsizligidir. So`fiyga xusn va ma`no jihatdan olloh o`zi kifoya qiladi. Ollohning hamma soxada tengsiz va yakkayu yagona (Tavxid) ekanligi unga kashf bo`ladi. Borliq, barcha go`zalliklar va eng teran aql – tamiz faqat Ollohda va undangina yog`ilishi, uning asllarining asli, o`zaklarning o`zagi, moyalarning moyasi ekanligi; faqat u hamisha borlig`i, yakka – yagona ekanligi so`fiyni Xayratga soladi. Bu xayrat shunchalik kuchliki, endi uning aqlida, ko`nglida va ko`zida faqat xudo jilvalanadi va o`sha jilvadan xayratlanish nihoyasiga yetmaydi. Shu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat, o`zligidan voz kechadi: xudo fidoyisi o`z izlanishlarining cho’qqisiga etib jisman Olloh uchun fakrlilikni tan olib, fano bo`ladi. Foniy – fano bo`lgan kishidir. Ya`ni so`fiylik termini bilan aytsak, Alisher o`ziga ikkinchi taxallus qilib olgan so`z – tasavvufda eng oliy kamolot bosqichiga etgan kishidir.
Dostondagi ana shu bosh falsafiy masala Shayx Sanonning sevgi qissasida qisqaroq bo`lsa- da, yaqqol ifodalangan. Majnun al – xaq, ya`ni Olloh devonasi nomi bilan mashhur bo`lgan hikoyada esa, Ollohning odam uchun o`zi bilmasa ham mexribonligi, uning g`amini yeyishi aks ettiriladi. Majnun al – xaq xudo uyiga (Ka`ba) borish uchun eshakda yo`lga otlangan. Qorongi tushdi. Yomg’ir boshlanib jala quydi. Devona eshakni qoldirib, o`zi vayronadan panoh izladi va eshakka qarab turishni ollohdan so`radi. Anchadan so`ng yomg’ir tindi. Tun - qopqorong`i. Majnun al-xaq tashqari chiqib, eshagini topa olmaydi. Ko`kka boqib eshagimni senga ishongan edim, saqlamabsan, deb ginaxonlik qiladi. Birdan chakmoq chaqilib, Majnun al-xaq o`tlab yurgan eshagini ko`radi. ..
Xo’sh, Zohid va mutasavvuf orasidagi farq nimada? Zohid – o`z umrini toat – ibodatga bag’ishlagan, din talablarini so`zsiz ijro etishga qaratgan odam. Mutasavvuf esa, xudo jamoli va ishqi fidoiysi. Zohid taoat – ibodat bilan shugullanar ekan, u dunyodagi jannat uchun tagjoy to`layotgan bo`ladi va bu dunyoda ham yashashni unitmay: boylik ortirish va aysh ishratga imkoni boricha harakat qiladi. Tasavvuf ahli Zohidlarning jannatga nisbatan va boylikka bo`lgan tamagirliklarini yoqtirmaydilar.
So`fiylar nazarida Zohidlar guyo xudo bilan savdo – sotiq qiladilar, shartnoma tuzadilar: biz bu dunyoda diniy talablaringni hammasini bajaramiz. Sen u dunyodan jannatdan joy berasan. Tasavvuf oqimiga mansub kishilar esa, xudo talablarini o`zlaricha tushunadilar. Ular baqadri imkon din axkomlariga bo`ysinadilar. Biroq asosiy maqsadlari xudo visoliga etishdan iborat, xalos. Oliy orzu ana shu. Ular do`zax va jannatni inkor etmaydilar. Faqat aytadilarki, menga jannat ham, do`zax ham kerakmas. Menga faqat xudo kerak. Chunki uning yodi bilan men do`zaxga tushsam ham uning azoblarining sezmayman, jannatga tushsam ham xudo ishqi bilan bexisht roxatlarini o`zimda tuyolmayman.
So`fiylar yodida va tilida faqat va faqat xudo nomlari takrorlanadi, yashaydi. Tasavvuf axlining shiorini Mashrab bir misrada yaxshi ifodalagan edi:
Bir xudodin o`zgasi barchasi galatdur, Mashrabo! Tasavvuf ta`limoticha, olam: yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, xayvonlar, qushlar, kapalaklar va boshqa jami narsalar xudoning zuxurotidan iborat. Go`yo xudo o`z kudratini namoyish etish uchun o`z xusnini olamdagi narsalarda ifodalagan. Mislsiz aqlini mutafakkirlarda, mislsiz xusnini go`zal qiz va yigitlarda namoyish etgan. Shuning uchun Laylini sevgan Majnun Laylida olloh yuzini ko’rgan…
Shayx Sa’non tarso sanamga ko`ngil berib, Ka`badan voz kechib kur`onni o`tda yoqib otashparastlar ibodatxonasida o`t yoqib yurganida, ya`ni islomga qarshi xatti – harakatlarini uchiga chiqarganida u xudo xusni fidoyisi edi: tarso sanamda olloh xusniga maxliyo bo`lgan va hamma narsadan uning uchun voz kechgan edi. Tarso sanamda olloh xusni tajalliy etgan edi, jilva qilgan edi.
Tasavvufdagi ana shu o`zak masala - olamning olloh jilvasidan iboratligi, odamning olloh quyoshining zarrasi ekanligi haqidagi ta`limot Farididdin Attor ijodi, Alisher Navoiy ijodi va Mashrab ijodida o`zak tomir sifatida yashaydi. Fariddin Attor , Abduraxmon Jomiy , Alisher Navoiy va Mashrab Mansur Xallojning «anal xaq » (men xudoman, men xudoning bir zarrasiman) degan ta`limotidan o`sgan mutafakkir tasavvuflardirlar.
|
| |