X- XIII asrlar adabiyoti. 3




Download 1,2 Mb.
bet9/155
Sana10.01.2024
Hajmi1,2 Mb.
#133618
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti

2.X- XIII asrlar adabiyoti.
3.XIV – XVI asrlar adabiyoti.
4.XVII – XIX asrlar adabiyoti (birinchi yarmi) o’zbek adabiyoti.
5.Milliy uyg’onish davri adabiyoti.

Har bir davrni harakterlashga to’g’ri kelsa qayd etish joizki,tarixiy fojealar o’zbek adabiyoti namunalarining ko’pini yo’qlik oloviga tashladilar: arablar adabiyotimiz namunalarini kuydirdilar, mo’g’ullar topdadilar va kuydirdilar , kechagina sho’rolar zamonida qonun qutqusidan kishilarning o’zlari jonlarini hovuchlab omon qolish uchun adabiy ilmiy yodgorliklarni ko’mdilar, suvga oqizdilar… Shuning uchun deyarli X asrgacha bo’lgan adabiy yodgorliklarimiz yozma holatda bizga yetmadi (bundan faqat toshbitiklargina mustasnodir ).


Asosan og’zaki qo’shiqlar: mexnat qo’shiqlari, marosim qo’shiqlari, qaxramonlik qo’shiqlari Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit- turk» asari orqali yetib keldi. Qaxramonlik eposi namunalari afsonalar tarzida va yunon tarixchilarining (Gerodot «Tarix», Polien «Xarbiy xiylalar») asarlari orqali bizgacha yetib keldi…
X-XIII asrlar adabiyoti tarzida davrlashtirish mantiqi shundaki, shu davrlardan boshlab avval arab tilidagi she’riyat (Saolibiy «Tatimat at- yatimat»), ilk epik asarlar («Qutadg’u- bilig» va «Hibbat ul - haqoyiq» ) yaratildi; Axmad Yugnakiyning hikmatlari olam yuzini ko’rdi. Qomus bilimli olimlarimizining badiiy ijodi arab va forsiy tilda shu davrda yuzaga chiqdi. Abu Rayxon Beruniy asarlaridagi hikoyalar, Ibn Sino she’rlari va ruboiylari, falsafiy qissalari shu davr adabiyoti mahsullaridir.
XIV-XVI asrlar adabiyotida turkiy tildagi adabiyotning eng gullagan va yuksak cho’qqisiga yetgan bir davri edi. Agar X asr O’rta Osiyo olimlari asri bo’lsa, XIV-XV asrlar o’zbek adabiyotining shaklanish va gullab yashnash davri bo’ldi. “Muxabbatnoma” larning yaratila boshlashi, Hofiz Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Axmad Taroziy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy singari yirik shoirlar pleyadasining yetilishi va nihoyat turkiy she’riyatiga Alisher Navoiy siymosining kirib kelishi – shu davr adabiyotining eng belgilovchi omillari edi.
Bu davr janrlar xilma – xilligi, badiiy mahoratning kuchliligi, shoirlarimizning fors shoirlari bilan bemalol bellasha olish qudratlarining namoyishi singari hususiyatlari ko’zga tashlandi. Abdurahmon Jomiyday buyuk zot «Iskandar Hiradnomasi» da… Navoiy ijodiga ochiq hayrat izxor etdi.

Download 1,2 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155




Download 1,2 Mb.