• Identiv o’quv maqsadlari
  • 2– asosiy masalaning bayoni
  • O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti




    Download 1,2 Mb.
    bet7/155
    Sana10.01.2024
    Hajmi1,2 Mb.
    #133618
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti
    Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari , Kurs ishi mavzu Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari Markaz-www.fayllar.org-2, 154 I son-21.12.1995-uz, 5-seminar. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar reja-fayllar.org, IMG 20240108 165600 380, xanifa
    Nazorat topshiriqlari :
    1. Nega “O’zbek mumtoz adabiyoti” deyiladi?
    2. Bu fanning maqsadi nima?
    3. Bu fanning vazifasi nima?
    4. O’zbek mumtoz adabiyotida qanday tur va janrlar amal qilgan?


    2– asosiy masala: O`zbek mumtoz adabiyotining manbalari.
    O`qituvchining maqsadi: O`zbek mumtoz adabiyoti manbalari haqida ma’lumot berish orqali talabalarda xalqlar do`stligi va milliy madaniyatga nisbatan xurmat tuyg`ularini tarbiyalash.


    Identiv o’quv maqsadlari :
    1.Talaba o`zbek mumtoz adabiyotining manbalari bilan tanishadi.
    2.Qo`shni xalqlar adabiyoti va ma’naviyatidan ta’sirlanish samaralarini kuzatadi.
    3.Adabiyotlararo do`stlik xalqlararo do`stlik va inoqlikning bir ko`rinishi ekanligiga amin bo`ladi.
    2– asosiy masalaning bayoni:
    Xalqlar tarixiy qismatlariga ko`ra turli xalqlar bilan qo`shnilar. Bu hol – ikki xalqni deyarli bir territoriyada aralash yashashi ularning yuz tuzilishlari, hayot tarzlari diniy e`tiqodlari va harakterlaridagi umumiylikni yuzaga chiqargan. Buning eng yorqin misoli maktab va adabiyotdir. Inqilobgacha o`zbek va tojik o`quvchilari bir xil maktabda o`qitilar edi. Darsliklardan uchta o`zbekcha, uchta tojikcha darslik o`qitilar edi. (Farididdin Attor «Mantiq ut - tayr», Mirzo Abdulqodir Bedil «Devon», Xofiz Sheroziy «Devoni», Alisher Navoiy «Devoni», Muxammad Fuzuliy «Devon» va «Layli va Majnun» dostoni). Shuning uchun ko`pchilik tojik va o`zbek shoirlari zullisonaynlikda nom chiqardilar.
    O`zbek mumtoz adabiyotimizdagi janrlarning, atamalarning asosiy qismi arab adabiyoti va fors – tojik adabiyoti orqali o`tdi. Shu adabiyotning ta’siri sezilarli bo’ldi. Natijada forsiy va turkiy adabiyotda mushtarak syujetli dostonlar, janriy xususiyatlari yaqin bo’lgan lirik janr namunalari yaratildi. Birgina tuyuq janrini xisobga olmaganda mumtoz adabiyotimizda asosiy lirik va epik janrlarimiz fors-tojik adabiyotida bor edi. Quvonchlisi shundaki, mumtoz shoirlarimiz bu o`zbek bu tojik shoiri deb ajratmas edilar. Birday sevib o’qir va birday baholar edilar. Chunonchi, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida Alisher Navoiy, Muxammad Solix, Majlisiy singari o’zbek shoirlari safida Abduraxmon Jomiy, Kamoliddin Binoiy, Badriddin Hiloliy, Mavlono Osafiy, Abdullo Hotifiy asarlari tahlil etiladi va baxolanadi. Alisher Navoiyning «Majolis un -nafois» tazkirasiga kelsak 459 shoirning 400 ga yaqini tojik tilidagi ijodkorlar ekanini tan olamiz. Demak adabiy dahomiz Alisher Navoiy ham shoirlarni tillariga qarab ikki qutbga ajratib tashlamagan.
    Shuning uchun o’zbek adabiyotining manbalaridan biri fors – tojik adabiyoti bo’lib hisoblanadi. Mumtoz shoirlarimiz fors – tojik mumtoz shoirlari va adiblari asarlarini sevib o’qidilar, yodladilar, barakali ta’sirlandilar. Xuddi tojik shoirlari Navoiydan tasirlangan va ilhomlanganlaridek (Hiloliy). Abduraxmon Jomiy esa «Hiradnomai Iskandariy » asarida Alisher Navoiyni shunchalik ulug’laydiki, hayriyatki sen “xamsa”ngni turkiy tilda yozding. Forsiyda yozganingda fors so’z chechanlariga “xamsa”ga qo’l urish imkoni qolmagan bo’lar edi, deydi.
    Arablarning O’rta Osiyoni zabt etishlari, musulmon dinining joriy etilishi o’zbek xalqi ma’naviyatiga jiddiy ta’sir qildi. Islomiy va tasavvufiy tamoyillar adabiyotimizda yaqqol namoyon bo’ldi. Natijada arab tili va adabiyotining o’zbek tili adabiyotiga ta’siri sezilarli bo’ldi. Din tarixi va tasavvuf tarixi xamda nazariyasi bilan bog’lik ma’lumotlar badiiy adabiyotda keng o’rin ola boshladi. O’zbek mumtoz adabiyotiga quron va xadislar ta’siri ham samarali bo’ldi.
    Hindiston bilan aloqa ham sezilarli bo’ldi. Mashhur «Pancha tantra», «Kalila va Dimna» o’zbek tiliga o`girildi. Bu ham arablarning «Alf layla va layla» (Ming bir kecha) kitoblari kabi keng o`quvchilar e’tiborini tortdi. Amir Hisrav Dehlaviy, Zebuniso va Mirzo Abduqodir Bedil badiiy ijodlarini mumtoz shoirlarimizga samarali ta’sirlari bo’ldi. O’zbek mumtoz adabiyotida Hind tematikasi kuzatila boshlandi. Epik asarlar qahramonlarining yo’li Hindistonga ham tushadigan, Kashmirgacha boradigan bo’ldi…
    Makedoniyalik Aleksandrning O’rta Osiyoga hujumi mumtoz adabiyotimiz asarlarida ham o’z izini qoldirdi. Yunon tematikasi, yunon olimlari ismi-shariflari adabiyotimizda ko’zga chalina boshladi. Zokirjon Furqatning esa qadami ham Yunonistonga yetdi. «Yunon mulkida bir afsona yoki rumolik qiz hikoyati» dostoni ana shu safar taassurotlari natijasida paydo bo’ldi.
    O’zbek mumtoz adabiyotining bosh manbai o’zbek xalq og’zaki ijodi edi. Undagi hayotbahsh rux, maqollardagi chuqur hikmatparastlik mumtoz adabiyotimizga xos xususiyat bo’lib keldi.

    Download 1,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155




    Download 1,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti

    Download 1,2 Mb.