• Fanning maqsadi
  • Fanni o’qitishning vazifalari
  • Tizimli yondoshuv.
  • FAN BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI




    Download 1,2 Mb.
    bet3/155
    Sana10.01.2024
    Hajmi1,2 Mb.
    #133618
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti
    Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari , Kurs ishi mavzu Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari Markaz-www.fayllar.org-2, 154 I son-21.12.1995-uz, 5-seminar. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar reja-fayllar.org, IMG 20240108 165600 380, xanifa
    FAN BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
    Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish kabilar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Fanni o’qitishning maqsadi va ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.
    Fanning maqsadi: «O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi» fani adabiyotimiz tarixini o’rganishga bag’ishlanganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Uning mustaqil fan sifatidagi shakllanish bosqichlari, bu fanning o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati, o’ziga xos xususiyatlarni o’rganish asosida talabalarda ilmiy iftixor tuyg’usini shakllantirish.
    Fanni o’qitishning vazifalari: Mazkur fanni ta’limning zamonaviy talablari darajasida o’rganish, talabalarni «O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi»ning o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish orqali ularning intelektual salohiyati va ma’naviyatini o’stirish.
    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
    Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.

    Download 1,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




    Download 1,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FAN BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

    Download 1,2 Mb.