О ‘ZBEK TILIDA OT. EGALIK VA KELISHIKNING IFODALANISHI
AL – XORAZMIY
VIII asrning ikkinchi yarmida Xorazmda tug‘ilgan vatandoshimiz Abu Abdullo Abduja’far Muhammad ibn Muso – Al Xorazmiy o‘rta asrning ulug‘ olimi, astronomi, matematigi va jug‘rofidir. U “Zij” astronomiya jadvali, “Hind raqamlari hisob - kitobi”, “Al – muxtasar fil jabr val - muqobala”/ “Tenglama va qarshilantirish hisobi muxtasari”/, “Kitobu surat al – arz/” “yerning shakli haqida kitob” kabi mashhur asarlarini yaratdi. Yer kurrasini turli iqlim va mintaqalarga bo‘ldi. Jug‘rofiy kartalar tuzdi. Bir nech ekspeditsiyalarda ishtirok etdi.
Xorazmiyning “Hind raqamlari” kitobi XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Xorazmiyning riyoziyotga doir ikkinchi bir asari “Al – muxtasar fil – jabr val - muqobala” riyoziyotni yangi soha – tenglama bilan boyitdi. Keyinchalik shu asarning nomidan olingan so‘z bilan riyoziyotning maxsus bir sohasi “al - jabr” – “Algebra” deb nomlanib, bizning davrimizda ham yuritilmoqda.
Topshiriq.
Berilgan matnga savol tuzing.
Matndan ot turkumiga oid so‘zlarni aniqlang.
Matndagi egalik qo‘shimchalarini aniqlab, shaxs – sonini ayting.
ABU ALI IBN SINO
Ibn Sino Afshona qishlog‘ida 980 – yilning avgust oyida amaldor oilasida tug‘ilgan. Ismi Husayn, otasining ismi Abdullo, onasining ismi Sitora bonu bo’lgan.
986 – yilda ularning oilasi Buxoroga ko‘chdi. Shu yillardan boshlab Ibn Sino boshlang‘ich ma’lumot olishga va ilm-fanni o‘rganishga erishadi. 10 yoshidayoq “Qur’on”ni to’liq yod o‘qir edi. 10 – 13 yoshlaridan boshlang‘ich riyoziyot, mantiq, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshladi. U qadimgi hind ilmiy asarlarini ham o‘rgandi, ularni har tomonlama o‘zlashtirishga harakat qildi. Falsafa, tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rgana boshladi. Asta – sekin tabiblik bilan shug’ullana bordi. O‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rgandi. 16-17 yoshidayoq Ibn Sino mashhur tabib – hakim bo’lib tanildi. 1000 – yilda u Xorazmga bordi. Xorazm hokimi Ali ibn Ma’mun saroyidagi yirik olimlarni birlashtirgan o’z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Keyinchalik Ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyiga mashhur tabib sifatida qabul qilinadi.
1019 – 1020 – yillarda Hamadonda vazir lavozimida xizmat qiladi. 1023 – yilda Isfaxonga ketadi. Butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag’ishlaydi.
1037 – yil 18 – iyunda Isfaxon shahrida 57 yoshida vafot etadi. Ibn Sinoning barcha asarlari 280 dan oshadi. Shularning 40 dan ortig‘i tibbiyotga oid. 30 ga yaqini tabiiy fanlarga, 3 risolasi musiqaga, 185 risolasi esa falsafa, mantiq, ruhshunoslik, teologiya, ahloq–odob va ijtimoiy– siyosiy masalalarga bag‘ishlangan. Lekin, bizgacha faqat 160 ta asarigina yetib kelgan. Ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari eng buyuk ixtiro bo’lib qoldi. Bu asarlari bilan allomaning yillik tarixga yakun yasagan va uni yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan. XVII asrga qadar Ovropa mamlakatlarida tibbiyotning asosiy qo‘llanmasi bo’lib xizmat qilgan 5 kitobdan iborat “Qonun” asari turadi.
Ibn Sino kasalliklarning sabablarini aniqladi, xalq tabobatidan foydalanib, yangi- yangi dori - darmonlar kashf etdi.
Topshiriq.
Matnda uchragan qiyin va notanish so‘zlar lug‘atini tuzing.
Matnda uchragan kelishik qo‘shimchalar qo‘shilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing va tahlil qiling.
Matnni lug‘at yordamida rus tiliga tarjima qiling.
|