3 – topshiriq. Quyidagi so‘zlarga egalik affikslarini qo’yib gaplar tuzing.
Maktab, oila, bog’, Vatan, hovli.
4 – topshiriq. Quyidagi parchani o’qing va undagi egalik qo‘shimchalarini aniqlang.
U dori mening tarjimai holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi. Vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham … o‘sha bilan bog‘liq. Usiz o‘tmishim yo’q… Shunaqa bo‘larkan-da hayot!.. Iltimos, to‘xtating… Anavinga qarang! Yo’l yoqasiga! Ajriqzorgayam sepishibdi-ku? Sap-sariq bo’lib yotibdi!
5 – topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo’yib gaplarni o’qing va ko‘chirib yozing.
1. Men u… kutubxonada ko‘rdim. 2. Nodiradan olgan “O‘zbek tili” kitobi … menga berib tur. 3. Akam do‘stlari … o’zining tug‘ilgan kuniga taklif qildi. 4. Ikkovi …. men o’quv zalida ko‘rdim. 5. O‘zbek tili … biz qunt bilan o‘rganmoqdamiz. 6. Bu yil yozgi ta’til … qishlog‘imda o‘tkazmoqchiman. 7. Institutga kelgan mehmonlar…. Yaxshi kutib oldik. 8. Chimyonga chiqish… dam olish kuniga qoldirdik.
INSON ODOBI BILAN
SIFAT VA UNING DARAJALARI. SIFATNING OTLASHISHI
INSON ODOBI BILAN
Bolajonlik – xalqimizga xos azaliy odat. Oilada farzand tug‘ilishi ota-onalarga ham, qarindosh-urug’ va yaqin kishilarga ham zo’r quvonch baxsh etadi. Yangi “mehmon” sharafiga boshlangan xursandchilik ancha kungacha davom etadi. Kelgan kishilar uy egalarini yangi “mehmon” bilan qutlab, “Katta bo‘lsin”, “Baxtini ko‘ring”, “Aqlli-xushlikkina bo‘lsin” degan yaxshi istaklar bilsdirishadi.
Ota-ona farzandiga yaxshi niyat bilan ism qo’yadi, shu kundan uning kelajagi, baxtini o’ylaydi. Farzandni ahloq-odobga o‘rgatish, o‘qitish, kattaroq bo’lganda biror kasb-hunar egasi bo‘lishga g’amxo‘rlik qilish ota-onaning burchidir.
Bolani kasb-hunarga o’rgatishda qadimdan “ota kasb – ona rasm” naqliga qattiq rioya qilingan. Shunga ko‘ra o‘g‘il bola bolalik chog‘idanoq ota yonida dastyorlikka o‘rgatiladi, ota hunarini egallagan, qiz bola esa ona rasmini tutgan…
|