|
O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)
|
bet | 18/70 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #255315 |
Bog'liq O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsi1-topshiriq. Berilgan sifatlarning qiyosiy va orttirma daraja shakllarini yozing. Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Sariq, qizil, kamtar, sahiy, toza.
2-topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. O‘lkamizda sahiy kuz davom etmoqda. 2. Oq oltindan baland-baland xirmonlar uyulmoqda. 3. Tonggi sukunatni qushlarning chug‘ur-chug‘urigina buzardi. 4. Bayramga bag‘ishlangan devoriy gazetalar tanlovida biz g'olib bo’ldik.
3-topshiriq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
Сегодняшний, вчерашний, прошлогодний, завтрашний, вечерний, утренний, осенний, хмурый, грустный, веселый, беспечный.
SIFAT DARAJALARI
|
Sifat darajalari
|
Ma’nosi
|
Sifat darajalarini ifodalovchi vositalar
|
Misollar
|
1
|
Oddiy daraja
|
Belgining ortiq-kamlikka munosabati ifodalanmaydi
|
-
|
Yaxshi, shirin, baland
|
2
|
Orttirma daraja
|
Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini ifodalaydi
|
Fonetik vosita: bosh bo‘g‘inni sifat oldidan takrorlash
|
Sap-sariq, to‘ppa-to‘g‘ri, qip-qizil
|
urg‘u
|
Bala:nd, no:rdon, a:chchiq
|
Leksik vosita: juda, g‘oyatda, nihoyatda, behad
|
g‘oyatda katta, juda kichik, nihoyatda go‘zal, behad xursand
|
3
|
Ozaytirma daraja
|
Belgining mo‘ljaldan kamligi, kuchsizligini ifodalaydi
|
Leksik vosita: sal, bir oz, xiyol
|
Sal achchiq, bir oz achchiq, xiyol achchiq
|
Morfologik vosita: -roq, -mtir(-imtir), -ish
|
Kattaroq, kichikroq, sarg‘imtir, ko‘kimtir, sarg‘ish, ko‘kish
|
|
| |