SAN’AT VA UNING TURLARI. O‘ZBEK SAHNA USTALARI
OLMOSH VA UNING TURLARI
SAN’ATNING SIRLI OLAMI
Biz rasmlar va haykallarni tomosha qilamiz, simfoniyalarni tinglaymiz, roman va she’rlarni o‘qiymiz, muhtasham binolarga zavq bilan tikilamiz, raqqoslar o‘yinini, spektakl va kinofilmlarni ko‘ramiz. Bu turli-tuman hodisalarning hammasi uchun to’liq baho bera olmaydi. Haykal va kuylar, rasm va dostonlar, raqs va kinofilmlar, spektakl va saroylarning xoshiyasi san’atning bir xil turlariga old asarlardir. Bu turlarning ko’plari qadim zamonlarda, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida paydo bo’lgan. Agar biz “madaniy qoloq” xalqlar yashaydigan biror orol yoki o’rmonga borib qolsak, u yerlarda ham turli-tuman yog‘och va loydan yasalgan oddiy haykallarni, har xil raqslarni ko’ramiz, ko‘pgina qo’shiq va ertaklarni eshitamiz. Demak, san’atning qachon va kim tomonidan vujudga keltirilgani haqida aniq bir narsa deyish qiyin.
San’at turlari nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot uning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko’zda tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo’llar bilan erishadi. Masalan, raqs harakatlar, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg‘unligiga tovushlarning hissiy ifodasiga bog‘liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o‘zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Fikr ifodalashda rassomga bo‘yoq va mo‘yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, yog’och, metall)ga ishlov berish orqali go’zallik yaratadi. Adabiyot esa bu san’atlardan so’zning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi.
ABROR HIDOYATOV
Taniqli xalq artisti Abror Hidoyatov 1900- yilda Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ildi.
1918- yilda Mannon Uyg’ur rahbarligida milliy teatr tashkil etildi. Bu teatr keyinchalik Hamza nomli o‘zbek davlat drama teatri deb ataldi. Abror Hidoyatov mana shu teatrda ishladi.
1924- yilgacha yosh teatr xalqqa bir qancha spektakllar ko’rsatdi. Abror Hidoyatov bu spektakllarda bosh rollarni o‘ynaydi.
1924 yili Moskvada o’zbek studiyasi tashkil qilindi. Studiyada o’qish uchun bir necha talantli artistlar yuborildi. Ular orasida A.Hidoyatov ham bor edi. Studiyada atoqli san’atkorlar ma’ruza va mashg‘ulotlar olib bordilar. Bu Abror Hidoyatovning bilimini va artistlik mahoratini oshirdi.
Talabalar 1920-yili o’qishni tugatib, O‘zbekistonga qaytib kelishdi. Bu iste’dodli yosh artistlar teatr mavqeining kundan-kunga o’sishida va uning rivojlanishida katta rol o’ynaydilar.
1935 yili Hamza nomli teatr jamoasi “Hamlet” spektaklini sahnaga qo’ydi. Abror Hidoyatov Hamlet obrazini yaratdi. Bu spektakl xalq orasida katta muvaffaqiyat qozondi.
O‘zbekistonda Hamza Hakimzoda Niyoziy vafotining 10 yilligi kunida teatr “Boy ila xizmatchi” dramasini qo’ydi. Abror Hidoyatov bu spektaklda G‘ofur rolini mahorat bilan o’ynadi.
1941 yilda iste’dodli aktyor Abror Hidoyatov “Otello” spektaklida Otello rolini o‘ynadi. Bu spektakl orqali Abror Hidoyatovning nomi butun dunyoga ma’lum bo‘ldi.
1946 yilda Abror Hidoyatovga xalq artisti unvoni berildi. Abror Hidoyatov 1948 yilda “Alisher Navoiy” spektaklida Navoiy rolini o‘ynadi.
Abror Hidoyatovning mehnati hukumatimiz tomonidan yuqori baholandi. U 1949 yilda Davlat mukofotini olishga sazovor bo’ldi.
Abror Hidoyatov bir qancha orden va medallar bilan mukofotlangan. Xalqimizning buyuk san’atkori Abror Hidoyatov 1957 yilda bevaqt vafot etdi.
|