|
O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)
|
bet | 23/70 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #255315 |
Bog'liq O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsi1-topshiriq. O’zlik olmoshini kerakli shaklda qo‘llab, gaplarni ko‘chiring.
1. … er bilsang, o‘zgani sher bil(maqol). 2. …. uying – o‘lan to‘shaging (maqol). 3. … chiqqan baloga, qayga boray da’voga (maqol). 4. Salimaning … ham shu institutda o‘qiydi. 5. … qadrini bilmagan, o‘zganing ham qadrini bilmaydi.
2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli kishilik olmoshlarini qo‘yib, gaplarni ko’chiring.
1. … sport bilan shug‘ullanasanmi? 2. … qayerda o‘qiydi? 3. … kecha Moskvadan keldi. 4. … - faol yoshlarmiz. 5. Samarqandda qachon bo’lgansiz?
6. … bizning do‘stlarimiz.
3-topshiriq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
1. Вчера в театре я видела этого молодого человека. 2. Я хотел познакомиться с этим ударником труда. 3. У этого опытного механизатора трудная, но почетная работа. 4. Эта картина нарисована молодым художником. 5. За тем полем – сад нашего хозяйства. 6. Мне нужно сходить в тот сад. 7. В этом саду много яблонь.
4-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib o’qing.
1. Har kim … ixtiyori o‘zida. 2. Har biri … faol faoliyat talab qilinadi.
3. Har biri … oyda bir kundan hashar qilishdik. 4. Har biri … 3 tadan savol tushdi.
5. Hamma … bir yoqadan bosh chiqarib ishladik. 6. Mehnat qilish barcha … barobar. 7. Bayramga hamma … keldik.
O‘ZBEK SHOIRALARI
O‘ZBEK TILIDA FE’L. FE’L SHAKLLARI
NODIRA
O’zbek xalqining buyuk shoirasi Mohlaroyim Nodira 1791-1792 – yillarda Andijon hokimi Rahmonboy oilasida tug’ildi.
Nodira yoshligidanoq o‘zining oqilaligi va shoirona iste’dodi bilan Farg’ona vodiysida shuhrat qozongan edi. 180 – yilda Qo’qon xoni Umarxon unga uylandi.
Shoira klassik adabiyotning buyuk vakillari: Firdavsiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Boburlarning she’riyat sirlarini o’rgandi, fors- tojik tilida ham she’rlar yozib, katta ijodiy meros qoldirdi. Nodiraning o‘zbek tilidagi mukammal devoni ham fanga ma’lum.
Zamonasining ilg’or, mutafakkir shoirasi Nodira ilmni ulug’laydi, madrasa, maktab, kutubxona qurdirdi. Olimlar, hunarmandlarga homiylik qilib, ilm va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
Nodira inson va muhabbat, vafo va sadoqatni ulug’laydi.
Shoiraning g’azallarini xalqimiz yuz yildan ortiqroq davrdan buyon sevib o’qib, kuylab kelmoqda.
UVAYSIY
Jahon otin Uvaysiy lirik she’rlaridan iborat devon va bir necha dostonlar sohibasi bo’lgan o‘zbek shoiralaridandir.
XIX asrdagi tazkira va tarixiy asarlarida shoiraning asli marg’ilonlik bo’lib, Qo’qonga keyinchalik kelib qolgani hamda shoh saroyida Nodira bilan yaqin tutinib, bir necha muddat shu yerda yashaganligi aytiladi.
Jahon otin 60 yildan ko’proq umr ko’rgan. Uning qo’lyozma devonlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondlarida va Andijon Davlat pedagogika instituti fondlarida saqlanadi.
Shoiraning Navoiy, Fuzuliy g’azallariga bog’langan muhammaslari, naziralari, Bedil she’rlariga tatabbu’lari Uvaysiy iste’dodi balog’atidan dalolat beradi. Uning ijodida insonni e’zozlash, tabiat noz-ne’matlaridan bahramand bo’lishga undash, do’stlik, vafo, sadoqatni ulug’lash kabi motivlar kuylanadi.
Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Uvaysiy uzoq vaqt muallimalik qilgan. Shoira talabalari uchun tez fikrlash, chiroyli so’zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog’liq bo’lgan chiston-topishmoqlar yaratgan. Uning anor haqidagi chistoni Uvaysiy ijodining yorqin bir sahifasi sifatida ko’zga tashlanadi.
Ul na gumbazdir eshigi, tuynigidin yo’q nishon?
Necha gulgun po’sh qizlar anda aylabdir makon?
Sindirib gumbazni, qizlar holidan olsam xabar.
Yuzlarida parda tortig’liq turarlar - bag‘ri qon.
Uvaysiy merosi o‘zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan yillar, asrlar davomida yashab kelmoqda. Shoira she’rlari bugungi o’quvchilarimizga ham katta zavq bag’ishlaydi. Ular xalq orasida keng yoyilgan, Shashmaqom ohanglarida haligacha kuylanib keladi.
|
| |