|
O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)
|
bet | 62/70 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #255315 |
Bog'liq O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsiO’ZBEK XALQINING ASL FARZANDLARI
NUTQ USLUBLARI
Topshiriq. Matnni oqing.
SHAHIDLAR XOTIRASI MUQADDAS
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan barhayot siymolarga ehtirom ramzi sifatida poytaxtimizda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui bunyod etildi.
Bu yerda xalqimizning asl farzandlari bo'lgan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon kabi yuzlab ulug' zotlarning ruhi poklari yod etiladigan bo'ldi. Qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elat vakillari bor edi.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlariday: "Aslida biz qo'Iga kiritgan mustaqilligimiz mohiyati, o'zligimizni anglab, o'z taqdirimizni o'z qo limizga olib millatimizning qadr-qimmatini, uning sha'ni va g'ururini tiklab, asriy adolatni qaror toptirish va xalqimizning obro'-e'tiborini yanada yuksaltirish, demakdir.
Biz bugun shu tabarruk ziyoratgohda turib, ozod va erkin Vatan uchun jon bergan shahidlar ruhi oldida bosh egib, ularga o'z hurmat- ehtiromimizni bajo keltiramiz.
Vatanimiz o'g'il-qizlari bu tabarruk insonlar qoldirgan merosni o'rganadilar va ularning nomini qalblarida doimo saqlaydilar.
1-topshiriq. Matnni o'qing va ras tiliga tarjima qiling.
USMON NOSIR
Usmon Nosirning ijod davri sakkiz - to'qqiz yilgina davom etdi. Uning bizga ma'lum asarlari mana shu yillar ichida, ya'ni shoirning 16 yoshdan 25 yoshgacha davrida yaratildi. Shu yillar ichida u bir necha she'riy to'plam: "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Yurak", "Mehrim", "Atlas", "Zafar", "So'nggi kun", "Dushman" kabi dramalarini yozdi.
Usmon Nosir badiiy tarjima sohasida ham o'z mahorati va nozik poetic didini namoyish eta oldi. U N.D.Dobrolyubovning "Haqiqiy kun qachon keladi", Pushkinning "Boqchasaroy fontani", M.Yu. Lermontovning "Iblis" kabi asarlari va bir qancha she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qildi. Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko'pgina namunalarni o'zbek kitobxonlari Usmon Nosir tarjimasida o'qidilar. Bu tarjimalar o'zbek adabiyotining tarjima asarlari orasida shohona namunalar bo'lib qoldi.
Shoir Turob To'la: "Usmon she'riyatga shamolday kirib keldi. Balki bo'ronday! U shunday to'polon va to'lqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi. Uni o'zimizda o'zbek Lermontovi, Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo bo'ldi", deb yozishdi", -degan edi.
Usmon Nosir ham ko'pchilik zamondoshlari kabi qatag'onga uchradi. U 1944- yil 24- martda Kemerovo oblastida vafot etadi va shu yerda Pervomaysk qishlog'ida dafn etiladi.
Bargdek uzulib ketsam,
Unutmas meni bog'im,
Ishimni hurmat qilar,
Gullardan haykal qo'yar,
She'rlarim yangrab qolar,
Ming yillardan keyin ham.
Unutmas, meni bog'im.
Ha, xalq o'zining sodiq o'g'lonlarini unutmaydi.
|
| |