XOTIRASIZ KELAJAK BO’LMAYDI
KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP
Mardlik – mangulik
Hech narsa hech qachon unutilmaydi.
Hech kimga bermaymiz Vatanimizni.
Bolam, hech bo'lmasin urush.
Hech kimning hech qanday da'vosi yo'q.
Xotira va qadrlash kuni
Xotira tabiatning faqat insongagina in'om etgan noyob xislatidir. Inson ko'rgan, eshitgan yoki his qilgan narsasini hech qachon esidan chiqarmaydi. Insonning e'tiboriga tushgan hech bir narsa izsiz yo'qolmaydi, narsa-buyumlar, tasvir, yozma yodgorlik yoki og'zaki ijod orqali avloddan avlodga o'tadi, tarix sahifalarida xotira sifatida saqlanib qoladi. Xalqimiz, ayniqsa, insonlar uchun yashagan, ularning kelajagi uchun jonini fido qilganlarni hech qachon unutmaydi. Mustaqil davlatimizda Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilingan 9-mayda ana shunday insonlar xotirlanadi.
Mardlik haqida
Mardlik eng yuksak fazilatdir. Dono xalqimiz bisotida mardlik va nomardlik haqida oltinga teng hikmatli so'zlar bor. Masalan: Mard bilan gurunglashgan mard bo 'lar, Nomard bilan hiringlashgan part bo 'lar.
Bu hikmatli so'zlardan shunday xulosa qilish kerakki, hech qachon nomard bilan hamsuhbat bo'lmaslik, nomardga hech nima bo'yicha murojaat etmaslik kerak.
topshiriq. «Mardlik haqida» matni asosida savollarga javob toping.
Mardlik va nomardlik haqida qanday hikmatli so'zlarni bilasiz?
Bu hikmatli so'zdan qanday xulosa chiqarish kerak?
Nomardlikning xususiyatlari qanday?
Mard qanday fazilatlarga ega?
Xuddi shunday do'st va dushman haqida qanday hikmatli so'zlarni
bilasiz?
Topshiriq. Matnni oqing.
|