|
O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)
|
bet | 59/70 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #255315 |
Bog'liq O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsishunday, -ki
natijada
|
Uch-to’rt yil ichida shunday obod bo’ladiki, natijada tanimay qolasiz. (Oybek.)
|
Shart ergash gapli qo’shma gap
|
n i m a bo’lsa?
|
-sa
|
Elning, yurtning baxti barqaror bo’lsa, saltanat ham bexatar bo’lur. (Oybek.)
|
To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap
|
n i m a b o’ l s a
h a m?
|
-sa ham
|
Qo’rg’onimiz kichik bolsa ham, ichida bir tup o’rigi bor. (Oybek.)
|
1-topshiriq. Berilgan sodda gaplardan shuning uchun, chunki ergashtiruvchi bog’lovchilari yordami bilan ergashgan qo’shma gaplar tuzib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying. Ergash gaplarning tagiga chizing.
1. Biz o’z Vatanimizni sevamiz. Uning tarixini yaxshi bilmog’imiz lozim.
2. Karim chet tilidan “5” baho oldi. U darsga puxta tayyorlangan edi. 3. Biz o’tqazgan ko’chatlar juda tez o’sdi. Ularni yaxshi parvarish qilib turdik.
2-topshiriq. Nuqtalar o’rniga bosh gap mazmuniga mos ergash gapni qo’shib yozing. Ergash gapning turini belgilang.
1. Shunisi ajablanarliki,… . 2. Kim rostgo’y, mehnatsevar bo’lsa,… . 3. Har kimki vafo qilsa, … . 4. Kimdakim qanoatli va sabr-toqatli bo’lsa, … .
3-topshiriq. Nuqtalar o’rniga gaplarning mazmuniga mos ergash gap qo’shib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying, ergash gaplarning turini aniqlang.
1. Shuni unutmaslik kerakki… . 2. Maktab bog’iga o’tqazilgan ko’chatlarning bir tekis ko’karib turishidan sezdikki….
4-topshiriq. Unutmaylik, ayta olamiz, bilib qo’ying fe’llari bosh gapning kesimi bo’lib kelgan uchta to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap yozing.
|
| |