• KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP
  • 1-topshiriq.
  • JALOLIDDIN MANGUBERDI- XALQ QAHRAMONI




    Download 0,81 Mb.
    bet61/70
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #255315
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
    Bog'liq
    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsi

    JALOLIDDIN MANGUBERDI- XALQ QAHRAMONI

    Xalqimizning asl farzandi Jalo­liddin Manguberdining jasorati tariximizga zarhal harflar bilan bitilgan. Jaloliddin Manguberdi kelishmovchiliklar oqibatida Xorazm davlati darz ketganda ham, uning poytaxti Urganch Chingiz qo'shinlari tomonidan vayron etilganda ham Vatanini qutqarib qolishdek ezgu orzudan umidini uzmadi. Bu mardlik qarshisida lol qolgan Chingizxon hayrat ichida: "Mening to'rt o'g'lim bor. Qirqta o'g'lim bo'lganda ham birgina Jaloliddinga almashtirgan bo'lar edim", -degan edi. Jaloliddin qorachadan kelgan, o'rta bo'yli turk tilida so’zlashar edi. Otliq yigitlar ichida eng botiri bo'lib, adolatni sevar, yovuzlikni qoralardi. Jaloliddin nomi mustaqillik va ozodlik uchun kurashgan xalq qahramonlari qatorida turaveradi.


    KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP


    O’zgalarning hech o’zgarishsiz aynan berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Mаsalan: "Menga shafqat qiling, aziz birodarlar",- dedi Rahmat.
    Ko’chirma gap muallif gapi bilan bog’lovchi vazifasidagi demoq fe’lining deb (deya), degan shakllari orqali va bog’lovchisiz munosabatga kirishadi. Маsalan: "Yozgan asaring shumi?",-dedi muharrir.
    Kochirma gap yozuvda qo’shtirnoqqa olinib, birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Quyidagi ko’chirma va muallif gapidagi tinish belgilariga e’tibor bering.

    1. "Aziza, sog’liq qalay?" — deb so’radi Turg’un. ("Ko’chirma gap", muallif gapi.)

    1. Jamoa xo’jaligi raisi dedi: "Biz bu yil paxtadan mo’l hosil yig’ishtiramiz" (muallif gapi: "Kochirma gap".)

    1. "Mehnatni sev, - takrorlaydi onam, - mehnat kishiga baxt keltiradi" muallif gapi: "Ko’chirma gap", - muallif gapining davomi)

    (Чужая речь может передаваться как прямой, так и косвенной речью.)
    Чужая речь, которая воспроизводится дословно, с сохранением содержания, всех особенностей формы высказывания, называется прямой речью. Например: "Men badiiy аsarni sevib o’qiyman", dedi Dildora. — «Я люблю читать художественное произведение», — сказала Дилдора.
    Чужая речь, переданная от лица говорящего не дословно, а с сохранением лишь содержания высказывания, называется косвенной речью.
    Сравните:
    Прямая речь: "Mening bobom yer haydagan", — deb g’urur bilan javob berdi Bazarov. — "Мой дед землю пахал", — с гордостью отвечал Базаров.
    Косвенная речь: Bazarov g’urur bilan bobosi yer haydaganligini aytdi. Базаров с гордостью отвечал, что его дед землю пахал. (И.Тургенев).
    При замене прямой речи косвенной надо уметь правильно упот­реблять личные и указательные местоимения, а также лица глаголов с учетом того, что косвенная речь передает чужие слова от лица автора, а не от лица, которому принадлежит прямая речь. Вместо глаголов прямой речи (deb, dedi) в косвенной речи употребляются глаголы aytdi, gapirdi, so’radi и т.п.)


    1-topshiriq. Quyidagi ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantiring.

    1. Alisher Navoiy: "Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz", degan edi. 2. "Inson. — bu mag’rur jaranglaydi", — deb yozgan edi М.Gorkiy. 3. "Mardona, gaplashaylik", — dedi Nosir. 4. "Yodgor tog’am hamma vaqt bayroqdor bo’lganlar", — dedi Po’latjon. 5. Qalandarov bosh silkib: "Zulfiqorov yaxshi brigadir", — dedi. 6. "Rus bilan o’zbek qo’lni qo’lga bersa, har mushkul oson", — dedi Sakson ota.


    2-topshiriq. Quyidagi ko’chirma gaplarga muallif gapini qo’shib, ko’chirma gapli konstruksiyalar tuzing. Tinish belgilariga e’tibor bering.

    1. "Bilim — oltindan qimmat, qilichdan keskir, zambarakdan kuchli" (gruzin maqoli). 2. "Ilm insoniyat gavharidir", (А. Bedil) 3. "Oila farzanddan boshlanadi" (А.I.Gersen). 4. "Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor." (V.G.) 5."Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo’lib qoladi" (А.Ch.)



    Download 0,81 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




    Download 0,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    JALOLIDDIN MANGUBERDI- XALQ QAHRAMONI

    Download 0,81 Mb.