• “TARIX” fanidan oraliq nazorat uchun yozgan MUSTAQIL ISHI
  • Oʻzbekiston — Rossiya
  • Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzoq, tarixga EGA




    Download 141.5 Kb.
    bet1/4
    Sana01.11.2023
    Hajmi141.5 Kb.
    #92551
      1   2   3   4
    Bog'liq
    R. Ro\'zmetova Tarix Ozbekiston rassiya aloqalari
    Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    MAMUN UNIVERSITETI NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI



    “Psixologiya” (sirtqi ta’lim) yo'nalishi 1-bosqich 23.6 guruh talabasi Ròzmetova Ròzigulning “TARIX” fanidan oraliq nazorat uchun yozgan
    MUSTAQIL ISHI


    MAVZU: O‘zbekiston Respublikasining Rossiya bilan o‘zaro munosabatlari


    Bajardi: R. Ro’zmetova


    Qabul qildi:


    2023-2024 o’quv yili



    Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzoq, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarbalari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi.1464-yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490-yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.
    16-asrning 2-yarmi, 17—18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917-yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston — Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.
    20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004-yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003-yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikda huquqiy asosni yaratdi.2003-yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AQSH dollariga yetdi. OʻzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100 % boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, „Aeroflot“, „Avtovaz“, „Zarubejneftgaz“, „LUKoyl“, „Texmashimpeks“ va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan.Rossiyaning „Gazprom“ aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda „Oʻzbekneftgaz“ bilan „LUKoyl“ oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. . Ikki mamlakat fanlar akademiyasilari va ularning institutlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001-yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi („Roszarubejsentr“)ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan.

    Download 141.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 141.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzoq, tarixga EGA

    Download 141.5 Kb.