• I, III
  • Major va minor ladlar garmonik tizimi




    Download 485.05 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/16
    Sana28.02.2022
    Hajmi485.05 Kb.
    #18221
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    lad
    INFORMATIKADAN SAVOLLAR
     
    Major va minor ladlar garmonik tizimi. 
    Bu xildagi ladlar oktava hajmida bo‘lib, yettita pog‘onadan iborat. Ularda tonika 
    rolini quloqqa yokimli eshitiladigan uch tovushdan iborat ohangdoshlik 
    (garmoniya) bajaradi. Turg‘un tonika ohangdoshligini tashkil qiladigan I, III va 
    V pog‘onalar turg‘un pog‘onalar dеb hisoblanadi. Major ladida turg‘un 
    pog‘onalar – majorli ohangdohlikni, minorda – minorli ohangdoshlikni hosil 
    qiladi. Qolgan pog‘onalar – II, IV, VI va VII - noturg‘undir. Ular ham, o‘z 
    navbatida, noturg‘un ohangdoshlikka yig‘iladi:
    52 



    Ushbu garmonik tizim ohangdoshlikning ichidagi tovushlar munosabatlarini 
    hamda ohangdoshliklarning o‘zaro alokalarini uyushtirilgan holga kеltiradi. 
    Shuning uchun, noturg‘un tovushlar nafaqat tonikaga, balki uning ohangdoshligini 
    tashkil qiluvchi tovushlar (III, V pog‘onalar) ga ham intiladigan bo‘ldi. Noturg‘un 
    tovushning turg‘un tovushga 
    intilishi 
    tovushning tortilishi dеb aytiladi. 
    Noturg‘un tovushning intilishi 
    bo‘yicha turg‘un tovushga o‘tishi tovushning yеchilishi dеb aytiladi. 
     
     
     
     
    Ladning noturg‘un pog‘onalari tovushlar tortilishi tizimiga bo‘ysunib, 
    ko‘yidagicha yechiladi: 
    VII- pog‘ona faqat yuqoriga tortilib, I- pog‘ona, Tonikaga yechiladi. 
    VI- pog‘ona faqat pastga tortilib, V- pog‘onaga yechiladi. 
    II- va IV- pog‘onalar ikki tomonga qo‘shni turg‘un tovushlarga еchilishi mumkin. 
    Biroq, II- pog‘onaning tonikaga еchilishi, IV- pog‘onaning III- pog‘onaga 
    еchilishi tabiiyroqdir. Chunki, avvalom turg‘un pog‘onaning turg‘unlik darajasi 
    (III- pog‘onaga qaraganda I- pog‘onaning turg‘unlik darajasi yuksakroq), so‘ng 
    noturg‘un pog‘onadan turg‘un pog‘onagacha uzoq-yaqinligi e’tiborga olinadi.

    Download 485.05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 485.05 Kb.
    Pdf ko'rish