IV-BOB. ENHAT. ENHATNING TEXNIK VOSITALARI




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/116
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130014
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   116
Bog'liq
M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

 


75 
IV-BOB. ENHAT. ENHATNING TEXNIK VOSITALARI. 
4.1.Energiyani avtomatik qaydlov tizimlari 
Elektroenergetika sohasining hozirgi kundagi dolzarb muammolaridan biri 
elektr energiyasini uzatishdagi texnologik va ayniqsa tijorat isroflarini oshib 
borayotganligini aytish mumkin. Bu esa elektr energiyasiga to’lovlarni amalga 
oshirishda qo’shimcha qiyinchiliklarni tug’dirmoqda. Bu muammoni hal etishning 
samarali yo’llaridan biri elektr energiyasi real istemolini ko’rsatuvchi tezkor 
monitoring xizmatini tashkil etish hisoblanadi.
Elektr energetika ob`ektlari holatlarini nazoratini axborot tizimlarini tasnifi –
rasmda ko’rsatilgan. Bu tizimlar chiqish axborotini shakllanish tartibiga qarab
o’lchov – axborot tizimlari va tahliliy – axborot tizimlariga bo’linadi. 
O’lchov – axborot tizimlari asosan axborotni o’lchov va qayd qilish 
asboblaridan olib qayta ishlash orqali hosil qiladi. Bunday tizimlar asosan sanoatda 
korxona elektr energiyasini avtomatlashtirilgan o’lchov - axborot tijorat qaydlov 
tizimi shaklida tashkil etilgan.
Tahliliy – axborot tizimlari asosan elektr ta`minoti tizimida energiya 
samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlovchi kompyuter dasturlari majmuasi 
sifatida tashkil topgan. Tahliliy – axborot tizimlari energiya tejash bo’yicha 
muammoli vaziyat vujudga kelganda muammoni echimini aniqlab beradi. Buning 
uchun muammoni tavsiflovchi ma`lumotlar kiritilganda maxsus dasturlarda 
ma`lumotlar qayta ishlanib echimning samaradorlik ko’rsatkichlari aniqlab 
beriladi. 
Korxona elektr energiyasini avtomatlashtirilgan o’lchov - axborot tijorat 
qaydlov tizimi nafaqat qaydlovni amalga oshiradi, balki elektr energiyasi istemoli 
bo’yicha ma`lumotlarni qayta ishlab uzluksiz monitoringni tashkil etadi.
Oxirgi yillarda korxona elektr energiyasini avtomatlashtirilgan texnik 
qaydlov tizimi keng joriy qilinmoqda. Bu tizim korxona elektr ta`minoti tizimining 
barcha bosqichlarida raqamli hisoblagichlar o’rnatilib yagona avtomatlashtirilgan 
tizimga birlashtiriladi. Bu tizim asosan tijorat tizimi ko’rsatkichlarini tekshirish va 
korxonada energiya tejash tadbirlarini oqilona tashkil etish maqsadida tashkil 
etiladi. 
Avtomatlashtirilgan tahliliy – ma`lumotnoma tizimi asosan energiya tejash 
tadbirlari bo’yicha nazariy ma`lumotlar olish va kerakli ko’rsatmani olish uchun 
tashkil etiladi. Energiya tejash bo’yicha muammoni xarakterlovchi tayanch so’z 
kiritilganda avtomatik tarzda ushbu muammo echimiga oid ma`lumotlar izlab 
topiladi. Avtomatlashtirilgan o’lchov tahliliy – axborot tizimi o’lchangan qiymatlar 
va hisobiy qiymatlar asosida tahliliy ma`lumotlar hosil qilinadi.
Hozirgi paytda sanoat korxonalarida energiya iste`moli nazorati tizimni 2 
ko’rinishi mavjud bo’lib, bular: tijorat qaydlov tizimi (kommercheskiy uchet) va 
texnik qaydlov tizimi hisoblanadi . Bulardan tijorat qaydlov tizimi kengroq 
tarqalgan bo’lib, ko’pgina yirik sanoat korxonalarida o’rnatilgan. Bu tizim asosan 
elektr energiyasi to’lovlarini amalga oshirish uchun joriy etilgani uchun tijorat 
qaydlov tizimi deb yuritiladi.


76 
Bunday tizim vositasida korxonaning maksimum iste`mol quvvati nazorat 
qilinadi va asosiy to’lov stavkasi bo’yicha to’lovlarni kamaytirish imkoniyati 
yaratiladi. Bu tizimni joriy qilish bo’yicha salmoqli tajriba orttirilgan.
Texnik qaydlov tizimi korxonada elektr iste`molini ichki nazoratini o’rnatish 
uchun joriy qilinadi. Bu tizim majburiy bo’lmaganligi uchun nisbatan kam 
qo’llaniladi. Bu tizim ma`lumotlari asosida tijorat qaydlov tizimi ko’rsatkichlari 
tekshirilib boriladi. Bu tizim korxonaga energiyani kirish punktidan katta energiya 
iste`molchilarni o’z ichiga olgan barcha elektr ta`minoti bosqichlarini o’z ichiga 
oladi. 
Bu tizimlarni o’ziga xos xususiyatlarini sanab o’tamiz. Birinchidan, tijorat 
qaydlov tizimi yopiq tizim bo’lib, tizim dasturlariga faqat energiya sotish xodimiga 
ruxsat berilgan. Korxona energiya xo’jaligi xodimlari faqat ma`lumot olish 
huquqiga ega. Texnik qaydlov tizimi esa korxona energiya xo’jaligi to’la ixtiyorida 
bo’ladi. Tizim tuzilishini, dasturlarini va vositalarini energiya iste`molini 
boshqarish uchun o’zgartirishi mumkin. Tizimga elektr energiyasi iste`molini 
rostlash vositalarini kiritib energiya tejash tadbirlarini tashkil etilishi mumkin. 
Ikkinchidan: tijorat qaydlov tizimi faqat axborot tizimi bo’lib, uni qo’llashdan 
asosiy maqsad maksimum yuklama paytidagi elektr energiyasiga to’lovni 
aniqlashdir. Texnik qaydlov tizimi esa elektr energiyasi iste`moli jarayonlarini 
boshqarish imkoniyatini beradi. Markaziy kompyuterda o’tirgan dispetcher yoki 
avtomatik tarzda energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan energiya iste`molini 
boshqarilib turiladi.
Uchinchidan: tijorat qaydlov tizimi faqat korxonaga kirishdagi energiya 
iste`molini nazorat qiladi. Texnik qaydlov tizimi esa korxona elektr ta`minoti 
tizimining barcha bosqichlaridagi energiya iste`molini nazorat qilish imkoniyatini 
yaratadi. Xulosa shuki, energiya resurslarni tejash imkoniyatlarini texnik qaydlov 
tizimi ko’proq ta`minlaydi. 
Elektr istemoli muammolari echimiga kompleks yondashuv, hamda
matematik uslublar va hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish elektr 
energiyasi istemoli bo’yicha uzluksiz energiya samarador nazorat tizimlarni 
yaratish imkonini berdi. Bu tizimlarni takomilashtirish yangi bosqichdagi ko’p 
funktsiyali tizimni korxona elektr energiyasini avtomatlashtirilgan o’lchov - 
axborot tijorat qaydlov tizimini (AIIS KUE yoki EEAO’ ATQ) vujudga keltirdi.
EEAO’ ATQ – elektr energiyasi ulgurji bozorida tijorat qaydlov tizimini
umumiy boshqaruv tizimini amalga oshiruvchi, o’lchash, ma`lumotlarni yig’ish, 
qayta ishlash va saqlash funktsiyalarini bajaruvchi o’lchov – axborot 
komplekslarini umulashmasidan iborat ierarxik tuzilmadan iborat tizim 
hisoblanadi.
EEAO’ ATQ quyidagi elementlardan tashkil topgan :
–elektr uskunaning axborot – hisoblash majmuasi (EUAHM) – o’lchash 
ob`ektlarining holatini diagnostika qilish masalalariga qaratilgan va zaruriy 
axborotni ta`minlovchi funktsional bog’langan dasturiy, axborot va texnik 
vositalardan iborat majmuaga aytiladi.
– axborot – hisoblash majmuasi (AHM) – EUAHMdan va elektr energiyasi 
ulgurji bozori sub`ektidan keladigan o’lchash ob`ektlarining holatini diagnostika 


77 
qilish masalalariga qaratilgan va zaruriy axborotni ta`minlovchi funktsional 
bog’langan dasturiy, axborot va texnik vositalardan iborat majmuaga aytiladi.
- qaydlovning axborot – hisoblash majmuasi (AHM) – o’lchash nuqtasidagi 
elektr energiyasini qayd etishni dasturiy –texnik vositalari funktsional 
birlashtirilgan majmuaga aytiladi. Bu erda o’lchanadigan fizik kattaliklar 
to’g’risidagi miqdoriy ma`lumot shakllanadi va va signallarga aylantiriladi.
Qaydlovning axborot – hisoblash majmuasi o’lchovning yakuniy nuqtasi bo’lib va 
metrologik meyyoriy tavsifiga ega bo’ladi. 
Elektr energiyasini avtomatlashtirilgan o’lchov - axborot tijorat qaydlov 
tizimidan (AIIS KUE yoki EEAO’ ATQ) elektr energiyasini avtomatlashtirilgan 
tijorat qaydlov tizimini (ASKUE yoki EAGQT) afzalliklari quyidagilar: 
– tijorat va texnik isroflar manbalarini aniqlash; 
– elektr energiyasini taqsimlanishi bo’yicha tezkor ma`lumotni olish; 
– elektr energiyasi istemolini tahlili va istiqboliy rejalash;
– elektr energiyasidan oqilona foydalanish.
Energiya resurslar sarfini qayd qilish tizimini tahlil qilish natijalari shuni 
ko’rsatmoqdaki, elektr energiyasidan oqilona foydalanishga xalaqit beruvchi 
omillardan biri korxona ichki nazorat tizimining yo’qligi yoki takomillashtirish 
zaruriyati hisoblanadi. 
Elektr energiyasini avtomatlashtirilgan o’lchov - axborot tijorat qaydlov tizimidan 
(AIIS KUE yoki EEAO’ ATQ) elektr energiyasini avtomatlashtirilgan tijorat 
qaydlov tizimini (ASKUE yoki EAGQT) afzalliklari quyidagilar: 
– tijorat va texnik isroflar manbalarini aniqlash; 
– elektr energiyasini taqsimlanishi bo’yicha tezkor ma`lumotni olish; 
– elektr energiyasi istemolini tahlili va istiqboliy rejalash;
– elektr energiyasidan oqilona foydalanish.
Energiya resurslar sarfini qayd qilish tizimini tahlil qilish natijalari shuni 
ko’rsatmoqdaki, elektr energiyasidan oqilona foydalanishga xalaqit beruvchi 
omillardan biri korxona ichki nazorat tizimining yo’qligi yoki takomillashtirish 
zaruriyati hisoblanadi. 
Energiya tejash bo’yicha axborot tizimga elektrotexnik hisoblashlar bo’yicha 
qo’yidagi talablar qo’yiladi: 
-energiya sarfi va isroflar bo’yicha hisoblashlar elektr ta`minoti bosqichlari 
bo’yicha qat`iy izchillikda bajarilishi lozim; 
-elektr energiya sarfi va isrofi elektr uskunalarni texnologik jarayondagi ishtiroki 
(asosiy texnologik, yordamchi ishlab chiqarish, o’z ehtiyoj vash .o’.) bo’yicha 
alohida elektr ta`minoti bosqichlari bo’yicha hisoblanishi lozim; 
-bir xil shartlar asosida bajarilgan bir necha variant natijalarini bir vaqtda chiqarish 
va tahliliy ma`lumotlar jadvallarini shakllantirish;
-ma`lumotlar bazasi jadvallari o’rtasidagi bog’lanishlarni ta`minlovchi 
dasturlardan foydalanish.
Elektr energiyasini avtomatlashtirilgan texnik qaydlov tizimi (EEATQT) 
elektr ta`minoti tizimiga xizmat ko’rsatishda “inson omili” orqali yuzaga keladigan 
nosozliklarni bartaraf qiladi. Bu tizim avvalo elektr energiyasi istemolini elektr 


78 
istemolchigacha bo’lgan barcha bo’g’inlarida taqsimlanishini aniqlab beradi. Tizim 
elektr energiyasi taqimotini quyidagi sohalar bo’yicha ajratib beradi: 
• Ishlab chiqarishni asosiy va yordamchi tarmoqlari bo’yicha; 
• Texnologik jarayon bo’yicha; 
• Elektr tarmoqlarda elektr energiyasi isrofini aniqlash; 
• Quvvatlar nobalansini aniqlash va tijorat isroflarini hisoblash; 
• Texnologik, tsex va korxona bo’yicha mahsulot birligiga solishtirma 
energiya sarfini aniqlash; 
• Energiya tejash tadbirlarini tashkil etish va uni bajarilishini nazorat qilish; 
EEATQT elektr ta`minoti tizimidagi quyidagi funktsiyalarni avtomatlashtirish 
imkonini beradi: 
• Elektr ta`minoti tizimi pog’onalari hamda shahobchalari bo’yicha aktiv va 
reaktiv energiyasi istemolini qayd qilish; 
• Berilgan vaqt oralig’i bo’yicha (oy, hafta, sutka, smena va sh.o’.) ishlab 
chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma`lumotni taqdim etish; 
• Elektr energiyasi istemolini prognozlash va rejalashtirish; 
• Quvvat koeffitsientini o’lchash; 
• O’rtakilashgan qiymatlarni aniqlash (masalan, talab qilingan quvvat); 
• Qaydlov hisoblagichlarni ish holatini nazorat qilish; 
• Elektr energiyasi istemoli rejimlarini tahlil qilish va optimallash; 
• Elektr energiyasi sifati ko’rsatkichlarini nazorat qilish; 
• Qaydlov ma`lumotlarini uzoq muddatga saqlash; 
• Energetik uskunalarni samaradorligini tahlil qilish; 
Energiya va resurslardan oqilona foydalanish uchun energiya xo’jaligi 
rahbariga qanday ma`lumotlar zarur bo’ladi: 
-har bir tsex, yoki yirik istemolchi bo’yicha sutkali quvvat istemoli grafiklari; 
-energiya istemolchilari guruhlari bo’yicha (texnologik, yordamchi, 
kommunal- maishiy, o’z ehtiyoj) eneriya istemoli bo’yicha ma`lumotlar; 
-elektr energiyasi sifati ko’rstakichlari bo’yicha ma`lumotlar; 
-korxona bo’yicha umumiy istemol grafiklari va energetik ko’rsatkichlar; 
-mahsulot birligiga sarflanayotgan texnologik, tsex va korxona bo’yicha 
enregiya sarflari; 
-energiyadan foydalanish samaradorligini belgilovchi tahliliy ma`lumotlar va 
uslubiy ko’rsatmalar. 
Bunday tizimlarni joriy etish yuqori samaradorlikni ta`minlashiga qaramasdan 
Respublikamizda bunday avtomatlashtirilgan uzluksiz nazorat tizimlari hali juda 
kam korxonalarda qullanilmoqda. Buning asosiy sababi, bunday tizimlarni joriy 
qilish juda katta sarf-xarajatlarni talab qiladi.

Download 5,14 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   116




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  IV-BOB. ENHAT. ENHATNING TEXNIK VOSITALARI

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish