79
iste’mol qilingan elektr energiyani hisobga olish bilan birga, ushbu
axborotni energiya ta’minoti tashkilotining dasturiy-texnik kompleksiga
uzatadigan moslama o‘rnatilga. Bunday hisobga olish priborlari
energetika korxonalari, yangi qurilayotgan sanoat ob’yektlari va
fuqarolar xonadonlariga o‘rnatilmoqda.
Avtomatlashtirilgan hisobga olishning yagona tarmog‘i,
hukumat
qarori doirasida, 10 ta issiqlik elektr stansiyasi, elektr tarmoqlarining 14
ta hududiy korxonasi, oltita gidroelektr stansiya kaskadi va magistral
elektr tarmoqlar korxonasi“O‘zelektrtarmoq”dagi 31 ta axborot to‘plash
markazini o‘z ichiga oladi.
“O‘zbekenergiya” davlat aksiyadorlik kompaniyasida ayni paytda
barcha issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy, ko‘p funksiyali elektrn
hisobga olish priborlari o‘rnatilgan. Har bir Ob’yektda 20 tadan 100
tagacha shunday pribor bor. Ular bir nuqtada birlashtiriladi.
Keyin
stansiyadan asosiy respublika markaziga axborot uzatish uchun sharoit
yaratiladi.
Energiya – saqlab qo‘yiladigan, jamg‘ariladigan tovar emas. Qabul
qilinadigan va qo‘shni mintaqalarga tarmoqlar bo‘yicha yetkazib
beriladigan elektr energiyasi oqiminianiqlaydigan zamonaviy hisobga
olish priborlari elektr tarmoqlari hududiy korxonalari tomonidan
viloyatlar
chegaralarida
o‘rnatilmoqda.
Ularni yagona tizimga
birlashtirish uchun baza yaratilmoqda va bu inson omilini istisno qilgan
holda, masofadan turib nazorat qilish hamda iste’mol qilingan elektr
energiyasini aniq hisobga olish imkonini beradi. Elektr tarmog‘i
hukumat qarori asosida elektr bilan ta’minlovchi korxona tomonidan
iste’molchilardan pul yig‘ish vakolatiga ega bo‘lgan xususiy operatorga
beriladi.
Tizim har bir elektr uzatish liniyasi bo‘yicha muayyan vaqt
davomida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdorini o‘lchash va
qabul qilingan hamda iste’molchilarga
yetkazib beriladigan elektr
energiyasi nisbatini nazorat qilish imkonini beradi. Loyihani amalga
oshirish xarajatlarini kamaytirish va uskunalarni xarid qilish uchun
ketadigan valyuta mablag‘larini tejash maqsadida o‘rnatilgan elektrn
hisobga olish priborlari, «ORGRES» ochiq aksiyadorlik jamiyati
tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlar to‘plash
va uzat ish hamda
dasturiy ta’minot qurilmasi bazasida avtomatlashtirilgan tizimni yaratish
amalga oshirilmoqda.
«O‘zbekenergiya» davlat aksiyadorlik kompaniyasining elektr
energiyasini avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlarini joriy etish
hisoblagichlarning
aniqligi,
sezuvchanligini
oshirishi,
elektr
energiyasidan noqonuniy foydalanish va haq to‘lamasdan iste’mol
qilishning oldini olishibilan yo’qori samara berishini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda
avtomatlashtirilgan
tizim
to‘liq joriy etilgach,
qo‘shimcha hisobga olinadigan elektr energiyasining yillik miqdori
80
xonadonlar bo‘yicha qariyb 2 milliard kVt/soatni, xo‘jalik subyektlari
bo‘yicha esa 1 milliard kVt/soatni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Muxtasar
aytganda, elektr energiyasini avtomatlashtirilgan hisobga
olish tizimini joriy etish tufayli O‘zbekiston Respublikasining «Elektr
energetikasi to‘g‘risida»gi qonuni talablari asosida elektr energiyasini
samarali sotish uchun qulay shart-sharoit yaratiladi.
Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda
Elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish
priborlari uy-joy egasi tomonidan sotibolinadi,
uning hisobiga davlat
qiyoslashidan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektr
tarmoqlari korxonasiga topshiriladi. Hisobga olish pribori uy-joy yoki
xonadon egasining buyurtmanomasiga binoan bir hafta muddatda, uning
ishtirokida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan
o‘rnatiladi. Maishiy iste'molchilarda mavjud bo‘lgan
hisobga olish
priborlarini almashtirish hamda Elektr energiyasi iste'molini hisobga
olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan
elektr energiyasini elektron hisobga olish priborlarini o‘rnatish
(yangidan ulanadigan iste'molchilardagidan tashqari) hududiy elektr
tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.