CE201
R8 To’rttariflibirfazalielektrenergiyasihisoblagichi,
ma'lumotlarningrakamliuzatilishlariIrDA-port,
optoportlarorqaliamalgaoshiriladi.
CE201 S7 aniqlik sinfi 0,5 kuchlanishi 57,7:230V
Nominal tok 5-7,5 A 5-60A 5-100A Interfeys 232,
485. Tarmoqda o‘lchash parmetrlari, elektr
energiyasini o’g’irlashdan himoya qiladi.
DDS541-DDS531 aniqlik sinfi 0,5 kuchlanishi
57,7:230V Nominal tok 5-7,5 A 5-60A 5-100A
Interfeys 232, 485. Tarmoqda o‘lchash parmetrlari,
elektr energiyasini o’g’irlashdan himoya qiladi.
EX541-EX531 aniqlik sinfi 0,5 kuchlanishi
57,7:230V Nominal tok 5-7,5 A 5-60A 5-100A
Interfeys 232, 485. Tarmoqda o‘lchash parmetrlar i,
elektr energiyasini o’g’irlashdan himoya qiladi.
83
Alfa 1800 Yukori aniqlikdagi Alfa A1800 elektr
hisoblagichi o’lchash chipi ALPHA® texnologiyasi
bazasida yaratilgan ishlash ishonchilig yo’qori
bo’lgan elektr energiyasining hisoblagichi.
Alfa 1140 Uch fazali mikroprotsessorli, aniqlik
sinfi 1, kuchlanishi 3x57/100, 3x230/400, 3x100,
3x230, +/-20, Nominal tok 1(2),5(6),5(10), Interfeys
RS-232. Ishlash temperaturasining ...
SE 303 r33 aniqlik sinfi aktiv/reaktiv energiyaini
o’lchashda 0,5S/0,5; 1/1, kuchlanishi 3x230/400,
Nominal tok 5(10);5(60);5(100);10(100), Interfeys
optikport, EIA485, IK-porta IrDA1.0.
SE 303 s31 aniqlik sinfi aktiv/reaktiv energiyaini
o’lchashda 0,5S/0,5; 1/1, kuchlanishi 3x57,7/100;
3x230/400, Nominal tok 5(10);5(60);5(100);10(100),
Interfeys optikport, EIA485, EIA232, radiomodem,
PLC-modem, IK-porta IrDA1.0.
NEYRON aniqlik sinfi
aktiv(GOSTR 52322): 1,reaktiv (GOST 52425): 2,
Nominal (maksimal) tok 5(50) va 5(7,5)A, Interfeys
232, 485. radiomodem, PLC-modem.
Foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlari uchun amal
qiladigan tariflar
Har qanday yuklamadagi, aniqlangan vaqt oralig‘idagi sarflangan
energiyani hisoblash uchun, aktiv quvvat oqimining barcha o‘lchash
vaqtidagi miqdorini integrallash talab qilinadi. Elektrmexaniq
hisoblagichda bu mexaniq tarzda hisoblanadi. Raqamli hisoblagichda
aniqlangan vaqt oralig‘idagi aktiv quvvatning hisoblangan qiymatini
doimiy jamlashni amalga oshirish darkor bo‘ladi.
Umumiy holatda sarflangan energiya miqdori quyidagi ifoda orqali
aniqlanadi:
84
()
Bu yerda, p(t) - t vaqt momentidagi oniy quvvatning miqdori; T -
o‘lchash vaqti. Tarmoqdagi tok va kuchlanish formasi sinusoidal
bo‘lganda esa,
p(t) = u(t) * i(t) = U
m
sinwt * I
m
sin(wt +)=UIcos- UIcos(2wt +) (2)
u(t) va i(t) kuchlanish va tokning tarmoqdagi oniy qiymati; U va
I kuchlanish va tokning amaliy qiymati(U=U
m
/2; I=I
m
/2); wt- tok va
kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi. Yuqorida ifodalangan ifodani
integrallasak sarflangan aktiv quvvat miqdorini beradi:
Z = UIcos = Scos [Vt] (3)
Bu yerda S=UI --- sarflangan to‘liq quvvat.
Bu holatda reaktiv quvvat quyidagi ko‘rinishda aniqlanadi:
Q = Ulsincp = Ssincp [VAR] (4)
Har
qanday
quvvat(P,Q,S)ni
hisoblash
uchun,
raqamli
hisoblagichda to‘rt kattalik P,Q,S, orasidan ixtiyoriy ikki kattalikni
o‘lchash darkor. Bu aslini olganda elektrmexaniq hisoblagichda amalga
oshirishni iloji yo‘q, bu qurilmani qurilish jihatidan mumkin emas.
Sxematexnik jihatdan ko‘pincha bu signallarni raqamli qayta
ishlovchi protsessorlar(DigitalSignalProcessor — DSP) yordamida
amalga oshiriladi, barcha zaruriy o‘zgartirishlar tok va kuchlanishning
diskret vaqt oraligi’idagi oniy qiymatini o‘lchash orqali amalga
oshiriladi. Bunday holatda DSP kirishiga signal uzatiladi, zanjirdagi tok
va kuchlanishning proporsional miqdori mos bo‘lgan datchiklar orqali
uzatiladi. Tok va kuchlanishning(Ii, Uu) diskretlangan miqdori
keyinchalik P,Q,S, parametrlarni olish uchun yana qayta ishlanadi.
Misol uchun P aktiv quvvat miqdori 1-formula orqali olinishi mumkin.
Tok(Ii) va kuchlanishning(Uu) diskret miqdorini, ya’ni o‘lchanuvchi
signalni davrdagi ketma-ket tanlanish natijasida o‘rtaarifmetik
ko‘paytmasi hisoblanadi.
()
Buerda, N-o‘lchanayotgansignalnibirdavrdagisanoqlarsoni; f
d
-
diskretlashchastotasi; fc - tarmoqdagichastota.
Ma’lumki o‘lchash aniqligi diskretlash chastotasi oshishi bilan
o‘sadi, shu bilan bir navbatda programma ta’minotining qiyinligi
ma’lum bo‘ldi, shu tufayli hozirgi vaqtda qayta ishlashni ishlab chiqish
davom etmoqda. Bundan tashqari, bunday tizimning kamchliklaridan
biri ularning bir qadar yuqori narxi hisoblanadi.
Axborotni qayta ishlash algoritmini soddalashtirish va ruxsat
etilgan sxemani butunligini ta’minlab narxni tushurish mumkindir.
Bunday variantda to‘rtta qayd etilgan kattaliklardan(P.Q,S,) bittasi
yoki bir nechtasini o‘lchash funksiyasini maxsus quvvat o‘zgartirgichi
orqali amalga oshirish mumkin. Oddiy holatda sxema o‘zining
chiqishida quvvatga proporsional impuls hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
85
Bunday
strukturada
mikrokontroller
faqat
hisoblagich
impulsi
funksiyasini bajaradi, chiqishdagi ma’lumot displeyga chiqadi. Shu bilan
bir qancha qo‘shimcha fuksiyalarni: misol uchun tariflarni o‘zgartirish,
ma’lumotlarni avariya holati rejimlarida saqlash, xizmat ma’lumotini
ichki qurilmaga chiqishi va boshqalarni bajaradi. Bu variantda
qo‘shimcha sxematexnik yechimlarni qabul qilish, ya’ni tok va
kuchlanish orasidagi faza siljishini ishlab chiqish ham mumkin.
Raqamli hisoblagichlarning oddiy holatida, faqatgina impuls sonini
o‘lchash, ma’lumotni displeyga chiqarish, manba kuchlanishini avariya
holatida himoya qilish yechimlari mavjud bo‘lsa, narxni pasaytirish
uchun oddiy mikrokontrollerlar bazasidan foydalanib hisoblagichni
qurish mumkin.
Tarmoqdagi tok va kuchlanishga proporsional miqdordagi signallar
tegishli datchik orqali mikrosxema-o‘zgartirgich kirishiga uzatiladi.
Uning chiqishidan chastotali signal olinadi va mikrokontroller kirishiga
beriladi. Mikrokontroller kelgan impulslarni to‘plab boradi va
energiyani Vt-soat miqdorida o‘zgartirib beradi. Har bir to‘plangan Vt-
soat o‘lchovi displeyga chiqadi va FLASh-xotiraga yoziladi. Agar
vaqtincha tarmoqda kuchlanish yo‘qolish yuz bersa to‘plangan energ iya
haqida ma’lumot FLASh-xotirada saqlanib qoladi. Manba kuchlanishi
tiklangandan so‘ng bu m’lumotni mikrokontroller o‘qiydi va
indikatorga chiqadi va hisob su kattalikdan boshlab davom ettiriladi.
Bunday algoritmni amalga oshirish uchun 1Kbayt dan kam bo‘lmagan
xotirali mikrokontroller talab qilinadi. Bu sxemada qabul qilingan
mikrokontroller MC68HC05KJ1 korpusda 16 chiqishli(DIP yoki SOIC)
chiqishga ruxsat etadi, unda 1,2 Kbayt DSQ(doimiy saqlovchi qurilma)
va 64 bayt OSQ(operativ saqlovchi qurilma) mavjud. Uning
OTP(OneTimeProgrammable - bir martalik programmalash) bajarilishi
bilan narxi 1$ dan kamroq bo‘ladi.
To‘plangan energiya miqdirini avariyali holatlarda saqlash uchun
kam hajmli 128 baytli flash-DSQ xizmat qiladi. Displey sifatida oddiy
6-…8-razryadli 7 segmentli JKI foydalaniladi, U K1820VG2 kontroller
orqali boshqariadi. Bu komponetlarni narxini hisoblab chiqsak,
KR1095PP1 o‘zgartirgichi va hisoblagichning boshqa komponentlar
bilan(transformator, manba, plata va boshqalar b ilan), korpusni hisobga
olmaganda bunday tizim 10$ dan ko‘p bo‘lmagan narxda bo‘lad i.
Ko‘p tarifli hisoblagichni amalga oshirish holatida qurilma ichki
qurilma bilan ketma ket interfeyslarga malumot almashuvini
ta’minlashi kerak. U tarif topshiriqlarni berishda, inisializatsiya va
real vaqtni tuzatish uchun, to‘plangan energiya miqdori haqida
ma’lumot olish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari interfeys
hisoblagich maydonidagi har biri bilan bog‘lanishga ruxsat beruvchi
lokallashmagan guruhlar bilan ulanishni ta’minlashi mumkin. Bunday
qurilmaning blok-sxemasi Motorola FI rmasining MC68HC05L16
mikrokontrollerida amalga oshirish mumkin.
86
Hisoblagich
ishlashining
algoritmini
ko‘rib
chiqamiz.
Energiyamustaqil xotira OSQ 13 ta bankka bo‘linadi, ularning har biri
to‘rt tarif(umumiy, imtiyozli, pikli, jarimali) bo‘yicha to‘plangan
energiya haqida axborotni saqlaydi. Birinchi bankda hisoblagich
foydalanish vaqtidan boshlanib to‘plangan energiya, keyingi 12 bankda
o‘tgan 11 oydagi va real foydalanilayotgan oydagi to‘plangan energiya
saqlanadi. Foydalanilayotgan oydagi to‘plangan energiya tegishli
bankka yoziladi va bunday holatda avvalgi 11 oydagi har qanday oyda
qancha energiya sarflanganini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Foydalanish
boshlanishidan
oldin
hisoblagich
tayyorlanayotgan
korxonada barcha bankdagi hisob nollashtiriladi va energiya to‘plash
nol miqdordan boshlanadi.
Tariflarning o‘zgarishi vaqt kriteriyalariga binoan amalga
oshiriladi: haftaning har biri kuni uchun o‘z tarif jadvali aniqlanadi,
ya’ni vaqtlar asosiy va imtiyozli tariflardan boshlanadi va noldan
uchgacha bo‘lgan vaqt intervali pik tariFI uchun xizmat qiladi. Yilning
ixtiyoriy 16 kuni bayram siifatida aniqlab olinishi mumkin, bu kunlarda
yakshanba kungi tarif jadvali ishlaydi.
Hisoblagichda quvvat bo‘yicha cheklanishlar rejimi o‘rnatilishi
mumkin va oy uchun sarflanishi mumkin quvvat tanlanib olinishi
mumkin. Bu rejimda hisoblagich limit bo‘yicha sarflab bo‘lingan
energiya miqdorini qayd qilib boradi. Sarf o‘rnatilgan energiya
limitidan oshib kesa, jarima tarifi ishga tushadi yoki hisoblagich
energiyatarmoqdan o‘chiriladi. Jarima tarifi ham majburiy o‘rnatilgan
bo‘lishi kerak, misol uchun to‘lov bo‘yicha qarzdorlikka o‘tish holati
bo‘lishi mumkin.
Har safar hisoblagich tarmoqqa ulanishidan oldin vaqt va sana
qayd qilinadi. Hisoblagichga maxsus ajratgich orqali kartrider ulanadi va
kartrider energiya miqdori(iste’molchi to‘lagan to‘lov) haqidagi
ma’lumotni individual karta orqali o‘qiydi. To‘langan limit tamom
bo‘lgandan so‘ng hisoblagich tarmoqdan uziladi.
Hisoblagichni programmalash RS-485 interfeys orqali amalga
oshiriladi, ya’ni qayd qiluvchi tizim buyrugi yordami bilan bajariladi.
Buyruqlar ikkiga, individual(konkret hisoblagich bilan o‘zaro bog‘lanish
uchun mo‘ljallangan) va umumiy(hisoblagich interfeysga barcha
ulanadiganlar programmasi uchun) ga bo‘linadi.
Buyruqlar sanani-vaqtni o‘rnatish, tariflarning vaqtinchalik
holatida, quvvat limitida, bayram kunlarini programmalash uchun,
sarflanadigan energiyan haqida bank-to‘plagichdan kelgan axborotni
o‘qish va boshqa holatlarida mavjud.
Hisoblagichni testlash va kalibrlashga mo‘ljallangan buyruqlar
qatori ham mavjud. Individual ruxsat berish uchun har bir hisoblagichda
adres
va
parol
mavjud,
adres
va
pa rol
interfeys
orqali
programmalashtiriladi.
Umumiy
buyruqlar
ham
interfes
orqali
programmalashtiruvchi
parol
orqali
amalga
oshiriladi.
RS-485
87
interfeysiga ma’lumot almashish uchun atigi ikkita sim talab qilinadi.
Interfeys drayveri 256 tagacha hisoblagich bilan ulanishga ruxsat
beradi. Bu barcha hisoblagichlarni yagona tarmoqqa birlashtirish
imkonini taqdim etadi. Misol uchun bir podezddagilarni markaziyga
birlashtirish, ular o‘rtasidagi axborot almashish va programmalash
yengil hisoblanadi. Interfeys orqali almashish qayd qilingan sakkiz
tezlikdan biri orqali amalga oshishi mumkin: 75, 150, 300, 600, 1200,
2400, 4800, 9600, 19200; almashish tezligini maxsus buyruq orqali
tanlash mumkin.
Bir necha tariflarning mavjudligi displeyga har xil tariflarda
sarflangan energiya haqida qo‘shimcha ma’lumot chiqarishga imkon
beradi. Bunday hisoblagich displeyi ancha murakkab bo‘lishi mumkin.
Sarflangan energiya miqdori sakkiz razryadda chiqadi(maksimal
miqdor 99999.999 Kvt-soat). Axborot davriy o‘zgaradi(bir necha sekund
oraligida), har bir tarif bo‘yicha to‘plangan energiya va summasi ketma-
ket ko‘rsatgichlarda aks etadi. Dastlab bu ma’lumotlar ayni oy uchun
chiqadi(“oy uchun” yozuvi yoritib ko‘rsatilgan) va keyin hisoblagich
foydalanish vaqtidan boshlab to‘plangan energiya(“hammasi” yozuvi
yoritib ko‘rsatilgan). Indikator maydonidagi belgilarga sinxron tarzda
tarif haqida belgi yoritilib ko‘rsatilgan(“o”-asosiy, “l”- imtiyozli, “p”-
pik, “sh”-jarima; bu tariflarda to‘plangan energiyani o‘rnatilgan
quvvatdan oshmasligi ham shu belgilarda ko‘rsatiladi; “+”-jamlagich).
Indikator o‘ng maydonda sana, hafta kun i va yil fasli aks etgan.
Amaldagi tarif bo‘yicha to‘plangan energiya JKI ning tarifli
qismida(indikator maydonining chap ustki qismida) aks etgan.
O‘rnatilgan quvvat chegaralinishidan oshib ketishida yoki oydagi
sarflangan energiya miqdori “limit moщnosti” yoki “limit energii”
ko‘rinishida yoritib ko‘rsatiladi.
O‘tgan 11 oydagi ma’lumotlarni ko‘rish hisoblagich korpusida
joylashgan maxsus knopkani bosish orqali amalga oshiriladi. Har bir
bosishda ketma-ket har bir tarif haqida oylik axborotlar chiqadi va
oydan oyga o‘tib takrorlanadi. Ko‘rilayotgan oy nomeri va yili
indikatorning sana qismida ko‘rinadi. Agar knopka bir necha sekund
bosilmasa hisoblagich odatiy ishlash holatiga o‘tadi. Kartrider ulanganda
bu knopka har bir tarif bo‘yicha energiya miqdorini ko‘rish imkonini
beradi, foydalanuvchi buyrug‘iga qarab bu amalga oshadi.
Indikatorning belgilar maydonida tarif belgilaridan tashqari
qo‘shimcha ma’lumot chiqadi, misol uchun Elektron kartani kartriderga
o‘rnatish bilan yoki programmali testlash bilan buzilganligini topishda.
Hisoblagich boshqarish algoritmi amalga oshirish uchun 10Kbayt
adres joy talab qilinadi, mikrokontrollerning ichki DSQ si 12 Kbayt
hajmga ega.
Sxematexnik qurilma ikki qismga bo‘linadi: boshqariluvchi va
kuch modullaridan iborat. Modular quyidagi vazifani bajaradi: Kuch
moduli tok va kuchlanish datchiklari ichiga kiradi, KR1095PP1
88
mikrosxema-o‘zgartirgich
chastota
chiqishini
optron
yechimini
ya’minlaydigan modul va manba moduli, Motorolla fir masining
MS33363 mikrosxema bazasi yordamida bir taktli sxemasi bilan
bajarilgan impuls o‘zgartirgich moduli. Uning farqlanuvchi xislati
bo‘lib impuls transformatorlarini bevosita boshqaruvchi ichki kuch
kalitlari mavjudligini keltirish mumkin.
Boshqaruv moduli asosi bo‘lib MC68HC05L16 mikrokontroller
xizmat qiladi, U 156 segmentli JKI bilan bevosita ulangan, ya’ni JKI
uchun alohida kontroller zarur hisoblanishini oldi olingan. Manbani
monitor qilish sifatida mikrokontrollerning sbros signali berilgan, bu
manba kuchlanish miqdori aniqlangan darajadan pastligida ishga
tushadi, bu uchun MS33164 mikrosxema qo‘llaniladi. Taymer va
to‘plagich vazifasini ikki chiqishli Dallas FI rmasining DS1994L
mikrosxemasi bajaradi, unda ichki uzoq vaqtga yetadigan batareyka
mavjud
.
.
|