Bog'liq M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari
6.4. O‘lchangan kattaliklarning raqamli qiymatlarining protsessingi Shu bobning birinchi qismi o‘lchangan kattaliklarning analogli qiymatlarini
tayyorlash va boshqa qurilmalariga uzatish masalariga bag‘ishlangan edi.
O‘lchangan kattaliklarning analogli qiymatlarini raqamli qiymatlarga va raqamli
qiymatlarni analogli qiymatlarga o‘zgartirish prinsiplari va sxemalari ko‘rib
chiqildi. Raqamlangan (digitizing) qiymatlarning protsessingi arifmetik mantiqiy
qurilmalarda amalga oshirilishi mumkin. Shu kunning texnologiyalarida bu
maqsad uchun personal kompyuterlar ( qisqachasi “RS”) juda keng qo‘llaniladi.
Agar standart RS lar laboratoriyalarda ishlatilsa, sanoatda mahsus industrial
kompyuterlari (IPC) ishlatiladi. Sanoat RS lari standart kompyuterlardan
texnologiyalariga xos bo‘lgan metall korpusi, sovitish ventilyatsiyasi va changni
o‘tkazmaydigan filtrlarining mavjudligi, qo‘shimcha modullar bilan birga ishlashni
ta’minlovchi katta quvvatli manba’si va funksional bloklari alohida ajratilganligi
bilan farqlanadi. Sanoat kompyuterlarining displeylari ham metall korpusi bilan
sanoat muhitining ta’sirlaridan himoyalangan.
O‘lchangan kattalik qiymatlarini protsessing qilish maqsadidagi funksional
masalalar personal kompyuterning kirishlariga dastur yozilgan mahsus kartalarni
kiritish bilan amalga oshiriladi. 8 va 16 kanalli A/D konverterlarning kartalari
metrologiyada alohida ahamiyatga ega. Analogli signallarni protsessingga kiritish
kanallari umumiy yerga nisbatan ( bir simi yerga ulangan) va mutlaqo mustaqil
bo‘lishi mumkin. Kanallarning farqlash xususiyati (binar raqamning xonalar soni)
odatda 12 ,14 yoki 16 bit bo‘ladi. Analogli signalni raqamga olish chastotasi 100
kHz gacha borishi mumkin.
6.18–rasmda konverter kartasining tuzilishi va eng muhim xarakteristikalari
ko‘rsatilgan.
Kirishdagi multipleksor (MUX) 16-ta kirish kanallari kommutatsiyasini
ta’minlaydi. Kirishdagi analogli signal uchun uchta diapazon 0 dan +10V, ± 5 V va ± 10V mavjud bo‘lib, o‘lchanadigan signalning o‘zgarish qiymatlariga qarab
147
o‘zgartirilishi mumkin. ME – 26 kartasi 12 bitli ketma- ket approksimatsiya
prinsipida ishlaydigan A/D konverteriga ega. Uning olib saqlash sxemasi o‘lchash
xatoliklarini kamaytirishni ta’minlab, minimal qiymatda ushlab turadi.
Raqamlanadigan signalni olish tezligini programma vositasida yoki taymer moduli
platasi tomonidan boshqarish mumkin, shunda signalni raqamga olish intervali 40