• Signalni diskretizatsiyaga olish nazariyasi
  • 6.11 – rasm.
  • 6.12 – rasm.
  •  – misol 3 – bitli kvantizatsiya,  3 2 10V Q = = 1,25 V  2 – misol




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

    1 – misol 3 – bitli kvantizatsiya, 
    3
    2
    10V
    =
    = 1,25 V 
    2 – misol 8 – bitli kvantizatsiya , 
    8
    2
    10V
    =
    =0,039 V 
    Chiqish kodi o‘zgarmagan holdagi kirish kuchlanishning o‘zgarish intervali 
    kvantizatsiya xatoligi tug‘ilishiga sabab bo‘ladi . Kvantizatsiya xatoligining 
    qiymati bevosita kvantizatsiyaga bog‘liq bo‘ladi. Kvantizatsiya xatoligining 
    qiymati +Q/2 va –Q/2 oralig‘ida bo‘ladi. Bu xatolik kvantizatsiya noaniqligi yoki 
    kvantizatsiya shovqini deb ham ataladi. 
    Signalni diskretizatsiyaga olish nazariyasi: Kvantizatsiya uchun vaqtning 
    qisqa davri talab etiladi. Bu davr uzunligi asosan konverterning signalni farqlash 
    xususiyati, uning sxematik tuzilishi va unga tashqaridan ulangan komponentlarning 
    reaksiya tezligiga bog‘liq bo‘ladi. “Ochilish vaqti” nomi bilan ma’lum bo‘lgan 
    konversiya davri davomida kirishdagi analogli signal qiymati o‘zgarishi mumkin. 
    Kirishdagi signal qiymatining konversiya davridagi o‘zgarish amplitudasi 
    amplituda mavhumligi deb ataladi. 6.11 –rasmdan quyidagi bog‘liqlikni olish 
    mumkin: 
    Agar sinusoida shaklidagi signalning maksimal o‘zgarish tezligi amplituda 
    mavhumligini aniqlashda asos qilib olinsa, 6.12– rasmdagi diagramma konverter 
    kirishidagi sinusoidal signal uchun ochilish vaqti, farqlash va maksimal chastota 
    orasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. 


    141 
    Δu = v
    u
    x t
    open
    ,, 
     
    Δu - amplituda mavhumligi, t
    open
    – ochiq vaqt, v
    u
    -
    signalning o‘zgarish tezligi
     
    6.11 – rasm. Amplituda mavhumligi va ochilish vaqti 
    Misol: Konversiya vaqti 19 µs bo‘lgan 4 – bitli konverter mavjud. To‘g‘ri 
    konversiyani ta’minlash uchun ( xatoligi < 1 bit) kirishdagi signal kuchlanishi 
    qanday maksimal chastotaga ega bo‘lishi kerak? Natija : f = 2 kHz 
    6.12 – rasm. Konverter kirishidagi analogli signalning o‘zgarish tezligining 
    ochilish vaqti, farqlash va sinusoidal signal chasttotasi orasidagi bog‘liqlik 
    Kirish signalining konversiya davridagi o‘zgarishlari yaratishi mumkin 
    bo‘lgan effektlarni olib tashlash maqsadida analog/ raqam konverterining kirishiga 
    tanlash va saqlash sxemasi o‘rnatiladi. Bu sxema konversiya bo‘layotgan davrda
    signalning qiymatini olib, o‘zgartirmasdan ushlab turadi. tanlash va saqlash 
    sxemasi konverter sxemasiga nisbatan ancha tez ishlaydi va konversiya davriga 
    qo‘shimcha ulush qo‘shmaydi. 3.35 – rasmda tanlash va saqlash jarayoni 
    ko‘rsatilgan. Kirish signali qancha yuqori chastotaga ega bo‘lsa olish 
    impulslarining chastotasi shuncha katta bo‘lishi kerak. Faqat shundagina 
    approksimatsiya qilingan ( pog‘onali kuchlanishga o‘zgartirilgan) signal so‘ngra 
    ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Signalni diskretlash nazariyasi diskretlovchi impulslar 
    chastotasi analogli signalning chastotasidan kam deganda ikki barobar katta 
    bo‘lishini talab etadi. Faqat shunda diskretlangan signaldan birlamchi analogli 
    signal tiklanib olinishi mumkin. 


    142 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – misol 3 – bitli kvantizatsiya,  3 2 10V Q = = 1,25 V  2 – misol

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish