137
Analogli o‘lchangan signallarni masofaga uzatish transmissiya sistemalari
o‘zining muvofiqlashtirilgan U/I konvertor modullari bilan birga butlangan bo‘ladi.
6.1 – jadvalda keng qo‘llanilib kelinadigan modellar ro‘yxati keltirilgan.
Analogli signallarni transmissiya qilish (Analog Devices)
Kirish signali Chiqish signali Model
Standart
Izolyatsiyalangan
±10mV,± 50 mV, ± 100 mV 0 - ± 10V, 0(4) – 20 mA 3B10
3B30
± 10mV 0 - ± 10 V, 0(4) – 20 mA 3B11
3D31
4 – 20 mA, 0 – 20 mA 0 – ± 10V, 0(4) – 20 mA 3B12
3B32
Termojuftlar 0 - ± 10 V, 0(4) – 20 mA
3B37
Pt100 0 - ± 10V , 0(4) – 20 mA 3B14
3B34
Chastota 0 - ± 10 V, 0(4) – 20 mA 3B19
3B39
6.1 – jadval. Analogli signallarni transmissiya qilish modullarining turlari
Analogli signallarni uzoq masofalarga kuchlanish yoki tok shaklida
transmissiya qilishning interferensiyasiz iloji yo‘q. Transmisiiya uchun mahsus
uzatish va qabul qilish qurilmalari mavjud bo‘lib ular orasiga o‘rnatilgan kabel
yoki shisha tolali kabel hamda elektormagnit to‘lqinlari ishlatiladi. Qurilmalarni
batafsil ko‘rib chiqishga ilojimiz yo‘q. Signal transmissiya
qilinishi uchun
modulyatsiyalanadi. Bunda signal chastotasi ancha yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan
kuchlanishning parametrlaridan biriga ta’sir etadi. Bu parametrlar amplituda yoki
faza burchagi bo‘lishi mumkin , shu sababli ular amplitudasi modulyatsiyalangan
va fazasi modulyatsiyalangan turlariga bo‘linadi.
Amplitudasi modulyatsiyalangan
asos signalining amplitudasi modullovchi signalning amplitudasiga qarab o‘sadi
yoki so‘nadi.
Faza burchagi modulyatsiyalangan signal ikki turga bo‘linadi.
Faza
modulyatsiyasida asos signalning faza burchagi modullovchi signal qiymatlariga
qarab o‘zgaradi,
chastota modulyatsiyasida bo‘lsa – chastota o‘zgaradi. Faza
modulyatsiyasi va chastota modulyatsiyasi bir- biriga juda yaqin. Ularning farqi
faqat modulyatsiyalangan signalda mavjud bo‘lgan
chastota komponentlarini
analiz qilganda namoyon bo‘ladi. Amplituda va faza burchagi modulyatsiya
qilingan signallar uzluksiz transmissiya qilinishini o‘rnatib qo‘yish muhim.
Agar modullanuvchi asos signali sinusoida shaklida bo‘lmay to‘g‘ri
burchakli impulsli signal bo‘lsa, bunday modulyatsiya
impulsli modulyatsiya deb
ataladi. Impulsli modulyatsiya uzluksiz emas ,”vaqtda diskretlangan”, ya’ni
o‘lchangan signal o‘rnatilgan qisqa muddatli vaqt intervallarida uzatiladi va qabul
qilib olinadi. Impulsli modulyatsiyaning turlari ko‘p,
ular bir- biridan impulslar
parametrlari bilan farqlanadi. Ko‘rib chiqilgan amplituda modulyatsiyasiga
o‘xshash
impulsli amplituda modulyatsiyasi ham bo‘ladi. Bunda o‘lchangan signal
impulslarning amplitudasiga ta’sir etadi. O‘lchangan signal modullanuvchi asos
138
bo‘lgan impuls to‘plamlari chastotasiga, impuls to‘plamiga nisbatan impuls faza
burchagiga yoki impulslar davomiyligiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, modulyatsiya
impulsli chastota modulyatsiyasi,
impulsli faza modulyatsiyasi impuls davomi
modulyatsiyasi deb ataladi. Impulsli modulyatsiyalangan signal masofaga
transmissiya qilinganda uning asosiy chastotasi bilan birga kichik va katta
chastotalar modullangan signalda mavjud bo‘ladi. Transmissiya qilinadigan
signalning chastota diapazoni chegaralangan bo‘ladi.
Signallarni
transmissiya qilishda impuls - kodli modulyatsiyaning kelajagi
bor. Bu usulda ham o‘lchangan signal chegaralangan vaqt diskret shaklida uzatilib,
qabul qilib olinadi, lekin raqamli informatsiyaga o‘zgartiriladi. Transmissiya
raqamli signal
shaklida amalga oshirilib, qabul qilingan joyida analogli signalga
qayta o‘zgartiriladi.
Tanlangan modulyatsiya turiga muvofiq signal kabel, shisha tolali kabel yoki
elektromagnit to‘lqinlar orqali uzatilganda signalning chastota diapazoni turli
kenglikda bo‘ladi va bu hol bir vaqtda bir nechta transmissiya kanallarini
shakllantirib turli signallarni uzatishga imkon beradi. Kanallar soni transmissiya
muhitiga va unga qo‘yilgan talablarga bog‘liq bo‘ladi.
Asosiy qoida shuki, agar
transmissiya qilinadigan signalga tashqi interferension ta’sirlar kam bo‘lishi talab
etilgan bo‘lsa har bir kanal uchun aniq kenglikdagi chastota diapazoni berilishi
shart. Uzluksiz transmissiyaning yana bir afzalligi shundaki, yagona transmissiya
kanali orqali bir necha signalni vaqt bo‘yicha bo‘lib uzatish mumkin.
Bunday
signal qabul qilinganda uzatilgan signallar bo‘laklaridan qayta tiklanib olinadi.