• 6.2. O‘lchangan analogli signallarni masofaga uzatish
  •  – rasm. Operasion kuchaytirgichda yig‘ilgan differensiator  Arifmetik funksional modullar




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

    6.4 – rasm. Operasion kuchaytirgichda yig‘ilgan differensiator 
    Arifmetik funksional modullar 
    Juda ko‘p sonli modullar ichidan biz faqat bir nechasini ko‘rib chiqishimiz 
    mumkin. 6.5 – rasmda AD 532 (Analog Devices) analogli multiplikator asosida 
    yig‘ilgan ko‘paytirish, bo‘lish, kvadratga oshirish va kvadrat ildizidan chiqarish 
    uchun ishlatiladigan amaliy sxemalar keltirilgan. 
    6.5 – rasm. AD 532 (Analog Devices) multiplikatorida yig‘ilgan kupaytirish, 
    bo‘lish, kvadratga ko‘tarish va kvadrat ildizdan chiqarish sxemalari 
    6.2. O‘lchangan analogli signallarni masofaga uzatish 
    O‘lchangan analogli signallarni masofaga uzatish (transmission) usullari
    6.6 – rasmda ko‘rsatilgan: 
    - signalni kuchlanish shaklida uzatish; 
    - signalni tok shaklida uzatish; 


    134 
    - kabel, optik (shisha tolali) kabel orqali va elektromagnit to‘lqinlar 
    shaklida uzatish. 
    Bunday usullar ishlatilganda signal kuchlanishiga liniyadagi kuchlanish 
    tushuvi, kabel ulangan joylaridagi kontakt qarshiligi yoki termoelektrik kuch va 
    parazit kuchlanishlar ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
    6.6a – rasmda signal uzatiladigan simning ulangan joylarida temperatura farqi 
    natijasida termoelektrik kuch hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Shu sababli o‘lchash 
    zanjirlarida ulangan joylarni bir- biriga iloji boricha yaqin qilish va tashqi muhit 
    temperaturasini nazorat ostida ushlab turish tavsiya etiladi. O‘lchash zanjirlaridagi 
    kontakt turlariga boltli va suqib ulangan kontaktlar bilan birga kommutator va 
    relelarning kontaktlari kiradi.
    Foydali signal o‘tayotgan zanjirga tashqaridan induktiv ta’sir yo‘li bilan 
    begona signallar qo‘shilib qolishi mumkin (6.6b –rasm). Begona signallar o‘lchash 
    zanjirlariga kabel va sxemadagi oraliq sig‘imlar orqali kirib kelishi mumkin. 
    Uzatish zanjirlari katta chiqish qarshilikka ega bo‘lsa, ya’ni sensorning yuklamasi 
    kichik bo‘lganda sig‘im orqali begona signallarning kirib kelishi ayniqsa kuchli 
    bo‘ladi. Begona signallar induktiv ta’sir va sig‘imlar orqali o‘lchash zanjiriga kirib 
    kelganda qiymati kichik bo‘lgan signallarni begona signallardan ajratib o‘lchash 
    imkoni deyarli qolmaydi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – rasm. Operasion kuchaytirgichda yig‘ilgan differensiator  Arifmetik funksional modullar

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish