|
VI. BOB. Axborotni masofaga uzatish titzimlariBog'liq M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlariVI. BOB. Axborotni masofaga uzatish titzimlari
6.1.O‘lchanadigan analogli kattaliklarni arifmetik protsessing qilish
Ba’zi hollarda o‘lchangan kattalikni aniqlash uchun algebraik amallarni
bajarish talab etiladi. Quyidagi arifmetik amallarni ko‘p hollarda bajarishga to‘g‘ri
keladi:
- logarifmik kuchaytirish - ko‘paytirish
- qo‘shish - bo‘lish
- ayirish - kvadratga oshirish
- integrallash - kvadrat ildizni aniqlash.
- differensiallash
Analogli
kattaliklar
ustida
bajariladigan
bu
amallarni
operasion
kuchaytirgich asosida yig‘ilgan sxemalarda bajarish mumkin. Lekin shu kunlarda,
ancha harajat talab etadigan yangi sxema yaratishdan injenerlarni ozod qilish
maqsadida, faqatgina ozroq qo‘shimcha elementlarni qo‘shish kerak bo‘lgan tayyor
funksional bloklarni sanoat ishlab chiqaradi.
O‘lchanadigan kattalik qiymatlari ancha keng diapazonga ega bo‘lsa,
o‘lchash vositasining ishlash yoki o‘lchash diapazoni bir necha subdiapazonlarga
bo‘linadi. Agar bu ishni qilish imkoni yo‘q bo‘lsa, signal kuchaytirgichining
xarakteristikasi logarifmik masshtabga o‘tkaziladi. Bunda kuchaytirgichning
chiqishidagi signal qiymati kirishidagi signal qiymatining logarifmiga teng bo‘ladi.
Kichik qiymatlardagi signallarni katta koeffisient bilan, katta amplitudaga ega
bo‘lgan signallarni kichik koeffisient bilan kuchaytirishga to‘g‘ri keladi.
Qo‘shish sxemasi
Operasion kuchaytirgichda yig‘ilgan inversiyalaydigan kuchaytirgichning
kirishini bir emas, bir necha qilish mumkin . Bunday sxemaning chiqishidagi
signalining qiymati kirishlaridagi signallar qiymatlarining, rezistorlar qarshiliklari
nisbatlarini e’tiborga olgandagi, yig‘indisiga teng bo‘ladi. Chiqishdagi signal
ishorasini o‘zgartirib, fazasini 180º ga aylantiradi.
6.1 – rasm. Operasion kuchaytirgichda yig‘ilgan qo‘shish sxemasi (adder)
|
| |