135
ishlatiladigan toklar 0 dan 10
mA yoki 0 dan 20
mA diapazonlarida bo‘ladi. 4 dan
20
mA tok diapazoni ham ishlatiladi. 4
mA tokni signalning noli qilib
belgilash signalning nolini juda aniq o‘rnatib, kuchlanish nolidan ajratishga imkon
beradi. Aniqlanadigan
signalning bunday noli hayotiy nol ( chin nol ) deb ham
ataladi.
Signalning noli o‘rnatilganda signal zanjiridan tok mavjud bo‘lganligi
sensorni yoki o‘zgartgichni eshilgan signal kabeli orqali manba’ bilan ta’minlash
imkonini beradi va shunda sensorlar o‘zining manba’siga ihtiyoji bo‘lmaydi. Bu ,
ayniqsa, sensorlar boshqarish qurilmasidan uzoqda joylashganida juda qulay
bo‘ladi.
Buning afzalligi o‘lchash asbobining natijani
qayd etish qurilmasi uchun
ham bor. Bunga misol LCD texnologiyada yaratilgan raqamli displeyni signal
simlari orqali manba bilan ta’minlash bo‘lishi mumkin. Shunda yana o‘lchash
asbobining boshqarish qurilmasi bilan indikatsiya qismi orasida ikkita sim bo‘lsa
yetarli bo‘ladi.
Shunga qaramay ko‘p sensorlar yetarli tok shaklidagi signalni ta’minlab bera
olmaydi va ulardan olingan signal kuchlanish shaklida bo‘ladi. Bunday signallarni
masofaga uzatish uchun kuchlanish / tok o‘zgartgichlari kerak bo‘ladi. Tokli signal
uzatilgan yerida kuchlanish shaklidagi signal zarur bo‘lsa tok / kuchlanish
o‘zgartgichini ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bunday o‘zgartgichlarning
asosiy
sxemalari operasion kuchaytirgich asosida quriladi, lekin bu o‘zgartgichlarni
yaratish uchun qimmat sxemalar va katta tajriba kerak bo‘ladi. Shuning uchun
sanoat ishlatish uchun tayyor bo‘lgan kuchlanish / tok o‘zgartgichlarini
ishlab
chiqargan. Bunga qo‘shimcha, sanoat o‘lchash sensorlari bilan birga muvofiq
ishlaydigan kuchlanish / tok va tok / kuchlanish o‘zgartgichlarini ishlab
chiqaradi. Termojuftlar kabi signali kichik bo‘lgan sensorlar uchun o‘zida
kuchaytirgich , korreksiya zanjirlari va kuchlanish / tok o‘zgartgichi yig‘ilgan
modullar ishlab chiqariladi.
2 V 20 ( Analog Devices) moduli bunga misol bo‘lishi mumkin.
Uning
chiqishi 0 bilan 10
V oralig‘idagi kuchlanish shaklidagi signal olish uchun
yaratilgan. Signal kuchlanishlarining bu qiymatlari 4 dan 20
mA oralig‘ida bo‘lgan
tokka to‘g‘ri keladi. Transmissiya faktori 1,6
mA/V ga teng. Manba kuchlanishi 10
V dan kam bo‘lmasdan 32
V dan oshib ketmasligi shart.
6.7a – rasmda modulning asosiy sxematik zanjirlari blok – sxema shaklida
keltirilgan. Modulning sxemasi kirishidagi kuchlanishni 0 dan 10
mA va 0 dan 20
mA diapazonlaridagi tokka o‘zgartirib berish imkoniga ega (6.7 b,s – rasmlar).
O‘zgartgichning tok manba’sidagi ishchi kuchlanish
tok zanjiridagi maksimal
qarshilikni belgilab beradi. Bu modul uchun qarshilikning qiymati quyidagicha
aniqlanadi:
A
V
U
R
S
L
02
,
0
5
max
−
=
Amalda kirish zanjirlarini uzatilgan o‘lchanadigan kattalikdan izolyatsiya
qilish muhim bo‘lishi mumkin. 2 V22 modulida kirish
qurilmalari kuchlanish
manbasidan U
S
= + 14 dan 32
V kuchlanish bilan ta’minlanadi. Modulning kirish
zanjirlari bilan
U/I konvertori orasida elektr ulanish yo‘q va ularning izolyatsiyasi
136
1000
V kuchlanishga bardosh bera oladi. Moduldagi konvertor kuchlanish
manba’siga izolyatsiyalangan terminallar
orqali ulanishi mumkin, lekin ko‘p
hollarda konstruktorlar tok zanjiri orqali manba berishni afzal ko‘radilar (6.8 –
rasm).