• 6.10 – rasm.
  • O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

    Kvantizatsiya nazariyasi. Analogli signalni raqamli signalga o‘zgartirish 
    ikki stadiyada amalga oshadi. Birinchi stadiyada kirishdagi uzluksiz o‘zgarib 
    turgan signal pillapoya shaklidagi signalga o‘zgartiriladi . Ikkinchi stadiyada 
    “pillapoya signalining” har bir pog‘onasi alohida raqamli kod - so‘zga 
    o‘zgartiriladi.  
    6.10 – rasmda qiymati 0 dan 10 V gacha bo‘lgan kirish kuchlanishini sakkizta 
    pog‘onali signalga o‘zgartirilishi ko‘rsatilgan. Signal pog‘onalarining har biriga 
    000 dan 111 gacha bo‘lgan kod – so‘z biriktirilgan. 
    Bu signalning sakkiz pog‘onasini kodlash uchun uchta ikkilik raqamli son 
    kifoya bo‘ladi, shu sababli bunday kvantizatsiya 3 – bitli kvantizatsiya deb 
    nomlanadi. Kvantizatsiya amalini bajaruvchi sxemaning signalni farqlash 
    qobiliyati chiqishidagi pog‘onalar soni bilan belgilanadi. Chiqishdagi ikkilik 
    raqamli sonning tartibi n bo‘lsa analogli signal 2n pog‘onaga ajratiladi. 
    6.10 – rasm. Analogli signalning kvantizatsiyasi 


    140 
    1 – misol: 3 – bitli kvantizatsiya sxemasi. Kodlar qamrovi: 000 dan 111 
    gacha. Chiqishdagi pog‘onalar soni: 2
    n
    = 8. Chiqishdagi raqamli son tartibi: 3 
    2 – misol: 8 – bitli kvantizatsiya sxemasi. Kodlar qamrovi: 00000000 dan 
    11111111 gacha Chiqishdagi pog‘onalar soni: 2
    n
    = 256. Chiqishdagi raqamli son 
    tartibi: n = 8
    Pog‘onalangan signalning har bir pog‘onasiga alohida muvofiq bo‘lgan 
    kuchlanishlar quyidagicha qiymatlarga ega bo‘ladi: + 0,625 V, +1,875 V, +3,125 
    V, + 4,375 V, +5,625 V, +6,975 V, +8,125 V, +9,375 V – har bir pog‘ona 1,25 V 
    ga to‘g‘ri keladi. 
    Pog‘onalar kengligining o‘rta nuqtalari quyidagi kuchlanishlarga to‘g‘ri 
    keladi: +1,25 V, +2,50 V, +3,75 V, +5,00 V, +6,25 V, +7,50 V, +8,75 V – 
    kuchlanish qadami 1,25 V. 
    Pog‘onalarning o‘rta nuqtalari birlashtirilsa pog‘onali signalning qo‘pol ifodasi 
    hosil bo‘ladi. Pog‘onali funksiyaning afzalligi aniq kod – so‘zga aniq kuchlanish 
    to‘g‘ri kelishida va ikki pog‘ona orasidagi kuchlanish farqi aniq qiymatga ega 
    bo‘ladi. Bu kuchlanish intervali Q o‘lchash kvantizatsiyasi yoki kvantum deb 
    nomlanadi. 3 – bitli kvantizatsiya ko‘rib chiqilgan misolda kuchlanishlar farqi 1,25 
    V. Kvantum Q quyidagicha aniqlanadi: 
    Analogli kuchlanish diapazoni 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish