139
6.9 – rasm. A/D va D/A konverterlarining
shartli belgilari
Analog / raqam konverterlari. O‘lchangan qiymatlarni raqamli usulda
aniqlash sistemalari sensor,
kuchaytirgich, filtr va analog / raqam konverteri kabi
funksional bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Bu sistemadagi sensor fizik kattalikni elektr
kuchlanish yoki tokka konversiya qilib beradi. Sensordan olingan kattalik
kuchaytirgich va filtrlardan o‘tib, iloji boricha
tozalanadi va kuchaytirilib
ishlatishga qulay bo‘lgan holga keltiriladi. Bu analogli signal raqamli
informatsiyaga o‘zgartiriladi. Konversiya , albatta, juda mukammal bo‘lmaydi,
chunki o‘zgartirish jarayonida ham analogli signal o‘zgarmasdan turmaydi. Shu
sababli filtr va konverter orasida olish va saqlash sxemasi joylashtiriladi. Analog /
raqam konversiyasidan maqsad uzluksiz analogli signalni ma’lum diskretalar
yig‘indisiga o‘zgartirishdan iborat.Bu jarayon
kvantizatsiya nomi bilan ataladi.