|
O‘zbеkiston r
|
bet | 12/17 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #140320 |
Bog'liq Uslubiy qo'llanma 1-6Nazorat savollari
Ma`lumotlar bazasidagi qanday mantiqiy operatorlarni bilasiz?
BETWEEN nima va u qanday so`rovlar uchun qo`llaniladi?
AND, OR, NOT operatorlarining vazifasi nima?
IN, BETWEEN, LIKE operatorlarinig vazifasi nima?
Mavzu: Ma’lumotlarni saralash. Where standart so‘zidan foydalanish
Ishdan maqsad: Ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini yaratish, saralash va WHERE standart so`zidan foydalanishni o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: Loyihalanayotgan ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini tuzish va uni relyatsion sxema ko`rinishida tasvirlash. So`rovlar tizimi orqali kerakli ma`lumotlarni ajratib olish va saralash.
Uslubiy ko`rsatmalar: Ma`lumotlar bazasi(MB) buyurtmachisi bilan birgalikda, ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqilgan so`rovlar tizimi relevant yaratilgan “Mohiyat-aloqa” modeliga va buyurtmachi talablarini maksimal darajada qondirish kerak. Agar buyurtmachi qo`ygan talablarga qurilgan “Mohiyat-aloqa” modeli so`rovlar tizimi to`la qanoatlantirmasa, unda predmet sohani qo`shimcha o`rganib va tahlil qilib, “Mohiyat-aloqa” modeli kerakli elementlar, bog`lanishlar va munosabatlar bilan to`ldiriladi.
So`rovlar tizimini ma`lumotlar bazasidan foydalanuvchiga beriladigan axborot bo`yicha standart va nostandart so`rovlarga sinflanadi.
Ma`lumotlar bazasiga reglamentlanmagan so`rovlar deb foydalanuvchilarni joriy ehtiyojlariga qarab, lekin qurilgan model imkoniyatlari chegarasida va bu so`rovlarni unga relevantligini saqlangan holda o`zini ta`rifini o`zgartirish imkonini beradigan so`rovlarga aytiladi.
|
| |