|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 120/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul AQSh adabiyoti
XX asr G‘arb adabiyoti ikki asosiy bosqichni bosib o‘tdi. Birin- chi bosqich imperializmning so‘nggi davrlariga mos keladi. Bu as- rning birinchi yarmi, aniqrog‘i 1945-yilgacha bo‘lgan davri bo‘lib, ilm-fanning rivojlanishi natijasida madaniyatning yangi shakllari – radio va kinematograf paydo bo‘ldi. Ikkinchi bosqich – 1945-yildan keyingi davr bo‘lib, burjua jamiyatida chuqur qayta qurilishlar sodir bo‘ldi: radikal demokratiyaning zamonaviy tizimlari paydo bo‘ldi, “iste’molchilar jamiyati” shakllandi, jahon iqtisodiyotida global- lashish jarayonlari jadallashdi.
XX asrda adabiy jarayon ham tezlashdi, ko‘plab yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi, dabdabali murojaatnomalar qabul qilindi, yangi mak- tablar paydo bo‘ldi.
XX asr Amerika adabiyoti boy, rang-barang, shu bilan birga, zid- diyatli va murakkabdir. Dunyodagi eng yosh adabiyotlardani biri bo‘lgan AQSh adabiyotining tarixi 400 yildan oshmaydi.Ushbu ho- lat bu adabiyotni o‘ziga xos tarzda rivojlanishiga ta’sirini o‘tkazdi. Ovrupa adabiyotiga nisbatan XIX asrda ancha ortda qolish va XX asrda jadal sur’atda rivojlanish, romantizm maktabining kech rivoj topishi va realizmning jadal rivojlanishi Amerika adabiyotigagina xos xususiyatlardir
XX asrning birinchi yarmida AQSh adabiyotida katta umumlash- malarga intilish kuchaydi, buni T.Drayzerning “Amerika fojeasi” romani misolida kuzatish mumkin. Tanqidiy realizm yo‘nalishida G.Spenser falsafiy qarashlarining ta’siri sezilarli ekanligi ko‘zga tashlandi. Spenser evolyusionizmining ta’siri T.Drayzerning “Istak trilogiyasi” va J.Londonning bir qancha asarlarida o‘z aksini topdi.
AQSh adabiyotida novella janri XIX asrdagi mavqeyini yo‘qotdi. Uning o‘rnini realistik roman egalladi. Shu bilan birga, bir qator yo- zuvchilar faqat novella janrida ijod qildi. Shunday yozuvchilardan biri O.Genri (Uilyam Sidni Porter) edi. U Amerika adabiyotida “hap- py end”ning asoschisi bo‘ldi va novella janrining yangi yo‘nalishini belgilab berdi.
1900-yili T.Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” romani nashrdan chiqdi. Yozuvchining bu yillarda yaratilgan boshqa romanlari kabi ushbu asar ham naturalizm ta’sirida edi. “Yo‘qotilgan avlod” yozu- vchilari (E.Xeminguey, F.S.Fitsjerald, G.Stayn, J.Steynbek) yaqin bo‘lgan naturalizm bilan bir vaqtda Amerikaga Ovrupa modernizmi ham kirib keldi, bu yo‘nalishning vakillari qatoriga Tomas Eliotni kiritish mumkin. U Birinchi jahon urushi davrida adabiyotda yangi she’riy yo‘nalishni ochdi. Shoirning 1917-yilda chop etilgan “Al- fred Prufrokning sevgi qo‘shig‘i” to‘plami modernizmning mani- festi sifatida e’tirof etildi.
Yigirmanchi yillardan boshlab hikoya tanqidchilar tomonidan Amerika adabiyotiga xos janr sifatida qabul qilina boshlandi, uning rivojlanishida jurnallarning ahamiyati beqiyos bo‘ldi.
XX asrda o‘nta amerikalik yozuvchi adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1918-yildan boshlab Nyu-Yorkda, “kat- ta adabiyotdagi” eng nufuzli mukofotlardan biriga aylangan badiiy kitob uchun Pulitser mukofoti topshirib kelinmoqda.
Bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etdi. Bolalar adabiyotining klassigi L.Frenk Baumning asarlari butun dunyoda nashr ettirildi. Detektiv janrida ijod qilgan adiblardan Deshil Xammet, Reymond Chandler, Jeyms Keynlarning asarlari mashhur bo‘ldi. 1949-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan U.Folkner, XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan AQShning eng yirik yozuvchilaridan biri edi.
50-yillar adabiyotida Jerom Selinjerning “Javdardagi tik jarlik us- tida” romani alohida o‘ringa ega. 1951-yili chop etilgan bu asar, ay- niqsa yoshlar o‘rtasida mashhur bo‘ldi. Kitoblarda ilgari ta’qiqlangan mavzular ko‘tarib chiqila boshlandi (taniqli shoira Elizabet Bishop, yozuvchi Trumen Kapote). 50-yillar AQSh dramaturgiyasida Artur Miller va Tennessi Uilyamslarning pyesalari ajralib turgan bo‘lsa, 60-yillarda Edvard Olbining pyesalari (“Zooparkdagi hodisa”, “Bes- si Smitning o‘limi”, “Kim Virjiniya Vulfdan qo‘rqadi?”, “Barchasi bog‘da”) teatr sahnalaridan tushmadi.
Amerika adabiyotidagi rang-baranglik bir yo‘nalishni ikkin- chi yo‘nalish tomonidan to‘liq siqib chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi, 50–60-yillarda barakali ijod qilgan Jek Keruak, Lourens Ferlingetti, Gregori Korso, Allen Ginzberglar o‘rnini, postmodernizm vakillari (masalan, Pol Olster, Tomas Pinchon) egalladilar. Keyingi yillarda postmodernchi adib Don Delilloning asarlari mashhur bo‘ldi.
AQShda ilmiy fantastika (bu yo‘nalishning birinchi to‘lqini va- killari Edgar Rays, Berrouz, Myurrey Leynster, Edmond Gamilton, Genri Katter asarlarida asosan kosmosga yetib borgan ilk sayyohlarn- ing sarguzashtlari haqida hikoya qilingan), asr o‘rtalariga kelib mu- rakkabroq fantastika ustunlik qila boshladi. Amerikalik fantast-yo- zuvchilar Rey Bredberi, Robert Xaylayn, Frenk Xerbert, Ayzek Azi-
mov, Andre Norton, Klifford Saymak, Robert Sheklilarning nomi butun dunyoga ma’lum. XX asrning ikkinchi yarmidan esa fentezi adabiyoti keng rivojlandi. Amerika fentezisining gullab-yashnashi 1930-yillarda Robert Govardning ijodi bilan boshlandi. XX asrn- ing ikkinchi yarmida bu janr Rodjer Jelyazni, Pol Uilyam Anderson, Ursula Le Guin kabi yozuvchilar tomonidan rivojlantirildi. Fentezi yo‘nalishining XXI asrdagi eng taniqli vakili Jorj R.R.Martin bo‘lib, u hayolida yaratgan o‘rta asrlar haqidagi “ Taxtlar o‘yini” kvazireal- istik tarixiy romanining muallifi.
XX asrning so‘nggi choragi – jahon adabiyoti tarixida yyyetarli darajada murakkab davr: bir tomondan ko‘plab yozuvchilar bizning zamondoshlarimiz bo‘lib, adabiy oqim “guruchni kurmakdan” ajrat- gani yo‘q, qaysi asarlar adabiyotning oltin fondga kiradi, qay bir- lari “o‘tkinchi” bo‘lib, tez orada unutilib ketadi, buni vaqt sinovdan o‘tkazadi.
|
| |