O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet118/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Ingliz Kanadasi adabiyotida ma’rifatparvarlik g‘oyalari yyyet- akchilik qiladi. Shuningdek, mustabidlikka qarshi kurash, Ontario kengliklari, inson va tabiat mavzulari baland pardalarda kuylanadi. Tomas Xambertonning “Soatsoz”i Kanada adabiyotida yaratilgan ilk mashhur va yetuk asar hisoblanadi. Adibning yana “Attashe” degan esse yo‘lida yozilgan asari ham bor bo‘lib, bularda jamiyat- dagi muammolar tanqid ostiga olinadi. Shuning uchun ham Tomas Xambertonni “satira otasi” deb nomlashadi. Chunonchi, adib Sem obrazi orqali ayrimlarga xos bo‘lgan manmanlik, tovlamachilik, firi- bgarlik, oddiy odamlarga nisbatan bepisandlik kabi illatlarni ochib tashlaydi. Xambertonning “Soatsoz”i Amerika, Angliya, Fransiya, Olmoniya kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop etiladi. Asar key- inchalik jahonning yana qator tillariga tarjima qilinadi. Opa-singil Katrina Treyl va Syuzanna Mudi hikoyalarida esa Kanadaning injiq tabiati, qahraton sovuqlarda ovrupaliklarning hayot uchun kurashi,
tubjoylik hindu-inuitlar bilan munosabatlari aks ettiriladi. Ingliz Kanadasi adabiyotining ko‘zga ko‘ringan yana bir vakili J. Richard- sondir. Ijodkorning “Tekulis – G‘arb kurashchisi” poemasi, “Vakus- ta”, “Kanadada sakkiz yil”, “Tugallanmagan 1812-yil urushi” ro- manlarida kanadalik hindularning amerikalik bosqinchilarga qarshi kurashlari aks ettirilgan.

  1. asrning ikkinchi yarmiga kelganda Kanada adabiyotida alo- hida kayfiyat paydo bo‘ladi. Har ikki adabiyot – franko-kanada va anglo-kanada ijodkorlari asarlarida milliylik uchun kurash, o‘zlikni yagona millat sifatida anglash, go‘zal Kanada tabiatini, vatanparvar- likni kuylash ustivor mavqe kasb etadi. Bu davrga kelib, ingliz Kana- dasi she’riyatida Charlz Mer, Aleksandr Maklachlan, Izabella Kroun- ford, Bliss Karmen, Charlz Robertson kabi shoirlar alohida e’tibor qozonishadi. Archibald Lampmen Kanada tabiati kuychisi sifatida o‘z davrining eng iqtidorli shoiri, deb e’tirof etiladi. Asl hinducha ismi Texaki Onveyk bo‘lgan Pomena Jonson poemalari va she’rlarida qa- dim hindular qo‘shiqlariga jo qiligan erk va ozodlik haqidagi orzu ar- monlar, ona tabiat manzaralari baland pardalarda kuylanadi.

  2. asr Kanada adabiyotida yanada o‘zgacha mavzular yuzaga keladi. Xususan, kanadalik inglizlar va kanadalik fransuzlarning zid- diyatli munosabatlari, qarama-qarshiliklari, fermerlarning, qishloq hayotining qiyinchiliklari, tabiat injiqliklari mavzulari qalamga oli- nadi. Xyu Maklenan, Fridrix Fillip Grov, Jak Godbu, Timoti Find- ley, Ryujan Dyusharm asarlarida mana shu mavzular har tomonlama keng va teran yoritib berilgan.

Adabiyotshunoslar tomonidan Robertson Devisning “Deptfor trilogiyasi” XX asr Kanada adabiyotining eng mukammal asari, deb e’tirof etiladi. TIFF (Timoti Irvin Frederik) ning “Urushlar” romani Kanada general-gubernatorining Oliy mukofotiga noil bo‘lgan. Kanada yozuvchilari asarlari asosida badiiy filmlar yaratiladi. Chu- nonchi, Maykl Ondatjening “Angliyalik patsient“ filmi “Oskar” mu- kofoti bilan taqdirlanadi. Bularning hammasi bir bo‘lib esa, Kanada adabiyotining jahonga tanilishiga olib keladi.
Poeziya ham bu davrda gullab yashnadi. Margaret Etvud, Fillis Vebb, Gvedolin Mak Yuin kabi zamonaviy shoirlar o‘ziga xos ma- vzu va uslubiy rang-baranglik bilan elga, yurtga, dunyoga tanildilar. Adabiyotda har xil tajribalar amalga oshirildi. Chunonchi, Jo Rozen- blat she’r shaklida, Leonard Koen esa dunyoni badiiy-estetik qabul qilish va aks ettirishda syurrealistik eksperimentlar o‘tkazdi.
Bu vaqtga kelib, adabiyotning millat taqdiridagi ahamiyatiga e’tibor qaratgan Kanada hukumati bu borada qator xayrli ishlarga qo‘l urdi. Jumladan, odamlarning badiiy-estetik ongini shakllanti- rishga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqilib, jamiyatga tadbiq etil- di. Masalan, hukumatning “She’riyat tarbiyasi” dasturi 7–12 yoshli bolalarning badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatdagi mash’hur shoirlarni boshlang‘ich va o‘rta maktablarga biriktirib qo‘yildi. Natijada, shoirlar ustoz maqomida turib, murg‘ak qalb va onglarga she’riyatning sehrli ol- amidan saboq berdilar. Navbatdagi bosqichda esa talabalar, huku- mat idoralari va boshqa ko‘plab sohalar xodimlarining adabiyotga qiziqishlarini oshirish, ularda estetik tuyg‘uni tarbiyalash uchun yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi domiy tadbirlar o‘tkazildi. Bun- dan tashqari, 1990-yillarda “Kanada shoirlari ligasi” tashkil etilib, adabiyotga bag‘ishlangan festivallar, tanlovlar uyushtiriladi, bolalar va kattalar ijodidan namunalar saylanib, nashr qilinadi, butun mam- lakat bo‘ylab targ‘ibot ishlari olib boriladi. Mazkur liganing muhim vazifalardan yana biri shu ediki, u chet mamlakatlarda Kanada yo- zuvchilarining kitob yarmarkalarini tashkil etadi hamda dunyodagi e’tiborli adabiyot markazlariga Kanada ijodkorlarining yangi asarlari haqida axborot tarqatadi. Bunday sa’y-harakatlar o‘z mevasi berdi: 2013-yilda 82 yoshli yozuvchi Elis Manro (“Zamonaviy hikoyalar ustasi”) adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq deb topildi va bu xabar Kanada adabiyoti shuhratini jahonga yoydi.
Bugungi kunda ko‘pmillatli mamlakatda Kanada yozuvchilar uy- ushmasi, Kanada she’riyat assotsiatsiyasi, Shoirlar ligasi, Kanada mualliflar assotsiatsiyasi, Yozuvchilar bolalar uchun, Kanada san’ati
konfederatsiyasi kabi tashkilotlar faoliyat yuritib, Kanada adabiyo- tining rivojiga xizmat qilib kelmoqda.



Download 0,5 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.