• Singapur adabiyoti.
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet115/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Indoneziya adabiyoti. Indonez xalqining adabiyoti XIX asr ox- iri, XX asr boshlarida vujudga kelgan, yangi adabiyot hisoblanadi. Adabiyotning ibtidosi bu yerda ham xalq og‘zaki ijodidir. Indone- ziya o‘z mustaqilligini 1945-yilda qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtdan buyon indonez tilidan tashqari, xitoy, golland kabi tillarda ham ba- diiy asarlar yozildi hamda indonez xalqi muammolarini jahonga, o‘z navbatida, jahon adabiyotini indonezlarga tanitishda katta ahamiyat kasb etdi.
    Amir Hamzah, Sitor Situmoran, Hayril Anvar kabilar indonez xalqining zabardast shoirlaridan sanaladi. 1945-yilgi inqilob xalq tarixida ulkan rol o‘ynadi. Davr adabiy oqimi “45-yil avlodi” de- gan nom bilan tarixda qoldi. Oqimni shoir va tarjimon Hayril Anvar boshqargan. U asarlarida xalq tili shevalaridan unumli foydalangan va indonez tili mavqeini yuksaltirgan.
    Indoneziya yozuvchisi Marah Ruslining (1889–1968) tarixiy “Sitti Nurbaya” romani (1922) shoir va tarjimon Abdulhamid Par- dayev tomonidan o‘zbekchaga o‘girilgan va chop etilgan.
    Singapur adabiyoti. Singapur ham ana shu mingorollarda joylashgan, jadal rivojlanib borayotgan Okeaniya mamlakatidan biri bo‘lib, adabiyoti dunyodagi eng yosh adabiyotlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham Singapur milliy adabiyoti deb atalishga muno- sib adabiyot hali oldinda. Siril Vong, Eng I-Shen, Elvin Pang kabilar Singapurning taniqli ijodkorlaridan. Elvin Pang Singapur adabiyoti antologiyasini tayyorlab, nashr qilgan. Antologiyalardan biri “Tima- sik” deb ataladi va Singapurda adabiyot ixlosmandlari orasida shuh- rat qozongan. Sinnatambi Rajaratnam (1915–2006) ning “Yo‘lbars” hikoyasi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Jahon adabiyoti” jurnalida e’lon qilingan.52


    Afrika adabiyati


    Afrika qit’asidagi ko‘plab mamlakatlarning o‘ziga xos, ayni paytda, bir-biriga o‘xshash hamda noo‘xshash og‘zaki va yozma adabiyotlari mavjud. Afrika qit’asida joylashgan Misr mamlakati adabiyoti o‘zining qadimiyligi jihatidan shumer, xitoy, hind, yunon adabiyotlari bilan bir qatorda turadi. Zamonaviy Misr adabiyoti ham dunyo o‘quvchilari e’tiborini o‘ziga jalb qila bilgan. Uning bag‘rida Najib Mahfuzdek Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan. Lekin Afrikada Misrdan boshqa yana o‘nlab mamlakatlar mavjud bo‘lib, quyida asosan shular haqida so‘z yuritiladi.





    52 Мир без границ. – Ташкент: Звезда Востока, 2013.
    Avvalo shuni aytish joizki, Afrika mamlakatlari adabiyoti Ovrupa adabiyotidan o‘zining asosiy qismi og‘zaki adabiyot bo‘lishi bilan farqlanib turadi. Yana Ovrupa adabiyotida shakl va mazmun bir-biri- dan keskin ajraladi. Afrika adabiyotida esa, ularni bir-biridan ajratish mahol. Ifodaning go‘zalligiga shakl go‘zalligi uchun emas, balki tin- glovchini ko‘proq jalb qilish, dialog uchun ahamiyat beriladi.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.