O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet113/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Avstraliya adabiyoti


Avstraliya adabiyoti, asosan, ingliz tilidagi adabiyotdir. Uni yana sintez adabiyoti ham deyishadi. Chunki taxminan XVIII asrgacha mahalliy aborigenlarning og‘zaki adabiyoti mavjud bo‘lgan. Bu vaqtdan e’tiboran esa, qit’aga inglizlar kelishdi hamda sekin-asta o‘z adabiyotlarini barpo etishdi. Qolaversa, qit’aga boshqa xalq vakillari ham ko‘chib kela boshlashdi. Natijada Avstraliya adabiyoti ko‘plab xalqlar adabiyotidan tashqil topgan sintez adabiyotga aylandi. Shun- ga qaramay, ingliz tilidagi adabiyot yyyetakchi mavqyega ega.


Demak, 200 yildan ortiqroq vaqt davom etib kelayotgan qit’a ad- abiyotini quyidagicha davrlashtirish mumkin:

  1. Kolonial yoki ingliz-avstraliya davri (1788–1880);

2. Milliy davr (1880–1920);
3. Zamonaviy davr (1920-yillardan hozirgacha). Avstraliyaning dastlabki adabiy yodgorliklari deya qit’aga kel-
gan kema zobitlari bo‘lgan Ison Uayt (1756–1832), Uotkin Tench (1758–1833) va Devid Kollinzlarning (1756–1810) memuarlari va yo‘l qaydnomalari aytiladi. Ilk she’riy asarlarning mazmuni Angli-
yadan qochib kelgan yo surgun qilinganlarning erkin hayot haqida bo‘lib, ballada janrida yozilgan. Charlz Tompson (1806–1883), Charlz Ventvortlar (1790–1872) dastlabki lirik shoirlar hisoblanadi. Charlz Garpur (1813–1868) esa, davrning ulug‘ shoiri sifatida tan olinadi.
Shundan keyin Avstraliya adabiyotining milliy davri bosh- landi. Bunga sabab esa odamlar qit’aga o‘rgandilar, uni sevdi- lar, o‘zinikidek his qildilar. Natijada adabiyot Angliya adabiyoti ta’siridan chiqishga, o‘z mavzularini o‘z yo‘llarida kuylashga intildi. Adabiyotining milliy davri Jyul Fransua Archibald va Jon Xayns- lar asos solgan “Byulleten” haftaligidagi chiqishlardan boshlangan. Avstraliyadagi hayot, qishloq manzaralari, do‘stlik, mardlik va in- sonlar o‘rtasidagi tenglikni kuylash Banjo taxallusli Endryu Barton Patterson (1864–1941), Genri Louson (1867–1922), Charlz Brennan va Nilson singari shoirlarni yurtga tanitdi.
Zamonaviy davr Avstraliya adabiyoti Amerika, Angliya va Ir- landiya adabiyotining muayyan darajadagi ta’sirida bo‘ldi. Nasr, nazm, dramaturgiya rivojlandi. Qit’a aborigenlarining hayoti va xalq og‘zaki ijodiga e’tibor berildi, ular qayta baholandi. Shu bilan birga, sekin-asta Avstraliya adabiyoti o‘z ovoziga ega bo‘lishga talpindi. Yozuvchi Patrik Uayt 1973-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel muko- fotiga munosib deb topildi. Kristofer Kox, Geyl Parter singari nosir- lar ijodida avstraliyacha shakl va mazmun yaqqol aks etdi.
Natal’ya Krofts bugungi Avstraliya adabiyotida rus va ingliz til- larida ijod qiluvchi zamondosh ijodkorlar sirasiga kiradi. 1976-yilda Ukrainada tug‘ilgan. Moskva davlat (Rossiya) va Oksford (Angliya) universitetlarining mumtoz filologiya fakultetini tamomlagan. Sid- ney (Avstraliya)da yashaydi. Yozuvchi, shoir, tarjimon. U ilg‘or ta- fakkurli zamonaviy ijodkorlar vakili bo‘lib, dunyo kezadi (60 dan ortiq mamakatlarda yashagan), turfa xalqlar adabiyoti bilan yaqin- dan tanishadi, ular haqida maqolalar, suhbatlar uyushtiradi. Ijodkor 2013-yilda O‘zbekistonga ham tashrif buyuradi. Yozuvchi va adabi- yotshunos Ulug‘bek Hamdam bilan “Bepoyon olam” nomli suhbati
“Zvezda Vostoka” jurnalida e’lon qilinadi51. Suhbatda Avstraliya adabiyoti, uning ko‘zga ko‘ringan vakillari haqida so‘z yuritib N. Krofts: “Ingliz tilidagi adabiyot bilan qiziquvchilar Piter Keri, Nobel sohibi Patrik Uayt, shoir Genri Lousonni yaxshi bilishadi, yaqinda nomi chiqqan Aravinda Adiguning “Oq yo‘lbars”si menga juda man- zur. Avstraliyadagi rus adabiyoti esa, 1911–1912-yillarda, qit’aga
K. Balmont, A. Usov, S.Alimovlar kelgandan boshlangan. Ulardan faqat oxirgisi bu yerda qoldi” deydiki, bundan ham Avstraliya ad- abiyoti ko‘plab millatlarning sintez adabiyoti ekani ayon bo‘ladi.
Endi kashf qilinganda, Avstraliya qit’asi Angliya jinoyachilari surgun qilinadigan joy bo‘lib xizmat qilgan. Vaqtlar o‘tib esa, bu yerga kelganlarning ko‘pchiligi Angliyaga qaytib ketishmay, Avs- traliyani o‘z vatanlari deb bilishdi. Adabiyot shaklan ingliz va irland adabiyoti ta’sirida bo‘lsa-da, Avstraliya qit’asi voqeligini aks ettirdi.



Download 0,5 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.