POSTMODERNIZM
REJA:
Postmodernizm va uning paydo bo‘lish omillari.
Postmodern adabiyotning mazmun mohiyati, namoyan- dalari.
Postmodernizmning modernizmdan farqi.
Universal gumanizm (jami tirik mavjudodga teng qa- rash).
Ikkiyoqlama kodlashtirish tamoyili (xos va avom adabi- yoti o‘rtasidagi chegaraning olib tashlanishi).
Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, “muallif o‘limi” konsepsiyasi, intertekstuallik.
U. Ekoning “Atirgul ismi” romani – postmodernizmning manifesti.
Postmodernizm va bugungi o‘zbek adabiyoti manzarasi.
Tayanch so‘z va iboralar: postmodernizmga oid tushunchalar, murakab va ziddiyatli oqim, ommaviy didsizlashuv, dizaynlashuv, universal gumanizm, ikkiyoqlama kodlashtirish, intertekstual o‘yin, janrlar mutatsiyasi, “muallif o‘limi”, logotsentrizm, an’anaviy qa- driyatlar, o‘zbek adabiyotida postmodernizm.
XX va XXI asrlar shiddatli o‘zgarishlar davri bo‘lib, bu asrlarda inson va jamiyat kayfiyati bot-bot turlandi. Natijada badiiy adabi- yot uchun uslub, oqim va yo‘nalishlar xilma-xillligi oddiy holga, romantiklikdan ko‘ra realistik ruh badiiy adabiyotning yyyetakchi kayfiyatiga aylandi. Jamiyat va inson hayotiga bo‘lgan e’tibor, badi- iylikdan ko‘ra g‘oyaviylikka urg‘u berish (publitsistik ruhning orti- shi), qahramon psixologiyasiga kirish, uning faol hayotiy pozitsiyas- ini aniqlash ko‘pchilik zamonaviy asarlarga xos bo‘lib bordi. Ushbu zamonaviy yo‘nalish ilmda postmodernizm nomini oldi. Postmod-
ern nasrning asosiy prinsiplari italyan Umberto Eko (1932–2016), Italo Kalvino (1923–1985), amerikalik Djon Bart (1930), olmon Patrik Zyuskand (1949), chex Milana Kundera (1925) va serb Milo- rad Pavich (1929–2009) asarlarida ko‘rinadi.
Postmodernizm modernizmdan keyin kelgan bo‘lib (“post” – ke- yin ), o‘ta murakkab va serqirra adabiy oqimdir. Adabiy oqim deyil- sa-da, postmodernizm xuddi modernizm kabi inson dunyoqarashiga ta’sir qilgan, keng tarmoqli va g‘oyat ziddiyatli hodisadir. U haqdagi qarashlar hali tugallanib, xulosalanmagan. Chunki hodisaning o‘zi davom etmoqda. Qayerdaki, xaos bor ekan, u yerda postmodernizm ham bor, deya qaraladi.
O‘zbek adabiyotshunosi – prof. D. Quronov (va boshq.) ning “Adabiyotshunoslik lug‘ati” kitobida postmodernizm haqida quy- idagicha ta’rif beriladi: “POSTMODERNIZM (fr. postmodern- isme – modernizmdan keyingi) – o‘tgan asrning ikkinchi yarmi- dan boshlab adabiyot va san’atda, umuman, ijtimoiy-gumanitar sohalarda kuzatila boshlagan oqim, ijodiy metod. Fransuz poststruk- turalizmining dekonstruksiya (J.Derrida), postfreydizmning “shizo- analiz” va “ongsizlik tili” (Lakan, J.Delyoz, F.Gattari) ta’limotlari hamda semiotikadagi kinoyaviylik konsepsiyasi (U.Eko) P.ning fal- safiy asosini tashkil qiladi. P.ning yuzaga kelish vaqti, o‘ziga xosligi masalasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim mutaxassislar P. 40-yillarda, J.Joysning “Finnegan ma’rakasi” (1939) asari bilan boshlangan desa, boshqalari o‘tgan asrning o‘rtalarini, yana bir xillari 70 – 80-yillarini ko‘rsatadilar. Holbuki, P. termini ancha avval paydo bo‘lgan: ilk bor P.Vinnitsning “Ovrupa madaniyati inqirozi”(1917) asarida ishlatilgan bo‘lsa, Toynbining “Tarixni o‘rganish”(1947) asarida termin kultur- ologik ma’noda, jahon madaniyatida ovrupatsentrizmning barham topishi ma’nosida qo‘llanadi. Adabiyotshunoslikda ham P. termini XX asrning 20-yillardanoq ishlatilgan bo‘lib, u adabiy jarayondagi modernizmga aks ta’sir hodisalarini, 60 – 70-yillar amerika adabiy tanqidchiligida esa ultramodernistik ijodiy tajribalarni anglatgan...”47
47 Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Тошкент: Akademnashr, 2010. – B.227.
Postmodernizmga modernizmning davomi sifatida ham, undan alohida, hatto uning inkori, aksi sifatida talqin qilishlar ham ilmda bor. Bu ikki oqim mazmun-mohiyatini, ularning bir-biridan ajratib turuvchi xususiyatlarini yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi jadvalga48 nazar tashlaymiz:
|