O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet107/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Antidrama. (Absurd teatri). 1950-yildan, E. Ioneskoning “Taq- irbosh qo‘shiqchi ayol” pesasi sahnaga qo‘yilgan vaqtdan boshlan- gan. E. Ionesko va S. Bekketlar dramaturgiyasini har xil baholash bor: absurd dramasi, paradoks dramasi va antidrama. Chunki aynan shularga kelib dramaning an’anaviy ko‘rinishi buzildi: janr, syujet, voqeaning psixologik rivojida tamoman boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Antidrama hayotni mantiqsiz deya qaraydi. Lekin ekzistensi- alistlar Sartr va Kamyudan farq qilib, Bekket va Ionesko falsafa va mafkurani inkor qiladi. Ular o‘z teatrlarini mavzuga qarshi, mafkura- ga qarshi, reallikka qarshi deb bilishadi. Inson tushgan holatlarni be’mani deb ataydi: masalan, “Godoni kutish”da asar personajlari Vladimir va Estrogan qandaydir Godoni kutishaveradi. Ioneskoda esa odamlar to‘ng‘izga aylanib qoladi (“To‘ng‘izlar” asarida). Anti- drama tushuntirmaydi, tahlil qilmaydi, balki tamoshabinni umidsiz va bema’ni kayfiyatga tortqilab ketadigan tarzda faqat ko‘rsatadi. Dunyo ko‘pdan ko‘p versiyalar makoni sifatida talqin etiladi. Unga san’atni o‘yinga anlantirish xos. Pesadagi dialoglar bir-biri bilan uzviy bog‘lanmagan (modernizmdan ko‘ra postmodernizmga yaqin holatlar). Hech kim hech kimni eshitmaydi, hamma o‘zi haqida ga-
piradi. Hayotda ko‘p qaytariladigan, siyqasi chiqqan frazalarni qolip
sifatida takrorlash orqali turmushning bir xilligiga urg‘u beriladi.
Nima uchun roman va drama so‘zlari oldiga “anti” affiksi qo‘shilgan, degan savol tug‘iladi. Chunki Anri Bergson, Shopen- gauer, Nitsshelar hayotni aql bilan tushunib bo‘lmaydi, uni faqat his qilish mumkin, haqiqatga his orqali yetiladi, reallikdan voz kechib, irratsionallikka e’tibor berish kerak, aql bu yo‘lda faqat halaqit be- radi, deb bilishgan. Shu uchun ham aql bilan yaratilgan hamma jan- riy kanonlarni buzib tashlash kerak, deb qarashgan. “Anti” affiksi shu bois paydo bo‘lgan. Bu falsafa Ikkinchi jahon urushidan keyin tug‘ilgani uchun ham tushkun kayfiyat urfurib turadi.
Modernizmning ko‘plab oqimlari bo‘lib, ularning aksari uzoq yashamagan, aksincha, jamiyat kayfiyatining u yoki bu qirrasini ifoda qilib, bir necha o‘n, hatto bir necha yil yashab, so‘ng o‘rnini boshqa yo‘nalishga bo‘shatib beravergan. Shulardan syurealizm tush va voqelik uyg‘unligini, ipressionizm lahzalik taassurotni, fu- turizm insonning kelajak bilan bog‘liq qarashlarini ifoda qilgan. Avangardizm esa modernizmning o‘ta radikal oqimlarining (sy- urealizm, dadaizm, futurizm kabi) umumiy nomi sifatida tushini- ladi. Avangardizm adabiyotning reallik bilan aloqasini inkor qiladi, an’anani tan olmaydi, butunlay yangi shakllarni yaratish g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi. Avangardizm ba’zan modernizm ma’nosida ham ishlatiladi.
Modernizmning Joys, Kafka, Kamyu, Bekket, Prust, Vulf, Folkner, Eliot kabi yirik namoyandalari bor bo‘lib, ijodkor sifatida ularning har biri alohida-alohida qiyofaga ega. Chunonchi, irland yozuvchisi Jeyms Joys (1882–1941) “Uliss”, “Musavvirning yosh- likdagi suvrati ” kabi romanlari, qator hikoyalari mashhur. Badiiy adabiyotdagi ong oqimi degan tushuncha yozuvchining hikoya qil- ish uslubida ko‘rinadi. Ong oqimi tushunchasi dastlab amerikalik ruhshunos Uilyam Jeyms(1842–1910)ning “Psixologiya asoslari”46



46 Джеймс У. Поток сознания. В кн.: Психология. – М.: Педагокика, 1991. С.54–80.
nomli tadqiqotida ko‘tarilgan. Ong oqimi Jeyms Joysning “Uliss” nomli ko‘pdan ko‘p bahsu munozaralarga sabab bo‘lgan romanida yaqqol aks etgan. Roman katta hajmga ega bo‘lib, qahramonlar o‘z ongi oqimiga o‘zligini topshiradi: o‘tmishi, buguni, ertasi, hayoti, odamlar, umuman hamma narsa haqidagi haqidagi o‘y va fikrlari birin-sirin tasvir etilaveradi. Bu yerda ketma-ketlik, izchillik yo‘q. Asar voqealari (aslida, so‘zlab berish mumkin bo‘lgan tuzukroq vo- qeaning o‘zi yo‘q) ana shu oqimdan bino bo‘ladi, ularda xronologik tartib, ko‘nikilgan mantiq intizomi buzilgan. Chunonchi, qahramon- lardan birining xayoli 45 bet sahifani egallagan bo‘lib, nuqta, ver- gulsiz davom etadi. Yozuvchi bu o‘rinda ong oqimining naturalistik tasvirini beradi. Ya’ni qahramon xayollari modelini so‘z bilan chiza- di. Qisqasi, mazkur modernistik romanning mazmun-mohiyati qah- ramonlar ruhiy kechinmalari, o‘y va xayollari tasviri orqali ochiladi. Chexiyada tug‘ilgan, yahudiy millatiga mansub, olmon tilida ijod qilgan Frans Kafka (1883–1924) o‘zining qisqa hayoti mobaynida “Jarayon” degan roman, “Evrilish”, “Jazo koloniyasi” kabi bir qa- ncha hikoyalar hamda “Otamga maktublar”, “Milenaga maktublar” kabi epistolyar janrdagi xatlari bilan adabiyot tarixida mustahkam o‘rin egallagan yozuvchidir. Uning badiiy asarlari dunyoni bosib kelayotgan fashizm kabi xavfdan ramziy yo‘sinda ogohlantiradi. U bu xavf qarshisida qo‘rquvga tushadi. Qo‘rquvni adabiyotga olib ki- radi. Mavjud voqelik oldida oddiy insonning nihoyatda ojiz va haqir holini juda yorqin obrazlar yordamida tasvirlaydi. Chunonchi, “Jazo kaloniyasi” hikoyasida bir zobit jazo mashinasini yaratadi. Bu mash- ina aslida qahramonni o‘rab turgan muhit. Vaqti kelib uni yaratuv-
chisining o‘zi ham shu mashinaga yem bo‘ladi .
Nobel mukofoti sohibi fransuz yozuvchisi Alber Kamyu (1913– 1960) o‘zining “Begona”, “Vabo” kabi romanlari, “Kaligula”dek dramatik asarlari, “Sizif haqida afsona”, “Isyon qilayotgan inson”singari esselari bilan mashhur. Asarlarida ilgari surib, himoya qilgan g‘oyalari tufayli Kamyuni “Ovrupaning vijdoni” deyishadi. “Begona” romani orqali Kamyu jamiyat va inson o‘rtasidagi mu-
rakkab munosabatni, ularning o‘zaro bir-biridan begonalashuvini aks ettiradi. Avvalo, shuni ta’kidlab aytish joizki, Merso (asar qa- hramoni) bir firma xodimi esa-da, aslida, ma’naviy-ruhiy darajasi va kayfiyatiga ko‘ra murosasiz faylasufdir. Uni tushunish uchun masalaga, avvalo, shu nuqtai nazardan yondashmoq kerak. Merso o‘zining kayfiyati va yashash tarzi bilan, o‘y, xayol va amallari bi- lan, nazarimda, kasbi koridan qat’i nazar, XX asr Ovrupasi ziyoli- sini, umuman, fikrlovchi inson ma’naviy qiyofasini yodga soladi. Mersoning zohirida aks etib turgan sovuqqonligiga sira aldanib qol- ish kerak emas. U, aslida, dunyoga kelib-ketish, tiriklik, inson hayoti mazmun-mohiyatini tit-pitini chiqarib o‘ylaydigan kamyob odam- larning o‘ziga xos obrazi. Muttasil fikrlash orqali o‘zining – inson- ning chegaralarini teran anglagan, his qilgan, ayni chog‘da, odam- lar undan kutgan, talab qilgan turmush haqidagi jaydari falsafayu muomaladagi zohiriy mulozamatga ko‘nmagan va ko‘nikmagan, qaytaga, ularga nisbatan yuragida bitmas-tuganmas isyon olovi bi- lan yashashga mahkum etilgan jabrdiyda inson obrazidir Merso.Uni qiynoqqa solgan narsa bu – insonlik qismati.
Merso turlanmaydi, u nimani o‘ylasa va his qilsa, shuni gapira- di, ko‘zbo‘yamachilikni o‘ziga – insonga ep ko‘rmaydi. Biroq bu dunyoda – odamlar orasida samimiy bo‘lish behad tahlikali bo‘lib chiqadi. Merso o‘z samimiyati uchun dorga osilishga hukm etiladi. Samimiyati uchun jamiyat ichra begona deb topiladi. Savol tug‘iladi: xo‘sh, begona kim o‘zi? Nahotki, o‘z vijdoni oldida buqalamundek turlanmagan Merso bo‘lsa? Yoki u dili boshqayu tili boshqa qol- ganlarmi – Mersoning atrofidagi odamlarmi, jamiyatmi? Yozuvchi o‘quvchini ana shunday dilemmaning chiqish mushkul bo‘lgan cho- higa uloqtirib yuboradi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.