|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 103/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulSent-Ekzyuperi (1900–1944) Malro, Sartr, Kamyu singari fransuz adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa va ovozga ega bo‘lgan ijodkorlar sirasiga kiradi.
Sent-Ekzyuperi 1900-yilning 29-iyunida Lion shahrida ildizi qadimiy, vaqt o‘tib qashshoqlashib qolgan zodagonlar oilasida du- nyoga keldi. Ekzyuperi 12 yoshga to‘lganda birinchi bor havoga ko‘tarilgan: o‘sha paytdagi mashhur fransuz o‘quvchisi Vedren uni Ambore shaharchasi yaqinidagi aerodromdan birga olib osmonga uchadi. Parvoz ishqi mana shu lahzadan boshlab yosh Antuanning hayotdagi asosiy, bir umrlik maqsadi bo‘lib qoldi.
Aviatsiya Sent-Ekzyuperi uchun birinchi navbatda dunyoni o‘rganish, uni kashf etish, insondagi nodir fazilatlarni tarbiyalov- chi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka, birodarlikka yo‘l ochuvchi vosita edi. U o‘zini hech qachon professional yozuv- chi, deb hisoblamagan edi. «Yozishdan avval yashash kerak» – bu so‘zlar Sent-Ekzyuperining bir umrlik shioriga aylandi. U chetdan turib kuzatishdan, voqelikdan uzoq mulohazalar chiqarishdan ko‘ra, sodir bo‘layotgan voqealarning faol ishtirokchisi bo‘lishni ma’qul ko‘radi. Ispaniyada grajdanlar urushi boshlanishi bilan «Pari suar» gazetasining muxbiri sifatida bu mamlakatga junaydi.
Sent-Ekzyuperining ijodiy merosi «Janubiy pochtachi» (1928),
«Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuv- chi» (1942) «Kichkina shahzoda» (1942) asarlari va tugallanmagan
«Qala» falsafiy romanidan iborat.
1930-yilda Buenos-Ayresda yozilgan «Tungi uchish» asari 1931- yili Fransiyadagi Gollemar nashriyotida chop etildi va o‘sha yiliyoq,
«Femina» adabiy mukofoti bilan taqdirlandi. Adabiyotshunoslar ushbu romanni, “ular yashayotgan jamiyatdagi xudbinlikka qarshi yozilgan burchning go‘zalligi va ulug‘vorligi haqida hikoya qiluv- chi asar”, – deb baholadilar. «Harbiy uchuvchi» asari esa o‘z shakli bilan bir kunlik voqealar haqidagi reportajni eslatadi.
Yozuvchi nemislar qurshovida bo‘lgan Arras shahri tomon uchay- otgan fransuz razvedkachi samolyotining parvozi haqida hikoya qila-
di. «Bashar sayyorasi»da ta’kidlangan insonlar birdamligi g‘oyasi bu asarda yana ham kengayadi. Asar Ekzyuperining Ispaniya vo- qealariga bag‘ishlab yozgan gazeta ocherklarini yodga soladi. «Har- biy uchuvchi» da yozuvchi qarashlari, uy-fikrlari abstrakt xarakterda bayon etilgani, uni Fransiyada nemis harbiy senzurasini chalg‘itib bosilib chiqishida muhim rol uynaydi. Asar o‘quvchini asta sekin chulg‘ab oluvchi tashvish va qayg‘u ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Shundan bo‘lsa, kerak, adabiyotshunos M.Vaksmaxer «Harbiy uchuvchi»ni insonlarni qo‘lga kiritilmagan baxtiga yozilgan elegiya deb ataydi. Yozuvchi asarda inson ma’naviy hayotining oydin yullari va boshi berk ko‘chalari haqida falsafa yurgizadi. XVIII asr ma’rifatchilik falsafasi bilan bog‘liq bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalari Ekzyuperi uchun juda ham qadrli bo‘lib, bu ideallar toptalmoqda edi. Eng achinarlisi inson unutildi, kamsitildi va tahqirlandi. Shuning uchun yozuvchi insonlarni so‘zdan amaliy ishga o‘tishga undaydi. Yozu- vchining fikricha buning faqat bitta yo‘li bor, u ham bo‘lsa – faoliyat ko‘rsatish.
Sent-Ekzyuperi ijodidagi muhim asarlardan biri «Kichkina shahzoda» falsafiy ertagi 1942-yilda yozuvchi Nyu-Yorkda yasha- gan paytida yozildi. Ushbu asar janr va kompozitsiya bo‘yicha av- valgilardan farq qiladi. Dunyoning yuzlab tillariga tarjima qilingan ushbu asar fransuz yozuvchisining eng mashhur asari sifatida tan olingan.
Sent-Ekzyuperi o‘z qahramoniga 5–6 yoshdagi bola ruhiyatiga xos xususiyatlarni ato etgan. Asar davomida bolalik dunyosi kattalar dunyosiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Kattalarning hayotni bezab tu- ruvchi romantika va go‘zallikni his qilish kabi hislardan yiroq, ekan- ligi bolani hayratga soladi. Shuning uchun ham kattalar shahzoda chizgan filni tiriklay yutib yuborgan bo‘g‘ma ilon rasmini «shlyapa» deb ataydilar. Bola esa o‘sha kattalar ko‘ra olmaydigan quticha ichi- dagi qo‘zichoqni ko‘ra oladi. Umuman shahzoda hali kattalar qad- ami yetmagani soflik sayyorasining sohibidir. Bosh qahramon ism- siz – Kichkina shahzoda deb atalishi ham shundan.
Sent-Ekzyuperi asardagi Baobab obrazi orqali insoniyatga xavf
solayotgan fashizmni va inson ma’naviy barkamolligining asosiy
«kushanda»si hisoblangan loqaydlikni tasvirlagan: «– Bizda shun- day bir qoida bor, – dedi Kichkina shahzoda keyinchalik men- ga. – Ertalab uyqudan turib yuz-qo‘limni yuvgach, uyoq-buyoqni yig‘ishtirgandan so‘ng darhol sayyorangni tozalashga kirishmog‘ing lozim. Baobablarni har kuni, qanday qilmay yo‘q qilib turish kerak. Ammo ularni gul ko‘chatidan ajrata bilish kerak: ikkkalasining ni- holi bir-biriga judayam uxshaydi. Bu haddan tashqari zerikarli ish, lekin sirayam qiyin emas».
Sent-Ekzyuperi ertak va rivoyatlarniig an’anaviy qahramonlarini noan’anaviy va favqulodda holatlarda tasvirlaydi. Masalan, birinchi sayyorada yashovchi qirolning boshqa qirollardan farqi shundaki, u yolgiz (sayyorasidagi yagona kalamushni hisobga olmaganda) yashaydi. Juda ham kichkina sayyorada umr kechiruvchi bu qirol faqat «Oqilona farmoyishlar berish» bilan chegaralanadi. Yozuvchi ertakda abstrakt romantik obrazlarni oddiy maishiy obrazlar bilan qo‘shib yuboradi. Tulkining ovchi va tovuqlar haqidagi mulohaza- lari fikrimizning dalili bo‘la oladi. «Kichkina shahzoda»da asotir va marosimlarga borib taqaluvchi qadimiy sehrli ertak semantikasi qayta jonlantirilgan: shahzoda sayyorama-sayyora kezib, bir qancha sinovlardan o‘tganday bo‘ladi va oxir-oqibat yerda u haqda yangi bilimlarga ega bo‘ladi.
Yerda bolaga birinchi to‘qnash kelgan jonzod – ilon. Bu jonzot bolaga odamlar tomon yo‘l ko‘rsatadi va o‘z zahri bilan uni yana o‘z sayyorasiga qaytishiga yordam berishini va’da qiladi. Ilon bolaga insonlar haqidagi achchiq haqiqatni ochadi.
– «Odamlar qayoqda, odamlar? – deb tag‘in so‘radi nihoyat Kichkina shahzoda». – sahroda, har qalay, o‘zingni yolgiz sezarkan- san kishi... – Odamlar orasida ham o‘zingni yolg‘iz sezaverasan, – deb qo‘ydi ilon.
Sent-Ekzyuperi ijodining asosiy fazilati – insondagi yorug‘ mehr
va iroda qudratiga bo‘lgan ishonch kitobxon ko‘nglini yoritadi. U
insonlarni doimo yagona maqsad yo‘lida – insoniylikni saqlab qol- ish uchun birlashishga chaqirdi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar iro- dali, fidoiy, ezgulik yo‘lida halok bo‘lishga tayyor insonlar. Uning fikricha inson bo‘lish – bu mas’uliyatli bo‘lish deganidir. U butun ijodi davomida ana shu g‘oyani ilgari surdi.
|
| |