|
Alber Kamyu(1913–1960) va absurd falsafasi
|
bet | 102/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulAlber Kamyu(1913–1960) va absurd falsafasi. Atoqli adib, pub- litsist va faylasuf bo‘lgan Alber Kamyu hayoti va ijodiga qiziqish doimo yuqori bo‘lgan.
A.Kamyu 1913-yilning 7-noyabrida Jazoirning uncha katta bo‘lmagan Mondovi shaharchasida, qishloq xo‘jaligi ishchisi oila- sida dunyoga keldi. Otasi Lyusen Kamyu Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan. 1924-yili Belkurdagi boshlang‘ich maktabni tugat- gan Alber litseyga o‘qishga kiradi. Litseyni tugatgach, mahalliy uni- versitetning falsafa-tarix fakultetiga o‘qishga kiradi.
U 1935-yilda tashkil etilgan ko‘chma Mehnat teatrini tashkil etilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Bu yerda Kamyuning aktyorlik va re- jissyorlik iqtidori namoyon bo‘ldi. 30-yillarning oxirlarida “Ekip” teatr truppasi bilan butun Jazoirni kezib chiqadi. U sahnada rollar ijro etish bilan birga badiiy ijod bilan shug‘ullanishni ham davom ettirdi. “Jazoir Respublikasi” gazetasida muxbir va muharrir vazi- falarida ham ishladi, bir necha esse, onasi, buvisi va bobosi haqi- dagi xotiralardan tarkib topgan ilk kitobi “Ichki tomon va qiyofa” bosilib chiqdi, “Kaligula” pyesasining dastlabki chizgilari, ilk nas- riy to‘plamlar paydo bo‘ldi, “Saodatli o‘lim” romani yozildi, lekin nashrga berilmadi. Bu davrda “Sizif haqida asotir” falsafiy essesi us- tida ish boshlandi. 1938-yilda ikkinchi kitobi – “Nikoh” bosmadan chiqqach, 1940-yildan Parijda yashay boshladi. O‘sha yilning yo- zida “G‘aroyib urush” Fransiyaning mag‘lubiyati bilan tugagach, Kamyu Lionga va u yerdan Jazoirga keladi. Bir qancha muddat
33 Анвар Шер. Жан-Поль Сартр ва бадиий ижод эстетикаси// Жаҳон адабиёти. 2014 й. №4. -б. 189–193.
o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. 1942-yili Kamyu Fransiyaga qay- tadi Qarshilik harakatining “Komba” deb ataluvchi guruhiga a’zo bo‘ladi. 1944-yilda “Anglashilmovchilik”, 1945-yilda esa “Kaligu- la” asarlari sahnalashtirildi.
Urush yillarida yaratilgan asarlaridan ikkitasi – “Begona” va “Sizif haqida asotir” yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. 1947-yil- da nashr etilgan “Vabo” romani muallif nomini yanada mashhur qildi. 50-yillarning o‘rtalari va oxirida Kamyu yana teatrga qay- tib, o‘zining hamda boshqa mualliflar (Dostoevskiy, Folkner)ning asarlarini sahnalashtirdi. 1951-yilda nashr etilgan “Isyonkor odam” pamfleti Kamyuning bu turdagi so‘nggi yirik asari edi. 1957-yili Nobel mukofoti berilishi bilan qilingan ma’ruzasi mashhur bo‘ldi. O‘zining bunday yuksak mukofotga loyiq deb topilganini bilgan 44-yoshli adib: “... Men sarosimaga tushdim, ichimda bir hayajon uyg‘ondi.O‘zimni tinchlantirish uchun menga bunchalik saxiylik qilgan qismat bilan hisob-kitob qilishga to‘g‘ri keldi. Va men o‘z xizmatlarim bilangina unga loyiqman, deb hisoblay olmaganimdan, butun hayotim davomida turli vaziyatlarda madad bergan bir narsa- ga tayandim. Bu – san’at va yozuvchining roli haqidagi tasavvurim edi...”, – degan edi.
1960-yilning 4-yanvarida Rojdestvo bayramini o‘tkazib Parijga qaytayotgan Kamyu o‘z mashinasida avtohalokatga uchrab halok bo‘ladi. U bu davrda “Birinchi odam” romani ustida ishlayotgan edi. Asar yozuvchining o‘limidan o‘ttiz to‘rt yil keyin chop etildi va katta shuhrat qozondiki, adabiyotshunoslar Kamyuning hayotligida e’lon qilingan bironta asari bu qadar mashhur bo‘lmaganini e’tirof etishdi.
Kamyu falsafiy qarashlarining tadriji tarixiy sharoit bi- lan bog‘liqdir. Muallifning o‘zi ham asarlarining ikki turkumga bo‘linishi haqida gapiradi. Dastlabki – absurd mavzusiga “Sizif haqida asotir” essesi, “Begona” qissasi va “Kaligula” pyesasi kiradi. Isyon mavzusiga esa “Isyonkor odam” essesi va “Vabo” romanini kiritish mumkin.
A.Kamyuning “Sizif haqida asotir” asarida absurd tushunchasi ekzistensializmning asosiy tamoyili ekanligi tadqiq etilgan. Adib inson hayotining be’mani ekanligini Sizifning afsonaviy obrazi orqali gavdalantiradi. Makkorligi uchun narigi dunyoda abadiy jazoga hukm etilgan Sizif ulkan xarsangtoshni tog‘ cho‘qqisiga olib chiqdim, degan chog‘da tosh pastga qulaydi va bu harakat to‘xtovsiz takrorlana beradi. Inson bunday absurdga chiday olmay “isyon” ko‘taradi. Ana shundan beri vaqti-vaqti bilan “isyonlar” ko‘tarilib, ulardan inson o‘zining Sizifga xos ahvolidan qutulish uchun stixi- yali ravishda najot izlaydi. Yoki borliqning absurd mohiyati insonni hayotdagi hatti-harakatini belgilash, ya’ni absurdga bo‘yin egish yoki u bilan kelishmay yashashni taqozo etadi.
“Begona” qissasining qahramoni Merso taqdirdan ro‘shnolik ko‘rmaydi. U ishdan haydalmaydi, boshliqdan dashnom eshitmay- di, hamkasblari bilan sen-menga bormagan. Lekin jamiyat o‘ziga o‘xshamagani, hamma rioya qilib kelgan axloq normalariga uyg‘un harakat qilmagani uchun Mersoni begona deb biladi. U ikkita arabni affekt holatida otib o‘ldirgani uchun emas, balki onasining o‘limi kuni yig‘lamagani, shu kuni eski tanishi – Mari degan qiz bilan birga bo‘lgani uchun sud qilinayotgandek ko‘rinadi. Sudda uning qalbi jinoyatchi deb topiladi va jazo og‘ir ko‘rinish oladi – o‘lim.
“Begona”da umrning bebaqoligi, har qanday inson qismatining omonatligi haqidagi badiiy haqiqat mavjud. Mana shu “fazilati” uc- hun ham ba’zilar uni yoqtirmaydi”34.
Mersoning ziddiyatli qalbini tushunish uchun unga barcha li- boslarni yechib, inson o‘laroq yaqinlashish kerak. Savol tug‘iladi: madaniy, axloqiy va diniy qadriyatlarsiz inson insonmi? Insonga yaqinlashar ekanmiz, qadriyatlarni bosh mezon qilib olamiz, ularga suyanamiz. Mana shu ma’noda Merso hech qanday qadriyatga orqa qilmaydi. Libos kiymaydi.
Birinchi turkumga kirgan “Begona” qissasidagi bosh qahramon
tabiati va ruhiyatining tasviri nafaqat fransuz adabiyoti, balki jahon
34 Ermatov H. Nobel mukofoti sovrindorlari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2011-y.
adabiyotidagi ko‘plab asarlardan butunlay farq qiladi. Yozuvchi bir qarashda bemehr, loqayd va odam o‘ldirgan jinoyatchi yigit Mersoni qoralash yo‘lini tutmaydi. Aksincha, uni inson sifatida kashf etish, tushunish va anglab yetishga harakat qiladi.
Biz ko‘pincha badiiy qahramon tahlilida asosiy mezon qilib olga- nimiz singari Mersoni muhit, jamiyat, siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilishimiz mumkin emas. U doimo haqiqatdan qochib, ikkiyuzlamachilik asosida yashashga asoslangan insonlar jamiyati uchun begona. Kamyuning o‘zi ta’kidlaganidek, “uni atrofdagilar o‘yiniga qo‘shilmagani uchun jazolashadi... U yolg‘on gapirishdan bosh tortadi... jamiyat esa bundan o‘zini xavf ostida qolganday sezadi”35. Bema’ni, absurd dunyoda yashashga mahkum insonni ilohiy xususiyatlar sohibi bo‘lgan g‘aroyib mavju- dot sifatida tushunib yetishga intilish ekzistensializm adabiyoti va- killarining asosiy vazifalaridan biri edi.
A.Kamyuning o‘zi “faylasuf bo‘lishni istasang romanlar yozish kerak” degan fikrni qayd etadi. Shundan bo‘lsa kerak, uning uchun badiiy asarlar va ulardagi qahramonlar falsafiy qarashlarni bayon etishda muhim vosita sanalgan. Masalan, “Vabo” romanining asosiy qahramonlari muallif shaxsining ba’zi qirralarini namoyon etishi barobarida Kamyu falsafiy dunyoqarashini ham aks ettiradi. “Sizif haqida asotir”dagi absurd olam muhitida keyinchalik “Begona”, “Anglashilmovchilik”, “Kaligula” singari qissa va pyesalarning qa- hramonlari ham yashaydilar.
“Vabo” romani Kamyu Qarshilik harakatiga a’zo bo‘lgan va “Komba” gazetasiga muharrirlik qilgan paytida yozila boshlagan va 1947-yilda chop etilgan. Asar ustida ishlayotib adib kundaligiga shunday deb yozadi: “Vabo” yordamida u tarqalgan paytda biz za- harlangan atmosfera va ayriliqdan qattiq azob chekkanligimizni ay- tmoqchimiz. Shu bilan birga men bu izohni borliqqa bir butun qilib kengaytirmoqchiman”. Vabo nafaqat kasallik – yovuz kuch, ayovsiz
35 Великовский С. Проклятые вопросы Камю. Камю А. Избранное. – М.: Правда, 1990.
qamchi va nafaqat urush, shuningdek, jamiyat va gunohsiz bolalarn- ing o‘limidir. Vabo moslashuvchan bo‘lib, uning mikroblari hamma joyga in quradi. Har bir ehtiyotsiz qadamlarni poylab turadi. Vabo falokat – sukunatda jim turadi, ba’zan esa portlab ketadi, lekin hech qachon yo‘qolib ketmaydi. Shunday kun keladiki, u odamlarni g‘am- anduhga ko‘mib, shahardagi barcha kalamushlarni uyg‘otib, ularni osoyishta shaharning ko‘chalarini o‘pirib tashlashga jo‘natadi.
Kamyuning asaridagi voqealar ham xuddi shu tarzda boshlanadi. Doktor Rie yashaydigan Oran shahriga o‘lat epidemiyasi tarqaydi. Shahardan chiqish va unga kirish ta’qiqlab qo‘yiladi. Shahar ahli, uning mehmonlari bunday ayriliqdan tushkunlikka tushib umidsiz ahvolda qolishadi. Shahar qabristonlari son-sanoqsiz qurbonlarga to‘lib toshadi. Aholi ehtiyotkorlikdan tinkasi qurib bir-birlariga shubha bilan nigoh tashlaydilar. Butun shahar aholisi kelajakka umidsizlik bilan qaray boshlaydi. Asar qahramoni doktor Riening aytishicha: “Vaboni tushunish – bu uni qabul qilish degani emas. Uni tushunish uchun telba yoki ko‘r, sodda qilib aytganda, ahmoq bo‘lish kerak. Ming afsuski, vabo bilan kelishishga to‘g‘ri keladi”.
Umuman, asarda insonning yolg‘izligi haqidagi fikr oldinga su- riladi. Inson atrof-muhitga qarama-qarshi qo‘yiladi, lekin u tashqi muhit doirasidan chiqib keta olmaydi, dunyoni anglab yetishda oji- zlik qiladi.
Kamyu o‘zining har bir asarida inson va uning hayotdagi o‘rni, o‘limning haq ekanligi, hayotning mazmuni haqida fikr yuritadi va ana shu savollarga javob izlaydi. Amerikalik tadqiqotchi Syuzan Zon- tag: “Kamyuning asarlarida asosiy o‘rin bosh qahramonlar hayotiga emas, balki gunohkorlik va begunohlik masalalariga bag‘ishlangan. Uning ijodi yuksak san’ati yoki chuqur ma’nosi bilangina emas, balki mutlaqo boshqa tomondan, ya’ni axloqiy go‘zalligi bilan ham ajralib turadi”36, – deya ta’rif beradi.
Alber Kamyuning merosi XX asr adabiyotining takrorlanmas
sahifalaridan sanaladi. Yana bir fransuz gumanist adibi Antuan de
36 Ermatov H. Nobel mukofoti sovrindorlari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2011-y.
|
| |