• Modernizmning uch buyuk namoyandasi: Joys, Kafka, Kamyu.
  • MODERNIZM REJA: Modernizm va dekadans




    Download 0,5 Mb.
    bet105/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    MODERNIZM




    REJA:
    1. Modernizm va dekadans.


    2. Modernizmning paydo bo‘lishi va tarixi.
    3. Modernizmning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlari.


    4. Modernizm haqida G‘arb va o‘zbek olimlarining qa- rashlari.
    5. Modernizmning uch buyuk namoyandasi: Joys, Kafka, Kamyu.


    6. Modernizm va o‘zbek adabiyoti.



    Tayanch so‘z va iboralar: modernizm, dekadans, XX asrning yyyetakchi oqimi, elitar (xos) san’at, “san’at san’at uchun” g‘oyasi, modernizm ildizlari, modernizm yo‘nalishlari: ekspressionizm, da- daizm, kubizm, futurizm, abstraksionizm, syurrealizm va h.k., mod- ernizm va yangi o‘zbek adabiyoti.

    Modernizm juda rang-barang va murakkab falsafiy-estetik hodi- sa bo‘lib, u inson (ijodkor) ijtimoiy, siyosiy, psixologik, falsafiy, badiiy-estetik tafakkur tarzidagi jiddiy o‘zgarishlar negizida may- donga kelgan. O‘zgarishlarning salmog‘i g‘oyat og‘ir tosh bosadi. U badiiy tafakkur shaklidagi o‘zigacha mavjud bo‘lgan an’anaviy qarashlarni inkor qiladi. Modernizm haqida prof. D. Quronov (va boshq.) tayyorlagan lug‘atda shunday deyiladi: “MODERNIZM (fr. moderne – eng yangi, zamonaviy) – XIX asr oxiri – XX asr boshlar- ida ommalashgan termin, san’at va adabiyotda dekadansdan keyin maydonga chiqqan norealistik oqimlarning umumiy nomi sifatida tushuniladi... M. o‘tgan asr oxirlaridan boshlab maydonga chiqqan, ijodiy dasturlari va ijod amaliyoti jihatidan turli-tuman adabiy mak- tab va yo‘nalishlar (ekspressionizm, impressionizm, simvolizm, akmeizm va b.) o‘ziga asos bilgan estetik tizim, ijodiy metod sifa-


    tida tushuniladi. M. doirasidagi maktab va oqimlar nechog‘li turfa bo‘lmasin, ularni umumlashtiruvchi qator nuqtalar mavjud. Avvalo, dunyoqarash jihatidan ular nafaqat XIX asrda ommalashgan pozitiv- izm, balki asrlar davomida shakllangan an’anaviy xristian dunyoqa- rashidan ham deyarli uzilib, F.Nitsshe, Z.Freyd, A.Bergson, U.Jeyms kabi mutafakkirlar qarashlaridan oziqlanadi. Shunga mos tarzda M. yo‘nalishidagi maktab va oqimlarning aksariyati adabiy-madaniy an’analarni ham turli darajada inkor qiladi va yangi davrga mos yangi adabiyot yaratish da’vosini olg‘a suradi... M.ga xos umumiy xususiyatlardan biri shuki, u ob’ektiv voqyelikning tasviri o‘rniga uning ijodkor tasavvuridagi badiiy modelini yaratishni maqsad qiladi. Ya’ni bu o‘rinda voqelikni aks ettirish emas, ijodkorning o‘z- o‘zini ifodalashi (ekspressionizm) ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ijod- da sub’ektivlikning oldingi o‘ringa chiqarilishi, mantiqiy bilishdan intiutiv bilishning yuqori qo‘yilishi, inson ichki olamida kechuvchi tizginsiz evrilishlarga ayricha e’tibor berilishi (ong oqimi), ijodkor shaxs ijodiy taxayyuli va u aks ettirgan voqelikning betakror hodisa sifatida tushunilishi, o‘z o‘y-hislarini hech qanday (ma’naviy, axlo- qiy, siyosiy va h.) cheklovlarsiz ifodalash huquqining e’tirof etilishi ham M.ga xos xususiyatlardandir. Ijodiy erkinlik nafaqat g‘oyaviy- mazmuniy, balki shakliy izlanishlarda ham mutlaqo daxlsiz. M. asrlar davomida shakllangan adabiy kanonlarni inkor qiladi va har qanday normativlikka qarshi (futurizm) turadi. Bu hol M.dagi ba- diiy obraz strukturasi, asarning sub’ektiv va ob’ektiv tashkillanishi, bayon tarzi, syujet-kompozitsion qurilishi, til xususiyatlari – xullas, adabiy asarning barcha sathlarida shakliy o‘ziga xosliklarni yuzaga keltiradi”37.
    Manbalar (masalan, “Madaniyatshunoslik” o‘quv qo‘llanmasi) aytadiki, modern istilohining paydo bo‘lganiga 1000 (ming) yil- dan ko‘proq vaqt bo‘lgan. Modern so‘zi “...ilk bor milodiy V asrda qo‘llangan bo‘lib, rasmiy maqom egallab borayotgan zamonaviy masihiylikni o‘tmishdagi majusiy Rimdan ajratish uchun qo‘llana



    37 Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2010.
    boshlagan. Zotan, masihiylik oqimi Rim uchun tatomila yangilik edi, chunki Yahudiya uzoq yillar garchi Rim imperiyasi tarkibida bo‘lsa ham, masihiylikka ashaddiy qarshilik qilib keldi. Ammo ma- sihiylik majusiylikka nisbatan ilgor, o‘z davridagi progressiv oqim bo‘lgani uchun barcha qarshiliklar behuda bo‘lib qoldi”38.
    Modernizmning asosiy darakchilari deya Dostoevskiy (“Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”), Uitmen (“Maysalar yapro- qlari”), Bodler (“Yovuzlik chechaklari”), Rembo (“Dil yorishishi”) va Stringberg (so‘ngi pesalari) kabi yozuvchi, shoir va dramaturglar esga olinadi. Ijodkorlarga kuchli ta’sir qilgan faylasuf va ruhshu- noslardan Fridrix Nitsshe, Anri Bergson, Zigmund Freyd, Uilyam Jeyms va boshqalar nomini sanash mumkin.
    Sho‘ro davrida modernizmga ta’qiq qo‘yildi. Bu ishning o‘ziga yarasha arzigulik sabablari bo‘lsa-da (chunonchi, modernizm mut- laq individualizmni yoqlaydi, axloqiy chegara tanimaydi, har qanday an’anani inkor qiladi, Ovrupa madaniyatini boshqa madaniyatlardan ustun qo‘yadi va h.), oqimning dunyo tan olgan, jahon adabiyotida alohida mavqyega ega bo‘lgan vakillari bor ediki, ularning asarlarini man qilish insonni yaxshi bilmaslik, uning badiiy tafakkur tadrijini mensimaslik bilan teng edi. Zero, modernizmni bilishga intilish in- sonni bilishga, uning botinidagi puchmoqlarga bo‘ylashga, ichkari- dagi ziddiyatlardan boxabar bo‘lishga intilishdir, buning mahliyo- lik yoki g‘arbparastlik bilan aslo aloqasi yo‘q. Insonning san’atu adabiyotdagi har bir hodisaning tub ildizlariga sog‘lom nazar sola bilishi alaloqibat uning dunyoqarashi butunligini ta’min etibgina qolmay, ma’naviy immunitetini ham chiniqtiradi. “Modernizm nima?” degan savolga dunyo va o‘zbek olimlari ko‘pdan beri javob berib kelishadi, haligacha bu masala ustida bahslar yakunlangani yo‘q. Modernizm, o‘zbek olimi prof. Ozod Sharafiddinov ta’kidlab aytganidek, “jo‘n hodisa” emas. O‘zbek adabiyotshunosligida, ay- niqsa, Istiqlol yillarida modernizm atrofida qizg‘in bahslar bo‘ldi. Bahslarda modernizmni o‘zbek mentalitetiga butunlay yot mafkura
    yoki aksincha, modernizm insoniyat badiiy-tafakkur tadrijining bir bosqichi, uni o‘qib-o‘rganishning hech bir zarari yo‘q, degan qa- rash aytildi. Chunonchi, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Sarimsoqov “Absurd ma’nisizlikdir”39 maqolasida modernizm oq- imlaridan biri – absurdni keskin tanqid ostiga oladi, uni “inqiroz”, ekzistensializm oqimini esa “subutsiz” deb ataydi. Bu qarashga ja- voban filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov o‘z qarashlarini ilgari surib, absurd va ekzistensializm yo‘nalishidagi asarlarga san’at hodisasi sifatida qarash kerakligini aytadi: “B. Sarimsoqovning absurd va ekzistensializmga bergan bahosi o‘ta munozarali. San’at hodisasi sifatida absurd tushunchasi bu so‘zning lug‘aviy ma’nosidan o‘zgacharoqdir. Absurd, B. Sarimsoqov da’vo qilganidek, aslo ma’nisizlik emas, balki, aksincha, teran ma’noga ega. Absurd adabiyot, san’atda adashgan, aldangan, behuda, sama- rasiz mehnat-faoliyatga, ma’nisiz qismatga mubtalo etilgan shaxs- ning fojiasini ochib berish, kutilmagan tomonlardan o‘ziga xos tar- zda badiiy tahlil etishdan iborat”40. Ko‘rinib turganidek, qarashlar har xil, ziddiyatli. Bahsu munozaralar hali-hanuz davom etmoqda. Talaba yoshlar bu bahsda qaysi fikr jo‘yaliroq ekanini bilish uchun esa modernizm va uning yo‘nalishlari mohiyatini teranroq o‘rganib chiqishlari lozim bo‘ladi. Demak, yana o‘sha savol: modernizm nima? Modernizm XIX asr so‘nggi choragida dastlab kayfiyatu du- nyoqarashda, so‘ng tasviriy san’atda, keyinchalik adabiyotda Ovru- pada paydo bo‘lgan san’at yo‘nalishi hisoblanadi. Modernizmning yana bir nomi “dekadans” bo‘lib, buhron, inqiroz ma’nolarini an- glatadi. Bu narsa burjua tuzumining ich-ichidan buhronga yuz tuti- shi bilan bog‘liq. Ya’ni avval burjua jamiyatida inqiroz yuz berdi, so‘ngra san’atu adabiyotda modernistik oqim tug‘ildi. Modernizmn- ing aniq paydo bo‘lish vaqtini har xil ko‘rsatishadi. Ayniqsa, uning ijodkor badiiy-tafakkuriga ta’siri jahon urushlaridan keyin keskin kuchayib borgan. Chunki inson nomi va sha’niga munosib kelajak



    39 Yo‘ldosh Q., Yo‘ldosh M., Badiiy tahlil asoslari. – T.: Kamalak, 2016. – B. 377.
    qurish orzusi bilan yashayotgan odamiyzod jahon urushlari vaqti- da million-million begunoh turdoshining yostig‘i quriganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi. Natijada u bu dunyoni tadbirlar bilan tuzatib bo‘lmaydi deb, butun e’tiborni botinga qaratadi. Inson real hayotda emas, balki xayolidagina baxtli bo‘la oladi, degan qarash modern- izmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi, deyiladi ayrim fundamental manbalarda. Ispan esteti va faylasufi O.I.Gasset yangi san’at, ya’ni modern san’ati odamlarni ikkiga bo‘lib tashladi

    • uni tushunadiganlar va tushunmaydiganlarga. Tushunadiganlar kamchilikni tashkil qiladi, tushunmaydiganlar esa yangi san’atni yomon ko‘radi, deydi. Uning fikricha, bu san’atning mohiyati in- son e’tiborini tashqaridan olib, 180 S ga burib, o‘z ichki olamiga qaratdi,41 deydi. Ilgari adabiyot tashqarini erinmay ta’riflab chiqa- rdi, bugun esa u qiziq bo‘lmay qoldi, inson uchun uning o‘z ko‘ngli qiziq.

    Realizm borliqni aks ettirsa, modernizm yangi reallik yarata- man, deydi. Chunki mavjud reallikni tuzatib bo‘lmaydi, deb hiso- blaydi. Modernizm olamni xaos deb bildi va undan qochdi. Tashqi dunyoda go‘zallik yo‘q, uni botindan qidirish kerak, deb bildi. Shu bilan birga, antropotsentrik gumanizmni, ya’ni insonga mu- habbatni yoqlab chiqdi. Demak, modernizm deganimiz to‘qlikka sho‘xlikdan atayin o‘ylab topilgan metod bo‘lmay, bashariyatning uzun taraqqiyot yo‘lida tarixiy-siyosiy evrilishlar natijasida inson ko‘nglida paydo bo‘lgan ruhiy-ma’naviy inqiroz bilan bog‘liq hol

    • kayfiyat bo‘lib, bu hol o‘zgaruvchandir. Binobarin, modernizmni sig‘inarchasiga ko‘klarga ko‘tarishning, unga mubtalo bo‘lishning ham hech bir ma’nosi yo‘q. Zero, bugungi kun insoni ko‘nglida ertaga tamomila o‘zgacha hollar paydo bo‘lishi tabiiy. Masalan, modernizmdan so‘ng maydonga postmodenizm tushdi. Boz ustiga, postmodernizmning ham umri sob bo‘lgani haqida dunyo olimlari jiddiy bir tarzda mulohaza yuritishmoqda42. Hatto san’atu adabiyot

    41 Normatov U., Hamdam U. Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji. Suhbat. – T.: Jahon adabiyoti, 2001.
    allaqachon “astro davri”ga qadam bosgan dunyoda yangi yo‘l qidi- rayapti, degan fikrlar o‘rtaga tashlanmoqda. Rus olimi, akademik Yu. Borev bo‘lsa, insoniyat birinchi marta yo‘lsiz, paradigmasiz qoldi, degan fikrni o‘rtaga tashladi. Endi bu vaqt masalasidir. Voqe- likni hamma joyda bir xil idrok etish mumkin emas. Chunki tarixiy- ijtimoiy formatsiyalar hamma joyda har xil kechadi. Uning davri ham, sifat darajasi ham farqlanadi. Shu ma’noda dunyoda hech bir olim modernizmni “insoniyatning doimiy kayfiyatidir”, degan iddao bilan chiqa olmaydi. Modernizm ham tug‘ildi va hamma oqimlar kabi o‘z o‘rnini insoniyatning navbatdagi dunyoqarashiyu kayfiyat- ini ifodalovchi yo‘nalishga bo‘shatib ber(a)di. Ko‘rinadiki, “izm”lar jamiyatlarning o‘zgarib-almashib turuvchi kayfiyatlarining san’atu adabiyotdagi aksi ekan.
    Modernizm haqida gap ketganda, ta’kidlab aytish joizki, u na- faqat adabiy hodisa, ayni paytda, inson faoliyatining juda ko‘p qir- ralarini qamrab olgan bo‘lib, rassomchilik, haykaltaroshlik, arxitek- tura, dizayn kabi sohalarda ham o‘zini namoyish etdi. Hatto modern- izmning san’atdagi ilq qadamlari tasviriy san’at bilan bog‘liq. Rus olimi Aleksandr Genisning “XX asrning yetakchi uslubi”43 nomli maqolasi va ulkan ruhiyatshunos olim K. G. Yungning “Pikasso”44 deb atalgan essesidan modernizm haqidagi savollarning ayrimlariga javob topish mumkin. Genis yozadi: “Tarix vaqt bilan hisoblash- maydi, biroq bizlar solnomaga nazar solmay ish yurita olmaymiz. Ortga nazar tashlar ekanmiz, modernizm tarixning qaysi pallasidan boshlanganini bilib olamiz. Londondagi mashhur ikki badiiy muzey jamoasi yaqinda ana shunday muammoga duch keldi. Ular o‘z xa- zinalaridagi san’at asarlarini o‘zaro taqsimlab olishlariga to‘g‘ri keldi: natijada Milliy galereyaga mumtoz tasviriy san’at asarlari, Teyt galereyasiga esa zamonaviy ijodkorlarning asarlari nasib etdi. Bu borada 1900-yil chegara chizig‘i vazifasini o‘tadi. Bu chegara



    43 Bu haqda Rossiyaning “Литературная газета”sida qator bahslar uyushtirildi (2012).
    44 XX asrning yetakchi uslubi. Jahon adabiyoti. – T.: 2001 yil, noyabr.
    chizig‘i har qancha bahsli va shartli bo‘lmasin, nafaqat taqvimiy, balki mantiqiy haqiqatga yaqinligi bilan ham e’tiborni tortadi. Biz modernizmni o‘tgan asr bilan tengdosh hisoblay turib, ham tarixan, ham badiiy jihatdan adolatli ish tutgan bo‘lamiz”.
    Modernizmning mohiyati haqida fikr yuritarkan, olim modern- izmgacha san’atda vositalargina o‘zgartirib kelingan bo‘lsa, modern- izm “tadqiq qilinayotgan ob’ektning o‘zini tamomila yangilagani”ni ta’kidlaydi. “Nitsshening “hech qanday faktlar mavjud emas, balki ularning talqini, in’ikosigina bor” degan aqidasini dastak qilib olgan modernizm muallifning tasavvuridagina mavjud voqelikning turli talqinlari, dunyoni turli sub’ektivizmlarning kurash maydoni sifa- tida aks ettira boshladi”, deb yozadi yana A. Genis.
    Yung esa, modernistik san’at mohiyatida ruhiy xastalikni ko‘radi. U bunday xastalikka chalingan kishilarni ikki guruhga ajratadi: «Bu- lar nevrotiklar va shizofreniklar. Birinchi guruhga mansub (kishilar) sintetik xarakterdagi kuchli va yaxlit tuyg‘uga yo‘g‘rilgan suratlar chizishadi... Ikkinchi guruh, aksincha, shunday suratlar chizadiki, bu suratlar ularning mualliflariga hissiyot begona ekanini ko‘rsatib turadi. Ular har handay hollarda yaxlit uyg‘un tuyg‘uni emas, bal- ki, aksincha, qarama-qarshi kechinmalarni yoki ularning umuman yo‘qligini ifodalaydi. Bu suratlarning badiiy shaklida esa siniq chiziqlarda aks etgan tanazzul, inqiroz kayfiyati ustuvorlik qiladi va bu o‘z navbatida ijodkorning ruhan bo‘linganini, ya’ni o‘zini boshqa odam, deb fahmlashini bildiradi. Suratlar tomashabinga yoqmaydi yoki aqlga to‘g‘ri kelmaydi, tajovuzkor ruhdaligi va beo‘xshov nosamimiyligi bilan unda qo‘rqinchli taassurot qoldiradi. Pikasso ana shu ruhiy (psixologik) tipga mansub»45
    Bunday qarash modernizmning kelib chiqishida ijtimoiy-psix- ologik faktorning dominant mohiyatiga urg‘u beradi. Chindanam, XX asrga kelib insonning turmush tarzi sivilizatsiya natijasida misli ko‘rilmagan darajada o‘zgardi, murakkablashdi, odamlarning o‘zaro ruhiy-ma’naviy muloqotda bo‘lishiga putur yetdi – kamaydi, bun-



    45 O‘sha manba.
    day ehtiyoj – ruhiy muloqot ehtiyoji insonning ichiga hibs etildi. Tashqaridan kutilgan baxt, najot ikkita Jahon urushi oqibatida sarob- ga aylandi. Natijada inson o‘z ehtiyojlari bilan yolg‘iz qoldi. Mod- ernizmning ruhiy-psixologik asosi shu nuqtadan boshlanadi.
    Darhaqiqat, insoniyat hayotiga modern ruhning kirib kelishi as- rlar davomida shakllanib-turg‘unlashib qolgan dunyoqarashni os- tin-ustin qilib yubordi. Modernizm shunday mohiyatga ega ediki, u eng an’anaviy, eng mumtoz shakllar, tushunchalar bag‘riga ham hech tortinmay, ikkilanmay yorib kirdi. Ularni inkor etib, o‘zining yangi qadriyatlarini ilgari surdi. Modernizm bu – XX asrga kelib, in- soniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’naviy sohadagi yoppa taraqqiyoti tufayli onglarda sodir bo‘lgan ulkan o‘zgarish – tafakkur tarzdagi yangi bosqich. U ma’lum muddat davrning umumiy, universal kayfiyati darajasiga chiqdi. U realizm- ga qarshi emas, balki realizm zaminida (materialida) barpo etilgan zamonaviylikning yangi qasri bo‘lib dunyoga keldi, yashadi.
    Modernizm haqida so‘z borganda, uning o‘zak muammolarini qa- mrab olgan quyidagi masalalar mazmun-mohityatini tushunib olish lozim bo‘ladi. Modernizm va mifologiya munosabatlari, modernizm yo‘nalishlari hisoblangan ekspressionizm, dadaizm, kubizm, futurizm, abstraksionizm, syurrealizm kabi oqimlar, elitar(xos) san’at, “san’at san’at uchun” tamoyili, Joys, Kafka, Prust, Bekket kabi g‘arb yozuvchi va dramaturglarining ijodi, Sartr ekzistensializmi, Kamyu absurd falsa- fasi, modernizm va XX asr Sharq adabiyoti kabi masalalar mohiyatini anglash modernizm haqidagi tushunchalarimizni ancha tiniqlashtiradi. Quyida ana shu masalalarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MODERNIZM REJA: Modernizm va dekadans

    Download 0,5 Mb.