• San’at san’at uchun.
  • Ekspressionizm (fr. ifodalash).
  • Dadaizm (
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet106/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Elitar (xos) san’at tushunchasining mohiyati shundan ibo- ratki, modern adabiyot hamma uchun, ayniqsa, omma uchun mo‘ljallangan bo‘lmay, uni tushunishga qodir ozsonli o‘quvchilar darajasi hisobga olinib yaratiladi. Chunonchi, asarlari modernchi- larning falsafiy poydevorlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan olmon faylasufi F. Nitsshe o‘zining “Zardusht tavallosi” kitobiga “Hamma uchun mo‘ljalanmagan kitob” deb yozib qo‘ygan edi.
    San’at san’at uchun. Bu fraza ilk bor 1933-yilda Fransiyada paydo bo‘ldi. San’at san’at uchun konsepsiyasi asarning maz- muniga emas, shakliga e’tibor qaratdi, estetik jihatdan go‘zal bo‘lishini yoqlab chiqdi. Realizm va uning prinsiplarini inkor qildi, sof san’at g‘oyasni ilohiylashtirdi. Go‘zallikni reallikdan tashqarida, deb bildi. XIX asr oxiriga kelib, bu konsepsiya inq- irozga yuz tutdi. Lekin uning estetizm prinsiplari formal maktab- ning rivojiga ta’sir qildi.
    Ekspressionizm (fr. ifodalash). XX asr birinchi choragida nemis adabiyotida shakllanib, so‘ng boshqa milliy adabiyotlarga tarqalgan adabiy yo‘nalish bo‘lib, u adabiyot va san’atda ob’ektiv voqelik emas, balki ijodkor meni ustivor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari suradi. U voqelikni tasvirlash emas, ijodkor menini, qalbini ifodalash muhim, deb biladi. Yo‘nalish nomi ham shu yerdan kelib chiqqan. Ifodani tasvirdan, intuitsiyani mantiqdan ustun, deb qaraydi.
    Dadaizm (fr. “dada” – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, ko‘chma ma’noda – bolalarga xos betartib nutq) birinchi jahon urushi vaqtida urushga qarshi isyon kayfiyatidan Ovrupada paydo bo‘lgan avangardistik oqim. Dadaizm mavjud tartibotni absurd deb bildi va hamma narsani inkor qildi. An’analarga nigilistik mu- nosabatda bo‘lib, isyonkorlikni bayroq qilib olganlar. Adabiyotda ma’nosiz so‘z va tovushlarni ishlatish, tasviriy san’atda esa narsala- rni ma’nosiz tarzda birga chizish kabilar bo‘lgan. Haqiqiy adabiyot ijtimoiylikdan xoli bo‘ladi, degan aqidani ilgari surganlar.
    Antiromán (fr. Antiroman) – shartli istiloh bo‘lib, “yangi ro- man” istilohi bilan bir qatorda ishlatiladi. XX asr o‘rtalaridagi fran- suz modernizmi nasriga nisbatan ham qo‘llaniladi. Ilk bor termin 1633-yildada Shard Sorelning “Ekstravagant Berger” romanining qo‘shimcha nomi sifatida ishlatilgan. 1948-yilda J. P. Sartr tomoni- dan qayta iste’molga kiritilgan.
    Bunda roman janrining klassik elementlaridan voz kechiladi. Mas., izchil syujetdan, qahramonlar obrazlaridagi butunlikdan. Konformizm va begonalashuv bilan bog‘liq alohida situatsiyalarni
    tahlil qiladi. Vaqt me’yorlariga rioya qilinmaydi, tilda yangilikka e’tibor qaratiladi, chunonchi, punktuatsiya, grammatika va b.larda erkin harakat qilinadi. Aloqasi bo‘lmagan rasmlar matnga kirib qo- ladi, sahifalar bo‘sh tashlab ketiladi va h.k...
    Antiromanga misol sifatida V.V.Nabokov “Rangsiz olov” deb nomlangan 999 misradan iborat dostonini keltirish mumkin. Doston ko‘plab adabiy allyuziyalar bilan to‘ldirilgan. Yoki Xulio Kortasarn- ing “Mumtozlik o‘yini” romani alohida strukturasi bilan ajralib tura- di. Muallif so‘zboshisida kitobda “ko‘p kitob” borligi bayon qilina- di. Ya’ni kamida ikki xil o‘qish kerakligi uqtiriladi. Birinchisi oddiy o‘qish bo‘lib, bunga romanning ikki dastlabki qismi kiradi: “U to- mondan” va “Bu tomondan”. Ikkinchisi, maxsus o‘qish hisoblanib, bunda yana qo‘shimcha ravishda romanning “Narigi tomonlardan” deyilgan qismlarni o‘qish tavsiya etiladi.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.