O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet114/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Okeaniya mamlakatlari adabiyoti


Katta-kichik minglab orollardan tarkib topgan Okeaniya mam- lakatlari hisoblanmish Malayziya, Indoneziya va Singapurning o‘ziga xos tarixi, adabiyoti mavjud. Bu davlatlarning chor tomo- ni ochiq dengizlar bilan qurshalgan bo‘lib, hozirgi kunda jahon e’tiborini o‘ziga tortadigan darajada (asosan, Ikkinchi jahon uru- shidan keyin) taraqqiy topib bormoqda. Ammo o‘tmishda bu mam- lakatlar ko‘plab urushlarni, to‘qnashuvlarni, xunrezliklarni boshidan kechirganki, bularning hammasi ularning tarixi va adabiyotida u yoki bu darajada aks etgan. Geografik joylashuviga ko‘ra, Hindiston va Xitoyga yaqin bo‘lganliklari uchun ham adabiyotda hind va xitoy xalqlarining dunyoqarashi va adabiyoti ta’sirini ko‘rish mumkin.


Malayziya adabiyoti. Yozuv kirib kelishdan oldin Malayziyada
hind dostonlari ta’siridagi xalq og‘zaki ijodi rivoj topgan edi. XV

  • XVI asrlarda Okeaniya orollariga islom dinining kelishi bilan esa, bu yerlarda ham arab alifbosi asosidagi yozuv paydo bo‘ldi va




51 Мир без границ. – Ташкент: Звезда Востока, 2013.
vaziyat o‘zgardi. Taxt tepasiga kelgan har bir sulton xalq og‘zaki ijodiga yo‘g‘rilgan o‘z adabiy an’anasini yaratishga urindi. “Sul- tonlar sulolasi” (“Sulalatus salatin”), “Rajit Pasay tarixi” (“Hikaya Rajit Pasay”) XV asrda yozilgan deb qaraladi. “Hang Tuah tarixi” (“Hikaya Hang Tuah”) deb nomlangan davrining mash‘hur asarida sultonga sadoqatli jangchi Hang Tuah hayoti va jasoratlari hikoya qilinadi. Qahramonliklari tufayli Hang Tuah ismini hozirgacha un- utishmagan. Hatto zamonaviy yozuvchilar bu ismni o‘z asarlarida yodga olib turishadi.
Qator qissalar, jumladan, “Abdulloh qissasi” asari (1849) muallifi Munshiy Abdulloh (1796–1854) malay adabiyotining otasi sanaladi. XX asrda ro‘y bergan olamshumul o‘zgarishlar Malayziya adabiyoti janrlarini yangilab yubordi. Nazm, nasr, dramaturgiya, esse kabi janrlarda ko‘p asarlar yozgan Usmon Avang zamonaviy malay ad- abiyotining asoschisi, deb e’tirof etiladi. Anvar Ridvan, Rahimiddin Zohiriy, Abdussamad Said, Muhammad Hoji Solih kabi ijodkorlar hozirgi malay adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridir.
1971-yildan e’tiboran malay tilida yaratilayotgan adabiyot uch guruhga aratilib qaraladigan bo‘ldi: 1. Malayziya milliy adabiyoti.

  1. Mintaqaviy adabiyot (mamlakatdagi boshqa tillardagi adabiyot),

  2. Yasama adabiyot (yot tillardagi adabiyot).

XX asrda xitoy tilidagi adabiyotning mavqei ko‘tarilib, hindiy til- dagisi birmuncha tushdi. Ingliz tili esa, Malayziyada umumiy adabiy til bo‘lib qoldi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.